16
MAVZU-3 BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARI, ULARNING
TUZILISHI
(ma’ruza – 2 soat)
REJA:
1.
Schyotlar tizimi haqida tushuncha.
2.
Schyotlarning tarkibiy tuzilishi.
3.
Schyotlar va balans o’rtasidagi bog’lanishlarning ahamiyati.
Mavzuning maqsadi:
Schyotlar
tizimi haqida tushuncha berish,
schyotlarning tarkibiy tuzilishini, schyotlar va balans o’rtasidagi bog’liqlikni
tushuntirib berish.
Tayanch iboralar:
Schyot, debet, kredit, oy boshiga qoldiq, oy
davomidagi oborotlar, oy oxiriga qoldiq, salpdo, aktiv, passiv.
Korxonaning xo’jalik mablag’’lari va ularning tashkil topish
manbaalari
to’g’risidagi
umumlashgan
mao-lumotlarni
buxgalteriya
balansidan olish mumkin. Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’’lari va
ularning manbaalarini maolum bir davrga bo’lgan holatini aks ettiradi.
Korxonaning kundalik xo’jalik faoliyatida
esa turli tuman bir qancha
xo’jalik operatsiyalari (ta’minototchilardan xom ashyo kelib tushishi,
ishchilarga ish haqi hisoblanadi, asosiy vositalarni
eskirishi summasi
hisoblanadi ) ro’y beradi. Ushbu xo’jalik operatsiyalarini joriy nazorat qilish
va ularni maolum bir tizimiga solish zarurati tug’iladi. Bu operatsiyalarni
balansda bevosita aks ettirish imkoniyati yo’q, chunki har bir xo’jalik
operatsyasidan keyin yangi balans tuzishga to’g’ri keladi.
Faraz qilaylik korxona xo’jalik faoliyatida bir oy davomida 10000 ta
xo’jalik operatsiya ro’y bersa, u holda 10000 marta balans tuzishga to’g’ri
keladi. SHuning uchun oyning boshida balans tuzilib oy davomida ro’y
bergan operatsiyalarni bir tizimga solib turish uchun buxgalteriya hisobi
schyotlaridan foydalanamiz. SHuning uchun
bu oraliq davr mobaynida
xo’jalik operatsiyalar natijasida ro’y bergan o’zgarishlarni xo’jalik
mablag’’lari va ularning tashkil topishi manbaalariga ta’siriini buxgalteriya
hisobi schyotlarida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari deb xo’jalik
mablag’’lari va ularning tashkil topish manbaalari
hamda xo’jalik jarayonlarini xolati va ro’y bergan
xo’jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuniga
ko’ra guruxlash va joriy nazorat qilishga aytiladi.
Har bir buxgalteriya hisobi schyoti tuzilishi bo’yicha faqat bir turdagi
mablag’’larni va ularni tashkil topish manbaalarini aks ettiradi. Xo’jalik
mablag’’lari va ularni tashkil topish manbaalari hamda xo’jalik jarayonilari
uchun alohida schyotlar ochiladi. Ochilgan schyotlarda dastlab xo’jalik
mblaglari va ularni tashkil topish manbaalarining
xolati boshlangich qoldiq
sifatida yoziladi va so’ngra ro’y bergan xo’jalik operatsiyalari aks ettiriladi.
Muammo:
Buxgalteriya
hisobi schyotlari tizimi
mazmungini tushunish.
17
Ro’y bergan xo’jalik operatsiyalari natijasida xo’jalik mablag’’lari va
ularni tashkil topish manbaalarini ko’payishi va kamayishi alohida - alohida
aks ettiriladi. SHuning uchun schyotlarning tashqi ko’rinishi ikki tomonli
jadvalga o’xshaydi. Schyotning bir tomoni
yaoni chap tomoni Debet ung
tomoni Kredit deb ataladi. Debet so’zi lotincha so’zdan olingan blib kazdor
degan, Kredit so’zi xam lotinchadan olingan bo’lib “ishonadi” mao’nolarni
bildiradi.
Xozirgi paytda o’zining tub maonosini yo’qotgan “Debet” va “Kredit”
so’zlari buxgalteriya faning dastlabki rivojlanish yo’llarida qo’llanilgan
bo’lib, bugungi kunda shunchaki schyotning o’ng va chap tomonlari degan
sharli belgi bo’lib kolgan.
Esda tuting:
Dostları ilə paylaş: