28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Ikki yoqlama yozuv haqida tushuncha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
Ikki yoqlama yozuv haqida tushuncha. 
2.
 
Buxgalteriya yozuvlarining nazoratdagi ahamiyati. 
3.
 
Oddiy va murakkab yozuvlar, ularning ahamiyati. 
 
Misol. 
Aytaylik, firma bankdagi hisob-kitob schoytidan o’z kassasiga 
oylik maoshni to’lash uchun naqd pul olib keldi va kassaga kirim qildi - 
50000 so’m. Ushbu operatsiya natijasida firmaning kassasidagi naqd pullar 
hajmi ko’payib, uning bankdagi hisob- kitob schoytidagi pul mablag’’i 
kamayishi kuzatiladi. Bu operatsiyada ikkita sintetik schoyt ishtirok etgan, 
yaoni biri “Kassa”schoyti, ikkinchisi esa “Hisob- kitob” schoytidir. Xo’jalik 
operatsiyasida ishtirok etuvchi schoytlarning ikkalasi ham aktivdir, chunki 
ular balansning aktiv moddalariga mos ravishdagi schyotlardir SHuning 
uchun ham bu erda “Kassa” schyoti debetlanadi, bir vaqtning o’zida “Hisob-
kitob” schyoti kredit tomonga yoziladi. Bu holatni schyotlar yordamida 
quyidagicha aks ettiramiz: 


33 
D-t “Kassa” schyoti
 
K-t “Hisob-kitob” schyoti - 50000 so’m
YUqorida ko’rsatilgan tartibdagi yozuvlar buxgalteriya yozuvi yoki 
provodka deb ataladi.
Mazkur yozuvni schyotlarda quyidagicha aks ettirishimiz mumkin: 
D-t
“Hisob - kitob” schyoti
K-t Dt
“Kassa”
K-t
 
 
qoldiq 
 
 
 
 
 
qoldiq 
 
 
 
1) 50000
 
 
 
 
1) 50000
 
 
 
Misol. 
Firma o’z xodimlariga kassadan o’tgan oy uchun ish haqi 
to’ladi - 45000. Bu holatda firma kassasidagi naqd pul hajmi kamayib, bir 
vaqtning o’zida firmaning xodimlar oldidagi qarzi ham kamayadi. Bu 
operatsiyada ikkita schyot, yaoni “Kassa” va “Xodimlar bilan mehnatga haq 
to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyoti ishtirok etgan. Balansga asosan 
“Kassa” schyoti xo’jalik mabalg’larini aks ettiruvchi schyot bo’lib, u 
aktivdir. “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” 
schyoti esa qarzdorlikni bildirib, u passivdir. Demak, qoidaga binoan aktiv 
schyotlarda mablag’’ning kamayishi kredit tomonda aks ettiriladi. Ayni 
chog’da “Kassa” schyoti kreditlanadi. Passiv schyotlarda esa, qarzning 
kamayishi debet tomonda ko’rsatiladi. Bizning misolimizda “Xodimlar bilan 
mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyoti debetlanadi. YUqorida 
bayon qilingan fikrlarni quyidagi buxgalteriya yozuvida aks ettiramiz: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin