28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Muammo:  Xujjatlarni  mazmunan bila olish.. Esda tuting



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

Muammo: 
Xujjatlarni 
mazmunan bila olish..
Esda tuting 
Har qanday xujjatda uning qanday maqsad belgilanganligidan qat’iy nazar
quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart: 

xujjatning nomi; 

xujjat tuzilgan vaqt ; 

operatsiyaning mazmuni va asosi; 

operatsiya o’lchovlari; 

operatsiyalarning amalga oshirilishi va ularni rasmiylashtirishda javobgar
shaxslarning imzosi. 


86 
Qolgan rekvizitlar xujjat tuzilgan operatsiyaning xarakteri bilan
aniqlanadi. 
Korxona xo’jalik faoliyatida yuz beradigan ko’p sonli operatsiyalarni
xujjatlashtirish uchun turli tuman xujjatlar qo’llaniladi. Xo’jalik
operatsiyalarini to’g’ri xujjatlashtirish uchun ularning mazmuni va shakllarini
to’la-to’kis aks ettirish maqsadida, buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan
xujjatlarni turkumlash zarurdir. Xujjatlar quyidagi bir qancha belgilari bo’yicha 
turkumlanadi: 
Bajaradigan vazifasiga ko’ra: 
buyruq 
beruvchi, 
dalil 
bo’luvchi, 
buxgalteriya 
yo’li 
bilan 
rasmiylashtiriluvchi va aralash xujjatlar. 
Buyruq beruvchi xujjatlar – bu bir xo’jalik operatsiyasini bajarish uchun
farmoyish qilish yoki topshiriq berish, buyruq qilish xarakteriga ega bo’lgan
xujjatlardir.
Buyruq beruvchi xujjatlarda avvalo bajarilishi lozim bo’lgan ishning 
mazmuni va muddati, tartibi, kim tomonidan ijro etilishi ko’rsatilgan bo’ladi. Ular 
xo’jalik operatsiyasini boshlash uchun zarur vosita hisoblanib, bevosita bu 
operatsiyaning amalga oshirilganligini isbotlay olmaydilar va shu sababli ham 
ko’pincha, buyruq kuchiga ega bo’lgan xujjatlarga asosan operatsiyalarni 
haqiqatdan bajarilganligini isbotlovchi xujjatlar tuziladi. 
Buyruq beruvchi xujjatlar turkumiga ishchi va xizmatchilarni ishga qabul 
qilish, ishdan bo’shatish, ularni mukofotlash to’g’risidagi buyruqlar, tovar moddiy
boyliklarni olish uchun berilgan ishonch qog’ozlari va boshqalar kiradi. 
Ushbu ishonch qog’ozi orqali korxona rahbariyati ekspiditorga xom-ashyoni 
ta’minototchidan qabul qilib olish uchun buyruq berayotganligini tasdiqlaydi. 
Ishonch qog’oziga asosan ekspiditor ta’minototchidan kerakli xom-asheni qabul 
qilib oladi. Xom-ashe ta’minototchidan ekspeditorga o’tishligini tasdiqlovchi 
xujjat bo’lib, schyot-faktura yoki tovar-transport nakladnoyi hisoblanadi. Dalil 
bo’luvchi xujjatlar operatsiyalarni amaldagi isbotini tasdiq qiladilar. Ular 
operatsiyalar amalga oshirilaetgan paytda tuziladi va uning bajarilganligini 
ko’rsatadi. Dalil bo’luvchi xujjatlar xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriyada 
dastlabki aks ettirilishi va uning ustidan nazorat qilish shaklini bildiradi. 
SHu bilan bir vaqtda, ijro etuvchilar uchun ular moddiy boyliklar va pul 
mablag’’larining biror miqdorda sarf qilinganligini yoki qabul qilib olinganligiga 
dalil bo’ladi. Dalil bo’luvchi xujjatlar turkumiga kirim va chiqim nakladnoylari, 
hisobdor shaxslarning hisobotlari, schyot-faktura va tovar - transpot nakladnoylari 
va boshqalar kiradi.
YUqoridagi misolimizni davomi sifatida, dalil bo’luvchi xujjatlarga schyot-
faktura yoki tovar-transport nakladnoylarini misol qilib olsa bo’ladi. Bu erda 
korxona ekspeditori qabul qilib olgan xom-ashe uchun to’ldirilgan schyot-faktura 
ana shu operatsiyani ijro etilganligi to’g’risida dalillik beryapti va xom-asheni 
ekspeditor qabul qilib olganligini tasdiqlayapti. Dalil bo’luvchi xujjatlarni 
ahamiyati buxgalteriya hisobi uchun katta, chunki ular ro’y berayotgan xo’jalik 
operatsiyalarining to’g’riligini, maqsadga muvofiqligini nazorat qilish bilan birga, 
kelajakda taftish o’tkazishga ham xizmat qiladi. 


87 
Aralash (kombinatsiyalashgan) xujjatlarga yuqorida keltirilgan turli xil 
(buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi) 
xujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlash tirgan xujjatlar kiradi. Ular bir 
paytning o’zida xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq beruvchi, 
ham uning bajarilishini isbotlovchi dalil va buxgalteriya yozuvini aks ettiruvchi 
xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa 
kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi. 
Buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarini schyotlar 
yordamida guruhlash uchun maxsus shaklda tuzilgan jadvallardan foydalaniladi. 
Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi. 
Barcha operatsiyalarni xujjatlar yordamida to’g’ri va o’z vaqtida 
rasmiylashtirishni ta’minotlash uchun xujjatlarning maolum tartibda harakatini
oldindan belgilab qo’yishi kerak. Xujjatlarni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan 
olish paytidan boshlab, ularni hisob registrlariga yozilgandan keyin, to arxivga 
saqlash uchun topshirishgacha bo’lgan davrda, ulardan operativ foydalanish va
buxgalteriyaning ishlov jarayonidagi harakati xujjat oboroti deb ataladi. Korxona
xo’jalik mablag’’lari va ularni tashkil topish manbaalarining holati sodir bo’lgan 
xo’jalik operatsiyalar natijasida ularning o’zgarishi hamda xo’jalik jarayonlari 
to’g’risidagi maolumotlar korxona buxgalteriyasidan tashqari boshqa bo’limlarga 
ham zarur. Shuning uchun xo’jalik mablag’’lari ularning tashkil topish manbaalari 
va xo’jalik jarayonlarini aks etirgan boshlang’ich hamda yig’ma xujjatlar har bir 
bo’lim uchun zarur bo’lganligi operatsiyalarni rasmiylashtirishdagi qatoiy tartibi,
eng avvalo har bir xizmatchining xujjatlarini tuzish va ulardan foydalanishda, 
ularning shaxsiy javobgarligini xujjatlarning barcha instantsiyalaridan o’tishining 
aniq grafigini va muddatlarini ko’zda tutadi. 
Kitob shaklidagi (bapzan bugalteriya daftarlari deb ham yuritiladi) hisob 
registrlari deb maxsus ravishda grafalangan varaqlarni muqovalab kitob shakliga 
keltirilgan ko’rinishiga aytiladi.
Xo’jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin bugalteriya daftarlarining har 
bir sahifasi nomerlanadi. Oxirigi sahifasining orqasiga nomerlangan
sahifalarning umumiy soni yozilib, bosh buxgalterning imzosi qo’yiladi va
korxona muhri bilan muhrlanadi. Daftarning birinchi muqovasiga korxonaning 
nomi, qaysi schyot bo’yicha olib borilsa, uning nomi va registrning boshlangan 
sanasi yozib qo’yiladi. Buxgalteriya daftari xar yili 1 yanvardan boshlab ochiladi. 
Hozirgi paytda daftar shaklidagi buxgalteriya hisobining registrlari barcha 
korxona va tashkilotlarda eng ko’p qo’llaniladigan registrlardandir. Kitob

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin