85
MAVZU-20 . BUXGALTERIYA HISOBINING XUJJATLARI
(Ma’ruza 2 soat).
REJA:
1.
Xujjatlar haqida qisqacha tushuncha va ularning huquqiy mohiyati.
2.
Xujjatlarni turkumlash va ularni to’ldirishga qo’yiladigan talablar.
3.
Xujjatlarda sodir bo’ladigan xatoliklarni tuzatish yo’llari.
Tayanch iboralar:
Xo’jalik operatsiyalari mazmuni, yuridik kuch,
rekvizit,
buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi, buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi,
aralash xujjatlar.
Amalga oshirilgan xar bir xo’jalik operatsiyasi albatta xujjat
rasmiylashtirilishi shart. Ana shundagina xo’jalik operatsiyasi yuridik kuchga
ega bo’ladi.
Har qanday korxonada buxgalteriya hisobini
tashkil etishda xujjatlar
muhim ahamiyatga egadir. Xujjatlarning asosiy xususiyati shundaki , xar bir
korxona va tashkilotda xar kuni o’tkaziladigan barcha xo’jalik
operatsiyalari
xujjatlar orqali yalpi, uzluksiz dastlabki qayd
qilinadi.
Xujjatlar xo’jalik
operatsiyalari mazmunini
ifodalaydi. Buni natijasida ularni buxgalteriya hisobi
schyotlarida aks ettirish mohiyati aniqlanadi. SHuning uchun xujjat deb,
amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari sodir bo’lganligini dalillariga va
ularning yozma holdagi isbotiga aytiladi. Xujjatlashtirish esa xo’jalik
operatsiyalarini aks ettirish va xo’jalik faoliyati
ustidan doimiy nazorat
o’rnatishni xujjat yordamida rasmiylashtirish usulidir.
Xar bir xujjat o’z vazifasiga to’la javob berishi uchun u maolum
ko’rsatkich va belgilarga ega bo’lishi kerak. Xujjatlarda qayd qilingan va
xujjatlarga yuridik kuch beradigan xo’jalik operatsiyalarini
xarakterlovchi
ko’rsatkich va belgilar shu xujjatlarning rekvizitlari deyiladi.
Rekvizitlarning soni va mazmuni xujjatlarning qaysi maqsad uchun
tuzilganligi , bu xujjatlar aks ettirgan operatsiyalarni bajarish shartlari bilan
aniqlanadi. Xo’jalik operatsiyalarini turli tumanligiga
qaramasdan bir xil
rekvizitlar ko’pchilik xujjatlar uchun umumiydir.
Dostları ilə paylaş: