103
Ko’rilgan zarar summasi umumbelgilangan tartibda daromad ( foyda )
solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida soliqqa tortish bazasini oshiradi.
Ushbu asosiy vositalar obhektning 8510 “Mol – mulkni qayta baholash
bo’yicha tuzatishlar” hisobvarag’ida yig’ilgan qo’shimcha baholash summasi,
chiqib ketishdan olingan foydani ko’paytiradi( yoki zararni kamaytiradi ).
5910 – hisobvaraqdan mol-mulkning kamomadi va buzilishidan ko’rilgan
yo’qotishlarni qaerga kiritishda noaniqlik mavjud bo’lgan hollarda foydalanish
tavsiya qilinadi.
Agar kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar
shaxslardan undirish imkoniyati mavjud bo’lmasa, etishmayotgan obhektning
hisobdan chiqarilishini 5910 – hisobvaraqni chetlab o’tgan holda, quyidagi tartibda
amalga oshirish mumkin:
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti boshlang’ich ( tiklash) qiymatini
hisobdan chiqarish:
D-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” -150
K-t 0140 “Mebelg’ va ofis jihozlari” – 150;
- etishmayotgan asosiy vositalar obhekti yuzasidan hisoblab yozilgan
eskirishning hisobdan chiqarilishi:
D-t 0240 “Mebelg’ va ofis jihozlarining eskirishi” – 7,5
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” -7,5;
- ko’rilgan zarar summasining aks ettirlishi:
D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” –142,5
K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” -142,5
Dostları ilə paylaş: