28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

Esda tuting 
Bundan tashqari, korxonalar mulkining hajmlari va o’tkazish tartiblariga ko’ra ham 
ashyoviy ro’yxatga olishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 
1) korxona barcha mulkini ro’yxatga olish; 
2) korxona mulkining bir qismini ro’yxatga olish.


99 
yo’qlama qilish kerak. Buning uchun korxonalarda tekshirish va saralab yo’qlama 
qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya yo’qlama qilish davrlari o’rtasida 
qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy 
javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlangich hisob yuritish tartibining 
bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. 
Doimiy harakat qiluvchi yo’qlama qilish komissiyasi, ishchi yo’qlama qilish 
komissiyalari, tekshirish va saralab yo’qlama qilish komissiyalarining tarkibi 
korxona raxbarining buyrug’i bilan tasdiqlanishi yuqorida ham takidlangan edi. 
Komissiya tarkibidagi xodimlar belgilangan oboektdagi mol - mulkni 
yo’qlama qiladilar. 
Yo’qlama qilish davrida moddiy qiymatliklarning xar biri o’lchash, sanash, 
tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi.Hisoblash natijasi yo’qlama qilish 
ro’yxatiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy 
qiymatliklar yo’qlama qilinayotgan bo’lsa, yo’qlama qilish tugashi bilan yo’qlama 
qilish ro’yxati oxiriga komissiya azolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar 
shaxs “Ushbu yo’qlama qilish ro’yxatida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening 
ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiy qiymatliklarni o’z shaxsiy 
javobgarligimga qabul qildim hamda yo’qlama qilish komissiyasiga mening xech 
qanday daovom yo’q” deb imzo chekadi. 
Yo’qlama 
qilish 
ro’yxati 
rasmiylashtirilgandan 
so’ng 
korxona 
buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Yo’qlama qilish bo’yicha taqqoslash vedomostini tuzish. Taqqoslash 
vedomostini tuzish va yo’qlama qilish natijalarini aniqlash ishlari boshlangunga 
qadar korxona buxgalteriyasi yo’qlama qilish maolumotlarida keltirilgan hamma 
hisob - kitoblarining to’g’riligini tekshirib chiqadi. Baholarda, summalarni 
chiqarishda yo’l qo’yilgan xatoliklar topilsa, u holda bu xatoliklar to’g’rilanadi va 
bu haqda komissiyaning hamma aozolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. 
Yo’qlama qilish ro’yxatining oxirgi betida baholar va summalarning to’g’riligi 
tekshirib chiqilganligi xaqida yozib qo’yiladi va shu tekshirishni o’tkazgan shaxs 
imzo chekadi. Yo’qlama qilish natijalarini aniqlash uchun tegishli taqqoslash 
vedomosti tuziladi. Taqqoslash vedomostlariga yo’qlama qilishda hisob 
maolumotlari bilan yo’qlama qilish ro’yxati maolumotlari o’rtasidagi farq qayd 
qilinadi. 
Yo’qlama qilish farqlarini tartibga solish va yo’qlama qilish natijadarini 
rasmiylashtirish tartibi. Hamma kamomat, ortiqcha xamda debitor qarzlari, daovo 
qilish muddatning o’tkazib yuborilganligi natijasida ko’rilgan zarar summalari 
bo’yicha ishchi yo’qlama qilish komissiyasi tegishli xodimlardan yozma 
tushuntirish xatlarini oladi. Bu tushuntirish xatlari va boshqa xujjatlar asosida 
doimiy xarakat qiluvchi yo’qlama qilish komissiyasi aniqlangan kamomat, 
nobudgarchilik, qiymatliklarning buzilishi va ortiqcha chiqishining xarakterini 
o’rganadi. Bu komissiya taqqoslash vedomostlari tuzilishining to’g’riligini 
tekshirib chiqadi va yo’qlama qilish natijalari bo’yicha uzining xulosa va 
takliflarini protokol bilan rasmiylashtiriladi. 
Qiymatliklar bo’yicha buxgalteriya hisobi maolumotlari bilan yo’qlama 
qilish maolumotlari o’rtasidagi farq quyidagicha tartibga solinadi: 1) 


100 
Qiymatliklarning o’rnatilgan meoyor chegarasidagi kamayishi korxona raxbarining 
buyrug’i bilan ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga qo’shiladi. Agar 
kamayish meoyori o’rnatilmagan bo’lsa, u holda kamayish kamomat deb qabul 
qilinadi; 2) Qiymatliklar bo’yicha meoyordan ortiqcha kamayish kamomat deb 
qilinadi. Bu kamomat va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan talafot 
aybdorning zimmasiga yuklanadi; 3) Qiymatliklar bo’yicha meoyorda ortiqcha 
kamayish va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan talafotlarning aniq ayibdorlari 
topilmasa, u holda bu kamomat va talafotlar korxonaning ishlab chiqarish yoki 
muomala xarajatlariga qo’shiladi; 4) Ortiqcha qiymatliklar va navlar almashuvi 
sababli sodir bo’lgan qiymatliklarning kamomati bilan ortiqchalarini o’zaro 
qoplash natijasida aniqlanilgan ortiqcha summalar tegishli schyotlarga qabul 
qilinadi.
Ashyoviy yo’qlama qilish natijasida aniqlangan kamomadga misol 
keltiramiz. 
Boshqa xo’jalik mablag’’lari va korxonalar bilan olib boriladigan hisob- 
kitoblardagi aniqlangan xatolar ham tegishli yo’llar bilan rasmiylashtiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin