O‘ta uzoq masofalarga yugurish texnikasiga o’rgatish metodi.
Odatda, sportchilar o‘ta uzoq masofalarda yugurishni o‘rta
va uzoq masofalarda yugurish musobaqalarida qatnashgandan
keyin boshlaydilar. Shuning uchun ularga sportcha yugurish
texnikasi tanish bo‘ladi. Bunday sportchnlar shoh ko‘chada
o‘tkaziladigan mashq mashg‘uloti jarayonida qattiq yo‘ldga
o‘rganadilar, ortiqcha kuch sarflamay tejamli harakat qilishga
intiladilar. Relefi har xil joylardan (tepaga, pastga)
yugurayotganda o‘z kuchidan unumliroq foydalanish uchun,
har qaysi sportchi gavdani qanday tutgani qulay ekanini,
qadam uzunligi, shiddati va nafas shiddati bilan qadamlar
miqdorining nisbati qanday bo‘lishi qulay ekanini aniqlab
olishi kerak.
Agarda yangi boshlaganlarga o‘ta uzoq masofalarga
yugurish o‘rgatiladigan bo‘lsa, unda o‘quv qo‘llanmaning
tegishli bobida berilgan o‘rta va uzoq masofalarga yugurish
texnikasini o‘rgatish metodikasi qo‘llanadi. Bunda ayrimmashg‘ulotlarni shoh ko‘chada o‘tkazgan ma’qul (lekin qattiq
yo‘ldan oyoq og‘rimasin uchun 7—10 kunda bir marta
shunday qilinsa bas). Bundan tashqari, shug‘ullanuvchi shoh
ko‘chada tepalikka va pastlikka yugurish malakalarini bilib
olishi kerak. O‘rgatish mashg‘ulotlari bilan organizmning
funksional imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarni galma-gal o‘tkazish kerak. Bu davrda
mashg‘ulotlarni o‘rmonda, yumshoq yoki qipiqli yo‘lkada
o‘tkazish lozim.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak oʻta uzoq masofalarga yugurish yuguruvchidan ancha koʻp mehnat va bardosh talab qiladi. Uni masofani qay tarzda bosib oʻtishini yoʻlning qanday ekanligidan kelib chiqib toʻgʻri tanlansa sportchining marraga ancha kamroq qiyinchik bilan yetib kelishi mumkin boʻladi.
2– topshiriq. 1000 metr masofaga yugurish mavzusiga dars ishlanma tuzish.
“Yengil atletika. Qisqa masofaga yugurish texnikasini o’rgatish” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi.
Dostları ilə paylaş: |