29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari


Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir



Yüklə 76,48 Kb.
səhifə6/21
tarix27.12.2023
ölçüsü76,48 Kb.
#199101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org

52. Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilgan dalolati deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, 8-12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, 8-asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.

Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:

1) Kalimai shahodat;

2) Namoz oʻqish;


3) Roʻza tutish;
4) Zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish.
Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa, Markaziy Osiyo musulmonlari orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra joylarga sigʻinish, shaxslarga sigʻinish, fol ochish va fol ochdirish, harom qilingan, yaʼni Alloh taolodan oʻzgasidan koʻmak soʻrash taʼqiqlangan.
Qurʼon suralari 2ga boʻlinadi
1. Hijratdan avval tushgan suralar "Makka suralari" deyiladi
2. Hijratdan keyin tushgan suralar "Madina suralari" deyi
53.Islomda jahon svuilizatsiyasi

Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.


«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. SHundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik Shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraySh qabilasiga mansub bo‘lgan Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (YAsrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). SHu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati Shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. SHu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo erlari - Movarounnahr (daryo ortidagi erlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana Shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda Shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi





Yüklə 76,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin