29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari


O’zbekiatonda buddaviylik dini



Yüklə 76,48 Kb.
səhifə9/21
tarix27.12.2023
ölçüsü76,48 Kb.
#199101
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org

.34.O’zbekiatonda buddaviylik dini
Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy Shaxsdir. Bu ko‘plab buddaviylik bilan Shug‘ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy Adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, SHakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - Shaxsiy ismi, Gautama - urug‘ ismi, SHakyamuni - Shaklar yoki Shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - Shunday qilib Shunday ketgan, Djina - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo‘lib, Shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.
Hozirgi kunda Buddaning beShta biografiyasi ma’lumdir: «Maxavostu» - eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida Yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» - Budda faylasuflaridan biri AShvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra».
Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IV-III asrlar orasidagi turli muddatlarni ko‘rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko‘ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko‘pchilik tadqiqotchilar uning tug‘ilishi er. av. 564 yilda, o‘limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480 deb to‘liq sonlar bilan ko‘rsatadilar.
YUqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o‘zaro qorishib ketgan.
Siddxartxa SHakya qabilasining podShohlaridan biri SHuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo‘lgan. (Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. PodShoh o‘g‘lini orzu havaslar og‘ushida tarbiyalar, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Ulg‘ayib qo‘Shni podShohlardan birining qizi YAShadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi.
Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan bola Siddxartxa ittifiqo qarigan cholni, bemorni, og‘ir mehnatli bir rohibni uchratadi. Bundan qattiq ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beShta rohibga ko‘shilib, ular bilan qishloqma-qishloq kezib Yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma’lum maqsad yo‘qligini va bu yo‘l o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi - insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi.

.


Yüklə 76,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin