Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
32.Buddizm dinining paydo bo’lishi Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda Yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlarida, SHri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, YAponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko‘pgina mamlakatlar huquq normalariga ko‘ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab qonuniy manbalar va ko‘p sonli diniy yo‘nalishlar mavjuddir.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi.
Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi buddaviylikka e’tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta’limotini o‘rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tuShunishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
39. Islom dini Shakllanishidagi tarixiy Sharoit.Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. SHundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik Shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraySh qabilasiga mansub bo‘lgan Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (YAsrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). SHu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati Shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. SHu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo erlari - Movarounnahr (daryo ortidagi erlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana Shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda Shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi