29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org
51. Islomda axloqiy qadriyatlar talqini .Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson kamolotiga bevosita daxldor bo’lgan ma’naviyat deb qarashimiz lozim.O’zbeksiton mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo’shayotgan fuqarolarning imoni mustaqillik ishiga fidoyilik, millatparvarlik, vatanparvarlik, baynalminalchilik, porloq kelajakka ishonch, davlatimiz ramzlariga sadoqat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini o’zida tarbiyalash,ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o’zida namoyon etishidan iborat.
Demak, insoniylikning muhim shartlari – diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni imon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo’lgan insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Imonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba’zi odamlarga nisbatan imonsiz so’zini ishlatamiz.Imonning boshi – taqvo. Taqvo – har noto’g’ri ishga qo’l urishda – Allohdan qo’rqish, yomon ishlardan saqlanish. Allohdan qo’rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo’l urmaydi, oxiratda javob berishini o’ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to’g’ri bo’ladi, poraxo’rlik qilmaydi, qasamxo’r bo’lmaydi, birovni aldamaydi, yolg’on gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham taqvodor bo’lish nasib etsin.
Hayo – bu o’zbekcha uyat demakdir. Hayosiz, behayo deyilganida, uyatsiz ish qilganda hijolat chekmaydigan, odob-ahloqsiz kishi tushuniladi. Hayo erkak kishiga nisbatan ayollarda tabiatan ko’proq bo’ladi.
Vijdon azobi – kishi o’zi yo’l qo’ygan xatolarni, jamiyatda bo’layotgan nohaqliklar, adolatsizliklarni bilib, ko’rib, ruhiy qiynalish holatida bo’lishidir. Vijdon azobi jamiyatdagi yoki shaxs faoliyatidagi adolatsizliklarni ruhan qabul qilmaslik, ularga nisbatan ichki nafratni, salbiy munosabatni ifodalashdir. Vijdon azobi – shaxsning og’ir ichki ruhiy kechinmalaridir.
Mehr-shafqatlilik ham imon mezonlaridan biridir. Yuqoridagi kabi mehr-shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda etim-esir, qarovsiz qolgan qariyalar, g’ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish tuyg’usi, desak bo’ladi.