Bug’ turbina qurilmalarida suv bug’i asosiy ishchi jism bo’lib xizmat qiladi. Bu qurilmalarda suv bug’ining issiqlik energiyasi mexanik energiyaga va elektr generatorda elektr energiyasiga aylanadi. Bug’ turbina qurilmalari ko’rinishini chizma tasviri quyidagichadir.

Kimyoviy tozalangan suv va yoqilg’i bug’ qozoniga yuborilib u yerda yonish jarayoni amalga oshiriladi. Suv ekonomayzerida qaynash haroratigacha qizdiriladi, keyin bug’lantiruvchi qismda nam to’yingan bug’ hosil qilinadi. Bug’ bug’qizdirgichga yuboriladi. U yerda bug’ yanada qizdirilib, o’ta qizigan bug’ga aylantiriladi. O’ta qizigan bug’ turbinaning parraklariga urilib harakat hosil qiladi, ya’ni bug’ning issiqlik energiyasi avval kinetik energiyaga (turbina soplosida), so’ngra mexanik energiyaga aylanadi. Ishlatib bo’lingan bug’ juda kichik bosimda bo’lgani uchun kondensatorga kelib tushadi va qaytadan suvga aylanadi, bunday massa kondensat deyiladi.

Suvning bosimi nasos yordamida orttirilib, bug’ qozoniga yuboriladi va barcha jarayonlar takrorlanadi. Bunday sikl Renkin sikli deyiladi. Uning FIK quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda: h,, h, turbinada adiabatik kengayish jarayoni sodir bo’lishidagi bug’ning boshlang’ich va oxirgi entalpiyasi.
H-Cpt; P, bosimda qaytgan suvning entalpiyasi. Bu ifodaga kattaliklar suv bug’ining diagrammasidan olinadi. Keyingi vazifa shu siklning FIKni oshirishdan iborat.