3 -amaliy mashg’ulot



Yüklə 386,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix29.04.2023
ölçüsü386,42 Kb.
#104642
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3 - Nazariy materiallar d2e48e57b6b7057777db13996e866eb6

Bazis –bolyus tartibi odatda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday tartibda bolalar 
har kuni insulinning bazali dozasini qabul qiladi, keyin (har qaysi ovqat qabulidan 
oldin) o‘lchangan glyukoza darajasi va kutilgan uglevod ehtiyoji hisoblanib, qisqa 
ta’sirli insulin dozasi to‘ldirildi. Bazal doza bir kunda 1 mahal (ba’zan, kichik 
yoshdagi bolalarda,har 12 soatda) uzoq ta’sirli insulin (glargin yoki detemir) 
in’eksiya turida yuboriladi yoki kateter orqali teri ostiga kiritilgan insulinning 
uzluksiz etkazishni ta’minlovchi insulinli pompadan foydalanish bilan qisqa ta’sirli 
insulinning uzluksiz infuziyasi (qoidaga ko‘ra, aspart yoki lizpro) quyiladi. Bolyus 
doza insulinli pompa yordamida yoki qisqa ta’sirli insulinning alohida in’eksiyasi 
ko‘rinishida yuboriladi. Glargin yoki detemir in’eksiyasi qoidaga ko‘ra, qisqa ta’sirli 
insulin bilan aralashmagan bo‘lishi kerak va uyqudan oldin yoki kechki ovqatdan 
keyin yuboriladi. Bazal doza qonda glyukoza darajasini ovqat qabul qilish va tun 
o‘rtasida ushlab turadi. 
Bazal doza kiritish uchun insulinli pompani qo‘llash maksimal 
egiluvchanlikni ta’minlaydi; pompa kun va tun mobaynida har xil vaqtda insulinni 
har xil dozada yuborish dasturiga kiritiladi. Bazal- bolyus tartibi bola qarovsiz 
qolganda, qisman kattalar bolalar bog‘chasi va maktabda kunduzgi in’eksiyani qila 
olmagan holatlarda to‘g‘ri kelmaydi. 
Jadval № 3.11. Insulinoterapiyaning tavsiya qilingan tartiblari 
Nonushtadan 
avval 
Tushlikdan avval 
Kechki ovqatdan 
avval 
Uyqudan 
avval 
QTI(A)+O‘TI 
QTI (A) 
QTI (A) 
O‘TI 
QTI(A)+ L 
QTI (A) 
QTI (A) 
QTI(A) 
QTI(A) 
QTI (A) 
L 


Qisqartmalar . QTI- qisqa ta’sirli insulin ; O‘TI-o‘rta ta’sirli insulin ; A – ultra 
qisqa ta’sirli insulin analogi, L piksiz insulin uzoq ta’sir etuvchi insulin. 
 

Yüklə 386,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin