Bazis –bolyus tartibi odatda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday tartibda bolalar
har kuni insulinning bazali dozasini qabul qiladi, keyin (har qaysi ovqat qabulidan
oldin) o‘lchangan glyukoza darajasi va kutilgan uglevod ehtiyoji hisoblanib, qisqa
ta’sirli insulin dozasi to‘ldirildi. Bazal doza bir kunda 1 mahal (ba’zan, kichik
yoshdagi bolalarda,har 12 soatda) uzoq ta’sirli insulin (glargin yoki detemir)
in’eksiya turida yuboriladi yoki kateter orqali teri ostiga kiritilgan insulinning
uzluksiz etkazishni ta’minlovchi insulinli pompadan foydalanish bilan qisqa ta’sirli
insulinning uzluksiz infuziyasi (qoidaga ko‘ra, aspart yoki lizpro) quyiladi. Bolyus
doza insulinli pompa yordamida yoki qisqa ta’sirli insulinning alohida in’eksiyasi
ko‘rinishida yuboriladi. Glargin yoki detemir in’eksiyasi qoidaga ko‘ra, qisqa ta’sirli
insulin bilan aralashmagan bo‘lishi kerak va uyqudan oldin yoki kechki ovqatdan
keyin yuboriladi. Bazal doza qonda glyukoza darajasini ovqat qabul qilish va tun
o‘rtasida ushlab turadi.
Bazal doza kiritish uchun insulinli pompani qo‘llash maksimal
egiluvchanlikni ta’minlaydi; pompa kun va tun mobaynida har xil vaqtda insulinni
har xil dozada yuborish dasturiga kiritiladi. Bazal- bolyus tartibi bola qarovsiz
qolganda, qisman kattalar bolalar bog‘chasi va maktabda kunduzgi in’eksiyani qila
olmagan holatlarda to‘g‘ri kelmaydi.
Jadval № 3.11. Insulinoterapiyaning tavsiya qilingan tartiblari Nonushtadan
avval Tushlikdan avval Kechki ovqatdan
avval Uyqudan
avval QTI(A)+O‘TI QTI (A) QTI (A) O‘TI QTI(A)+ L
QTI (A)
QTI (A)
QTI(A) QTI(A) QTI (A) L
Qisqartmalar . QTI- qisqa ta’sirli insulin ; O‘TI-o‘rta ta’sirli insulin ; A – ultra qisqa ta’sirli insulin analogi, L piksiz insulin uzoq ta’sir etuvchi insulin.