osonlashtiradi. Yuqoridagi qurilmalarda 8 va 12 mm uzunlikdagi bir martalik igna
ishlatiladi.
Insulin pomalari (tanaga joylashtiriladigan insulin dozatori) tanaga
o‘rnatilgan igna orqali (har 2-3 kun ichida ineksiya maydoni o‘zgartiriladi), qisqa
(ultraqisqa) ta’sirli insulinni kun davomida past tezlikda kiritadi va bu tezlik
kunning har bir qismi uchun turli xil bo‘lishi mumkin. SHu usul bilan insulin bazal
sekretsiyasi simulyasiya qilinadi. Har bir taomdan oldin (nafaqat asosiy qismidan
tashqari), bemor qonda glyukoza miqdorini o‘lchaydi, undan keyin u nima va
qancha ovqat eyishni rejalashtiradi, insulin dozasini o‘zi hisoblab chiqaradi va
dozatordagi tugmachani bosib, uni kiritadi. Shu tarzda ovqatga insulinining
sekretsiyasi simulyasiya qilinadi.
Albatta, pompa bilan insulinoterapiya sog‘lom odamda insulin ishlab chiqarishga
o‘xshashdir va ko‘plab afzalliklarga ega, masalan, ineksiya sonini kamaytirishga,
ovqatlanish vaqtlari va iste’mol qilinadigan uglevodlarga ko‘proq
moslashuvchanlikni keltirib chiqaradi. Biroq, insulin pompasi bilan kuniga bir necha
marta ukol yoki shprits ruchka bilan kiritilgan insulin rejimi o‘rtasida fundamental
farqlar mavjud emas. Aslida ikkala holatda bemor tomonidan glyukoza miqdorini
tez-tez tekshirishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: