Ичак
ўтказмовчилиги.
Ремгельд синдроми.
Қориннинг оқ чизиқ
чурраси.
Сурункали
буйрак
етишмовчилиги.
Ҳомиладорлик.
Кўкрак билан боқиш.
Akarbozani tayinlash uchun qarshi ko‘rsatmalar ichakning o‘tkir va surunkali
kasalliklari; turli joylashgan oshqozon ichak trakti churrasi; ichak tuzilishi va
kavsharlangan kasallikda ichakdagi mavjud passaj buzilishlar hisobalanadi.
2-turdagi natriy-glyukoza kotransporterlar ingibitori -SGLT-2
(dapagliflozin,kanagliflozin, empagliflozin). Hozirgi vaqtda Rossiyada berilgan
dori vositalaridan biri –dapagliflozin ro‘yxatdan o‘tgan. Bu yangi dori vositalari
SGLT-2 ingibirlariga asoslangan. Buyrakda fil'tratsiyalangan glyukozaning ko‘p
qismi (90%), SGLT-2 ishtirokida buyrak kanallarining
proksimal qismida
reabsorbsiyalanadi va yana qayta qon oqimiga tushadi. Dapagliflozin buyrakda
SGLT-2ni ingibirlab, glyukoza reabsorbsiyasini bloklaydi va kuniga o‘rtcha 70 g
glyukozani chiqarib yuboradi, u insulin sekresiyasi va uning samarasiga bog‘liq
bo‘lmay QD 2-turi bemorlari qonida glyukoza darajasining pasayishiga sabab
bo‘ladi. Bu dori vositalarining qo‘shimcha ustunligi
shundaki, ular gipoglikemiya
rivojlanishi xavfini va tana vaznini kamaytiradi. Bu dori vositasi bemorlarga
parhez va jismoniy nagruzkaga qo‘shimcha monoterapiya singari metformin bilan
kombinasiyalanadi. QD1-turi, diabetik ketoasidoz, buyrak yetishmovchilikning
o‘rta va og‘ir darajasi (TFT˂60 ml/daq/1,73 m2) yoki buyrak yetishmovchiligining
terminal
bosqichi, “halqali”diuretiklar qabul qiluvchi bemorlar yoki aylanuvchi
qon hajmining pasayishida qarshi ko‘rsatmalar beriladi.
Kombinasiyalangan qandni pasaytiruvchi dori vositalari. Kombinasiyalangan
terapiya afzalligi shundaki, bitta dori vositasining yuqori dozasidan ko‘ra, turli
sinfdagi dori vositalarining o‘rtacha dozasining nojo‘ya samarasi xavfi juda kam
hisoblanadi. Undan tashqari, kombinasiyalangan terapiya
olib borilgan davolashga
bemorlarning sodiqligiga sabab bo‘ldai. Zamonaviy klinik amaliyotda quyidagi
tayyor kombinasiyalardan foydalaniladi: glibenklamid va metformin, gliklazid va
metformin, glimepirid va metformin, vildagliptin va metformin, sitagliptin va
metformin.
QD 2-turi bemorlarida qandni pasaytiruvchi terapiya intensifikasiyasi va
inisiasiyasining umumiy tamoyillari quyidagilar:
•
HbA1c individual maqsadli darajasini aniqlash.
•
HbA1c ning boshlang‘ich holatida 6,5-7,5% diapazonda maqsadli
ko‘rsatgichga erishish uchun monoterapiyadan foydalanish kerak bo‘ladi.
Terapiyani boshlash uchun birinchi qator dori vositalari: metformin,
dipeptidilpeptidaza IV
turi ingibitorlari, GSP-1 agonistlar. Monoterapiya
samaradorsizligida turli ta'sir mexanizmlari bilan2-3 dori vositasining rasional
kombinasiyasini tayinlash joiz; metformin +dipeptidilpeptidaza IV turi ingibitori
/ GSP-1 agonistlari, metformin +sekretogog (SMDV / glinid, gipoglikemiyaning
yuqori xavfi ko‘rinishida glibenklamid istisno).
•
HbA1c ning boshlang‘ich holatida 7,6-9,0% diapazonda maqsadli
ahamiyati oshishi bilan birdaniga kombinasiyalangan terapiya tayinlanadi
(yuqoriga qarang).
•
HbA1c 9% ortiqrog‘ida insulin yoki boshqa qandni pasaytiruvchi dori
vositalari bilan prolongirlangan ta'sirli insulin
kombinasiyasini tayinlash,
keyinchalik zarurat bo‘lganda insulin terapiyasi intensifikasiyasini amalga oshirish
kerak. Glikemik nazoratning maqsadli ko‘rsatgichlariga erishishda insulinsiz
kombinasiyalangan davolashga o‘tkazish imkoniyati bo‘ladi.
•
Davolashning har qanday bosqichida 2 yoki 3 ta dori vositasi
kombinasiyasiga zarurat bo‘lganda insulin qo‘shiladi.
•
Qarshi ko‘rsatma bo‘lmaganda 2 yoki 3 dori
vositalarining har qanday
kombinasiyasida metformindan foydalaniladi.
•
Davolash samaradorligini baholash HbA1c ko‘rsatgichi asosida har 3
oyda amalga oshiriladi.
•
Laborator nazorat ma'lumotlari bo‘yicha uning samaradorligi belgilari
mavjud bo‘lmaganida avvalgi davolash muolajalari 6 oydan kech bo‘lmay
o‘tkazilish kerak, bemor o‘zini yomon his qilganida sekin amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: