ortadi. Ikkinchi generatsiyaning SMDV (glibenklamid, glipizid, gliklazid,
glimepirid)ni ular bilan taqqoslaganda qonda o‘ta past
konsentratsiyada qandni
pasaytiruvchi ta'sir ko‘proq bo‘ladi.
Β-hujayra plazmatik membranasi reseptoriga maksimal yaqin, eng kuchli va
davomli qandni pasaytiruvchi samaraga SMDV orasida glibenklamid ega. Uning
ta'siri 24 soat mobaynida saqlanadi. Dori vositasining ta'sir qiluvchi
substansiyasiga mayda g‘ovak maydalashtirilgan plenka yordamida kelishi
glibenklamidning mikronizlangan shakli yaratilgan, unda qabuldan keyin 1,5-2,5
soat o‘rtasida sezilarli tez samara ko‘rsatadi (ya'ni ovqatdan keyin qonda qand
darajasining oshish vaqtiga) va bevosita ovqatdan oldin qo‘llanishi mumkin.
Bunda qonda dori vositasi konsentratsiyasining oshishi silliq kechadi, u insulinni
birdan chiqishiga sabab bo‘ladi va GH rivojlanishi xavfini pasaytiradi. 65
yoshdan
kattalarga SMDV tavsiya qilinmasligini esda tutish kerak.
Glipizid organizmdan tez chiquvchi nofaol metabolitlar hosil bo‘lishi bilan
bog‘liqlikda gipoglikemiya rivojlanishi juda oz xavfi bilan birkuvchi samarali
ta'sirga ega. Uzoq davomli davolashda glipizidning prolongirlangan shakli juda
qulay. Plazmada dori vositasining samarali konsentratsiyasi bir marotabali kunlik
dozada 24 soat mobaynida saqlanadi, bu esa uzoq vaqt davolashda qulay
hisoblanadi.
Gliklazidda GH rivojlanish xavfi va qandni pasaytirish samarasi glibenklamidga
nisbatan kamroq. Gliklazid qandni pasaytirish
samarasidan tashqari,
mikrosirkulyasiyaga, gemostaz tizimi va qonning reologik xususiyatiga ijobiy
ta'sir ko‘rsatadi, mikro- va makroangiopatiyadan asoratlangan QD da dolzarb
sanaladi.
Gliklazidning ozod bo‘lishi modifikasiyalanishi, dori vositasining prolongirlovchi
samarasi, bir kunda bir marta qabul qilishi mumkinligi bilan
dori vositalari shakli
ishalb chiqilgan.
Glimepirid. Glimepiridning farmakokinetik va farmakodinamik xususiyati ovqatni
o‘z vaqtida iste'mol qilmaslik, jismoniy nagruzka bajarish kerak bo‘lgan holatlarda
gipoglikemiya rivojlanishining nisbatan kam xavfida ta'sirning juda tez
boshlanishini ta'minlaydi. Dori vositasining zaruriy konsentratsiyasi kun
mobaynida bir marotaba qabul qilishga yetadi, glimepiridning tabletkalashtirilgan
shakli dozasining keng spektri (1-4 mg) zarur kunlik dozani saralashni
yengillashtiradi.
SMDV o‘ta jiddiy nojo‘ya samarasi
GH hisoblanib, asosan keksa yoshdagi
bemorlar uchun xavfli sanaladi. Boshqa qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalar juda kam
uchraydi va odatda davolashni boshlashdan bir necha hafta o‘tgach dispeptik
tartibsizlik ko‘rinishida, epigastral sohada og‘riq,og‘izda metall ta'mini his qilish,
allergik reaksiya, leyko- va trombositopeniya, agranulositoza, buyrak hamda
jigarning toksik shikastlanishi, toksikodermiya rivojlanadi.
SMDV tavsiya qilish uchun qarshi ko‘rsatmalar deb quyidagilar ko‘rsatiladi: QD
1-turi, diabetik komatoz holat, homiladorlik va laktasiya, buyrak
va jigar
yetishmovchiligi, katta ko‘lamda va bo‘shliq operatsiyalari, somatik
patologiyaning og‘ir shakllari (insul't, infarkt), uglevod almashinuvi holatining
qoniqarsiz ko‘rsatgichlarida bemor tana vaznining o‘sib boruvchi kamayishi.
HbA1c ning boshlang‘ich darajasida 6,5-7,5% SMDV birinchi qator vositasi
hisoblanadi. Gipoglikemiya rivojlanishi xavfi va tana vazni o‘rtacha 2-3 kg
qo‘shilishida ularni qo‘llash chegaralanadi. HbA1c ning berilgan darajasida
SMDV qo‘llash faqat semizlik va ortiqcha tana vazni bo‘lgan bemorlarda o‘zini
oqlagan, chunki u insulinning kamaygan sekresiyasini ko‘rsatadi. SMDV bilan
davolanishda o‘ta “yumshoq” dori vositalari (gliklazid,glimepirid)dan boshlab,
keyinchalik yaxshi samara bermaganda o‘ta kuchlilari (glibenklamid,glipizid) ga
almashtiriladi.
Glyukozaning prendial regulyatorlari (GPR) yoki glinid (3.14-jadval). GPR
ichakda yaxshi so‘rilishi va oshqozonosti bezi β-hujayra insulini sekresiyasining
qo‘zg‘alishidan ta'sirni erta boshlashi bilan xarakterlanadi. GPR glikemiyaning
postprandial darajasini normallashtirishda ishlatiladi, chunki
ular davomsizlik bilan
birgalikda insulin sekresiyasining qo‘zg‘algan glyukoza fazasini erta tiklash
qobiliyatiga va qandni pasaytiruvchi samaraga ham ega.
3.14-jadval. Peroral qandni pasaytiruvchi dori vositalari farmakologik guruhining
asosiy tavsifi
Dostları ilə paylaş: