Insulin pompa va uni bemorga o‘rnatilishi Glyukozani avtomatik ravishda o‘lchaydigan va olingan natijalarga muvofiq
zarur miqdorda insulin kiritadigan qurilmalar allaqachon mavjud, ammo qimmat
turadi.
Insulin dozasi. Xalqaro insulin birliklari 2000 yildan bo’yon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va XDF (Xalqaro
Diabet Federatsiyasi) insulinni tarqatishda birliklar soni bo‘yicha butun dunyo
miqyosida bir xillik kiritdilar - 1 ml uchun 100 TB.
Evropa mamlakatlarining ko‘pchiligida an’anaviy bir marta ishlatiladigan
insulin shpritslari 1 ml uchun 100 TB gacha bo‘lgan insulin kontsentratsiyasi uchun
mo‘ljallangan va turli o‘lchamlarga ega: 25, 30, 50, 100 TB insulin (0,25-1,0 ml.)
formasida. Rossiyada va O‘zbekistonda 1 ml da 100 TB a bo‘lgan insulin
ineksiyalari asosan 100 TB insulin (1,0 ml) qiymatida bir marta ishlatiladigan
insulin shpritslaridan foydalaniladi. 1 ml ichidagi 40 U bilan ukolda 100 U
miqdorida insulinni qo‘llashda xatoliklarni oldini olish uchun, muqarrar ravishda
gipoglikemiyaga va aksincha xolatga olib keladigan xolatlarni oldini olish uchun
xamda ketoasidoz holatda 40 TB saqlaydigan insulinni 100 TB uchun
mo‘ljallangan shpritsda yubormaslik uchun, faqat 100 TB qiymatiga ega bo‘lgan
insulin 100 TB dozatorga ega insulin shpritsda yuborilishi kerak. Ishlatilgan ignalar
va shpritslar maxsus idishga tashlanishi kerak.
1 tur qandli diabet kasalligiga chalingan barcha bolalar va o‘smirlar, diabet
kasalligi bilan og‘rigan homiladorlar, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan, qo‘l yoki
oyog‘i amputatsiya qilingan bemorlar insulin in’eksiyasi uchun shprits bilan
ta’minlanishi kerak!