3.3. Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy
asosi sifatida
Respublika metrologik xizmati metrologik ta’minotning tashkiliy asosi bo‘lib
hisoblanadi. Metrologik ta’minot bo‘yicha ishlarning
hal qiluvchi hajmini
ixtisoslashtirilgan metrologik tashkilotlar bajaradi. Bu tashkilotlar majmuasi va
ularning mamlakatda o‘lchashlar birliligini va talab qilinayotgan aniqligini
ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati metrologik xizmatni tashkil etadi. Metrologik
xizmat tashkilotlari metrologik ta’minot bo‘yicha barcha ishlarni ilmiy – texnikaviy
va metodik boshqaruvini amalga oshiradi, o‘lchashlar birliligini ta’minlash
uchun
zarur qoida va me’yorlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Metrologik xizmat aniq o‘lchashlarning ilmiy – nazariy aspektlarida ham,
amaliy aspektlarida ham muhim ishlarni bajarishga qodir ilmiy va nazariy – sinov
tashkilotlarining tarmoqlangan tarmog‘ini ifodalaydi.
Hozirgi vaqtda respublika metrologik xizmati respublikaning har bir
viloyatida davlat metrolgik xizmatlari tarmog‘iga ega, 13 ta metrologik xizmat
tayanch tashkilotlariga va respublikaning 302 korxona
va tashkilotlarida idora
metrologik xizmatlarining tarmoqlangan tarmog‘iga ega.
O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati tuzilmasi
O‘zstandart Agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat
metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi.
Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi.
O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi:
– metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo
muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini o‘rnatish
va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’minlash;
– o‘lchashlar
vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik
talablarni belgilash;
– davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
– metrologik masalalar bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan
hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish;
– metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
–
O‘zbekiston
Respublikasining
metrologiya
sohasida
xalqaro
shartnomalariga
rioya qilinishini tekshirish;
– xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha faoliyatida
qatnashish;
– O‘z O‘BTT ning ishini va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va
boshqa mamlakatlarning o‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash;
– iste’molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof
muhitni va davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz
natijalarining salbiy
ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 05.08.2004 №373 Qarori bilan tasdiqlangan.
Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar ham kiradi:
– Milliy etalonlar markazi;
– Metrologik xizmat Bosh markazi;
– Standart namunalar Bosh markazi;
– Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti
(SMS ITI) Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga;
– sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM) ning metrologik
laboratoriyalari;
– standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
– Axborot-ma’lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini
rivojlantirish
va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini
yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan
bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy,
me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar
tayyorlash va malaka
oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga
yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari
davlat xizmatiga
ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart
namunalarini
chiqarish
va
qo‘llanish
tartibi
bo‘yicha
faoliyatlarini
muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini
ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning
metrologik
laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta’minlash
bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati
qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni O’z DSt 8.002:2002 “O‘z
O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar” bo‘yicha o‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi
va O‘z O‘BTT qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlaydi.