Bundan tashqari ,
«Страницы»
(Saxifalar) nomli aloxida ob’yekt ham mavjud. Bu
ob’yekt HTML kodida bajarilgan, Web — saxifada joylashtiriladigan
va tarmoq
orqali mijozga o’zatiladigan aloxida ob’yektdir.
Biror ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish uchun Microsoft Access
dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun WINDOWS
oynasining masalalar
panelidagi «
Пуск
» tugmachasi ustiga sichkoncha ko’rsatkichini olib borib chap
tugmachasini bosamiz va «
Программы
» bo’limiga o’tib, Microsoft Access qismini
tanlab olamiz
Dastur ishga tushgandan keyin quyidagi oyna xosil bo’ladi (3.2-rasm):
MBning dastlabki oynasida yuqorida sanab o’tilgan
6
ta asosiy ob’yektlarning
ilovalaridan
tashqari, yana
3
ta buyruq tugmachalari mavjud. Bular:
«Открыть»
(Ochish),
«Конструктор»
(Tuzuvchi),
«Создать»
(Yфratish) tugmachalaridir.
«Открыть»
(Ochish)
tugmachasi
tanlangan
ob’yektni
ochadi.
«Конструктор»
(Tuzuvchi) ham tanlangan ob’yektni ochadi, lekin u ob’yektning
tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to’g’rilash imkonini
beradi. Agar ob’yekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud
maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin.
«Создать»
(Yaratish) tugmachasi
yangi ob’yektlarni:
jadvallar, so’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun
ishlatiladi.
Biror MBni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim.
Buning uchun MBning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo’ladi.
MBning yaxshi
tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MBni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani
yaratib, so’ngra unga jadvallar,
shakllar, hisobotlar va boshqa ob’yektlarni
kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MBning har bir
elementini alohida aniqlashga to’g’ri keladi. Shuning
uchun ikkinchi usuldan
ko’proq foydalanishadi. Unda
«Мастер»
(Usta) yordamida barcha kerakli jadvallar,
shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB birdaniga yaratiladi,
so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MBni
yaratishning eng sodda usulidir.
Dostları ilə paylaş: