3 - ma\'ruza. Ma\'lumotlar bazasini va uni boshqarish tizimlari
Ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi Zamonaviy MB texnologiyasida MBni yaratish, unga xizmat ko’rsatish va
foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar
yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladi.
MBBT — MBni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni
topishni tashkil etish va boshqa xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan dasturiy
va til vositalari majmuasidir.
MBBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
— DBASE dasturi;
— Microsoft Access;
— Microsoft Fox Pro for DOS;
— Microsoft Fox Pro for WINDOWS;
— Paradox for DOS;
— Paradox for WINDOWS.
MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab
olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— axborotni ko’rgazmali tasvirlash;
— axborotni kiritishda soddalik;
— axborotni izlash va tanlashda qulaylik;
— boshqa bazaga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining
mavjudligi;
— MBning ochiqligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo’shish,
ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).
MB bitta yoki bir nechta modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Har qanday
modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’yekt sifatida
qarash mumkin. Shunday ob’yekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. MB
modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
relyatsion, iyerarxik va
semantik tarmoq .
Relyatsion (lotin tilidagi relation — munosabat so’zidan olingan) modelda
ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga
asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi.
Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o’zaro bog’langan
to’plamidan iborat.
MBning
iyerarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga
bo’ysunish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan