2-yo‘l: amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar o’quvchilarda kreativ harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, o’quvchilara interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
3-yo‘l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo‘l o’quvchilarni muammoni echish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. M: “YUrak va qon aylanishi tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish” (Isaksen & Treffinger, 1985). Topshiriqni bajarar ekan, o’quvchilar odamning qon aylanishi tizimi bilan bog‘liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro‘y beradi.
4-yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda pedagog o’quvchilarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Power Point dasturi yoki multimediya yordamida taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida o’quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi.
1-variant
2-variant
2. “Qishloqda bir kun” testi bo‘yicha tinglovchilarning tasavvur darajasini o‘rganish. Surat bilan tanishib chiqing va beriladigan savollarga javob qaytaring.
1. Paroxod darayoda oqimga qarab harakatlanyaptimi yoki oqimga teskari tomongami?
2. Suratda yilning qaysi fasli tasvirlangan?
3. Bu erda daryoning o‘zani chuqurmi yoki sayoz?
4. Paraxodlar to‘xtash joyi bu erdan uzoqmi, yaqinmi?
5. Paraxodlar to‘xtash joyi sohilning qaysi tomonida joylashgan?
6. Rassom suratda kunning qaysi vaqtini tasvirlagan?
Suratni diqqat bilan ko‘zdan kechirib berilgan savollarga to‘g‘ri javob qaytarish mumkin bo‘lgan belgilarni toping. Barcha ob’ektlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 9 ta belgi (aloqa)ni toping. O‘z mulohazalaringizni daftarga yozing.
Tinglovchilar har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ballni qo‘lga kiritadi. Suhbat yakunida barcha ballar jamlanadi.
Agar Siz 6 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob qaytarib, ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqador 9 ta belgi (aloqa)ni topgan bo‘lgangiz, u holda Sizning tasavvur darajangiz yuqori, agarda 3-4 belgi (aloqa)ni topgan bo‘lsangiz, tasavvur darajangiz o‘rtacha, bordi-yu, 1-2 ta belgi (aloqa)ni topgan bo‘lsangiz, demak, Sizning tasavvur darajangiz past.