3. Pedagogik kreativlikni rivojlantirishga doir topshiriqlarni bajarish. 1. Ob’ektni shakllantirishga oid topshiriq Kasbiy faoliyatingizga taalluqli, biroq, bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan ixtiyoriy 3-4 ta predmetni oling. Ular asosida imkon qadar ko‘proq “hodisa”lar haqida hikoya (xabar) qiling. Hikoya (xabar)ingiz imkon qadar badiiylik kasb etsin!
Misol uchun: devor, velosiped, osmon.
Hodisa: “Bola uy yo‘lagining devoriga suyab qo‘yilgan velosipedni etaklab, deraza oldiga keldi va osmonga qaradi” (jumlada ifoa etilgan hodisa shunchaki xabar. Hodisaning mohiyati ijodiy xarakter kasb etishi uchun badiiy ibora va o‘xshatishlardan foydalanish zarur.
2. Ob’ektlarning umumiy belgilarini topishga oid topshiriq Kasbiy faoliyatingizga taalluqli, biroq, bir-biri bilan mutlaqo kam bog‘langan yoki mutlaqo bog‘lanmagan 2 ta ob’ektni oling. Quyidagi jadval asosida ularga taalluqli o‘zaro o‘xshash jihat (belgi)larni topishga harakat qiling. O‘xshash jihat (belgi)larni ot yordamida ifodalang. O‘zaro o‘xshash o‘xshash jihat (belgi)larning imkon qadar ko‘proq bo‘lishiga harakat qiling.
Namuna
Bir-biri bilan mutlaqo kam bog‘langan yoki mutlaqo bog‘lanmagan ob’ektlar
Tarbiyaviy tadbir
Sayohat
4. Ob’ektning muqobillari yoki unga zid bo‘lgan ob’ektlarni topishga oid topshiriq Kasbiy faoliyatingizga taalluqli bir ob’ektni oling. Ikki ustunli jadvalni shakllantiring. Birinchi ustunga muqobili, ikkinchi ustunga esa doir zidi bo‘lgan ob’ektni qayd eting. Ularning xususiyatlarini tizimlashtiring.
Namuna