3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/16
tarix20.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#76749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja

Flyuid nurlanish (tashqi emotsiya) birinchi taassurot, tanishuvning birinchi soniyalarida namoѐn bo‘ladi:

  • yoqimli tashqi ko‘rinish;

  • go‘zal xulq-atvor;

  • ifodali va nafis nutq;

  • bilim;

  • xarizmatik ta’sir;

  • hurmatni namoyish etish.

Demak, pedagoglar shaxsiy-kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lish bo‘yicha bilimlarini boyitadi ish jaraѐnida o‘quvchilar bilan olib boriladigan barcha ishlarida pedagoglik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi,
o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda mas’uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Bu malakalar ѐshlarni tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga ѐrdam beradi.
Nazorat savollari
1. Pedagog kompetensiyasi haqida ma’lumot bering.
2. Kompetensiya turlarini aytib bering
3. Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha ѐritib bering.
4. Imij deganda nimani tushunasiz?
5. Pedagogning imiji qanday bo‘lishi kerak?


O’qituvchining innovatsion faoliyati va kreativligi
Reja:
1.Innovatsiya va pedagogic innovatsiyalar
2.Pedagogda innovatsiyon faoliyatni qaror toptirish
3.pedagogning kreativligini rivojlantirish


Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.

Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat


“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”1.


A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. SHundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin