3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja


-jadval. Novatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/16
tarix20.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#76749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja

2-jadval. Novatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar



Asosiy farqlar

Novatsiya

Innovatsiya

  1. amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;

  2. ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;

  3. metodlar yangilanadi;

4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3) sub’ektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

I.P.Podlasыyning fikriga ko‘ra, ta’lim innovatsionlari quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:





- pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
- o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
- o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
- talaba (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi




V. Pedagogik innovatsion jarayon mohiyati. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.CHen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo‘naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko‘ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’ektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‘batlantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi.
Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
SHartli yangilik esa munosabat, ob’ekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi.
R.N.YUsufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum bo‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyalik olimlar – A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o‘rganishga e’tiborni qaratgan. Bu o‘rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud ekanligini e’tirof etadi:
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‘ra qandayir yangi g‘oyaga amaliyotga joriy etiladi);
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi mikro daraja (bu o‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining o‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).
A.I.Prigojin, B.V.Sazonov va V.S.Tolstoylar o‘z tadqiqotlarida yangilik kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o‘rinda mualliflar innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib ko‘rsatishadi:
1. YAngilik sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi).
2. YAngilik (muayyan mahsulot)ni keng ko‘lamda ishlab chiqish.
Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar kuzatilai. Ular:


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin