Tayanch so‘z va iboralar: animasion reklama , bannerbannerli reklama, virtual
do‘kon, vitrina
Nazorat savollari:
1 Reklamaning kanday ta`riflarini bilasiz vaular nimani anglatadi?
2 Marketing kommunikasiyalari vositalarining tarkibiy kismi sifatida reklama
kanday asosiy kirralarga ega?
3. Xomiysining turiga kura reklamaning turlarini sanab bering .
4. Ijtimoiy kommunikasiyalar tizimida reklamaning urnini tavsiflab
bering.
5. Minatakaviy (umumilliy) reklama amaliyotidan sizning nazaringizda m):
affakiyatli (muvaffakiyasiz) chikkan reklama kodidan foydalanishga m'-geol
keltiring.
6. Ukituvchi bergan (yoki duch kelgan jurnaldan siz tanlab olgan) muayyan
reklama murojaati misolida kabul kiluvchining istalayotgan javob aks- ta`siri
borasida uz taxminlaringizni ayting. Uni ushbu reklama murojaagi par
eatlantiradimi?
REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA CHET EL
TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Reklama faoliyatini tashkil etishda chet el tajribasi
2. O’zbekiston Respublikasida reklama faoliyatini tashkil etishda chet
el tajribasidan foydalanish
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida respublikamizda reklama
faoliyatini yuritishda xorij tajribasidan mahalliy sharoitga mos
tomonlarini keng qo`llash o`z samarasini beradi va tovarlar o`rtasida
o`zaro raqobatni ta`minlaydi hamda tovar, pul aylanishini tezlashtiradi,
iqtisodiyotga katta foyda keltiradi. Reklama bozor faoliyati bilan
chambarchas aloqada bo`lib kelgan. Shu bois bundan 50-60 yil oldin o`z
boshidan bozor iqtisodiyotini kechirgan rivojlangan mamlakatlarda u
uzining mustaqil vazifasini bajarib kelmoqda.
Xorijiy mamlakatlarning o`z tovar va xizmatlari reklamasi uchun
ko`p mablag’ ajratayotganligi tabiiy xol. Bu ularning yanada kengroq
faoliyat yuritishiga zamin yaratmoqda. Xorijiy mamlakatlarda reklamani
keng xalq ommasiga mo`ljallanadi. Tez va sifatli hamda barcha
qiziquvchilar uchun bir xil qilib ishlanadi. Xorijiy mamlakatlarda rek-
lama bo`yicha qabul qilingan qonun va qoida hamda sotuv jarayonining
bosqichlariga tovarlarni sotishda ishlab chiqaruvchi yoki savdo agenti
har bir bosqichga e`tibor berib, ularga qat`iy rioya qiladi. Chet elda
reklamani amalga oshiruvchilar - bular reklama agentliklaridir. Ular
barcha turdagi, turli nomenklaturadagi tovar va xizmatlarni ommaviy
axborot vositalari orqali reklama qiladilar. Reklama agentliklarining soni
juda ko`p bo`lib, o`zaro sof raqobat asosida faoliyatni yuritadilar. Biz-
ning respublikamizda reklama sohasining amaliyotida ishlab chiqaruvchi
ko`pincha avval tuzilgan shartnoma va iste`molchilar bilan oldindan
mavjud bo`lgan aloqani bo`yicha xizmat ko`rsatiladi. Sotuv jarayoni
quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- iste`molchini izlash;
- iste`molchi bilan aloqa;
- aloqa jarayoni;
- taqdimot marosimi;
- kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
- shartnoma tuzish;
-
shartnomani amalga oshirish;
1
Bu bosqichlarga amal qilgan holda «Ribok» markasida poyafzal
ishlab chiqaruvchi korxona misolida marketing tadqiqotlari o`tkazilgan.
Reklamaning maqsadiga muvofiq, o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida
quyidagi natijalar olingan:
1) Birinchi yili «Ribok» poyafzalini ishlab chitsarilayotganligi haqida
axborot tartsatilgach, istemol`chilarning 15 yoshdan 49 yoshgacha
bo`lgan xaridorlarning ichida 20% i har yili o`rtacha 45 dollardan 1
juft poyafzal sotib olgan.
2) Bu markali poyafzal bilan tanish bo`lgan iste`molchilarga 50%ini
«Ribok» yuqori sifatli, maqbul narxlarga sotilayotganligi, yumshoq
teridan va keng miqyosda ishlab chitsarilib, chakana savdo
do`konlarida sotilishi haqida axborot berilgan.
3) Yuqoridagi «Ribok» markasi haqida ega iste`molchilar guruhini
50%ini mazkur poyafzal juda yuqori sifatli va qulayligi hamda
zamonaviyligi (moda, urfga xos) va narxi oqlashiga ishontirilgan.
1
Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005. 37-b.
4) «Ishontirilgan» iste`molchilar guruhini «Ribok» poyafzalini kiyib
ko`rish ishtiyoqini uyg’otilgan.
5) «Ribok» poyafzalini kiyib ko`rish ishtiyoqi uyg’ongan
iste`molchilarni mahalliy (hududiy) do`kondan sotib olishga
iste`molchilar guruhini 50%ini yo`naltirilgan
2
.
Reklama-bu nufuzli tovar markasining rivojlanishi va tarqalishidagi
eng samarador dastaklardan sanaladi. Tovarlarning sifatidan tashqari,
ularning ta`sirchan psixologik reklamalari iste`molchilar ichida bu
tovarlarning nufuzini yarata oladi. Masalan, "Mal’boro" sigaretlari -
oddiy sigaretlar emas, balki haqiqiy erkaklar uchun sigaretlar,
"Mersedes" - shunchaki qimmat avtomobil’ emas, balki "yosh yuraklar"
uchun avtomobil’ ekanligi reklamada ta`kidlanadi. Har bir tovarga
nisbatan reklama byudjetini tuzish kerak. Byudjetda ma`lum vaqt ichida
sarflangan umumiy summa aks etadi. Reklama byudjetini tuzishda tovar-
ning hayotiylik davri, uning bozordagi ulushi, hududiy sotish va
raqobatbardoshlik darajasi, reklama takroriyligi chastotasi, tovarni
saralash imkoniyatiga e`tibor berish kerak. Reklama xarajatlarini
tahminan mo`ljallab aniqlash va uning tarmoqlararo narxlari nisbati
o`rganilishi kerak.
Reklama qilishdagi xorijiy tajribalardan respublikamizda samarali
foydalanish zarur. Kuzatishlar natijasiga ko`ra hozirgi kunda rivojlangan
xorijiy mamlakatlar o`z mahsulotlarini reklama qilishga unchalik
qiziqmayotganligiga to`qnash keldik. Masalan, AQSh 2003 yilga qadar
o`z mahsulotlarini reklama qilishni to`xtatgan. Angliya, Germaniya va
Frantsiyada reklama uchun qilinayotgan xarajatlar avvalgi yillarga
nisbatan ancha qisqargan. Bu ham e`tiborga molik holatdir. "Mal’boro"
sigaretining reklamasini ko`rgach, chekuvchilar ongida qo`lida
tatuirovkasi bo`lgan jiddiy va haqiqiy erkak gavdalanadi. Mentolli
"KUL" sigaretlari esa did bilan kiyingan bashang ayol orqali "KUL" -
ayollar uchun sigaretlar ekanligini namoyish qiladi.
AQShda 50-yillarning o`rtalarida o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida
aynan uch xil turdagi sigaretni doimo chekuvchi 300 ta kashandalar
tanlab olingan. eng mashhur uch xil sigaretlarning nomini uchirib,
chekib ko`rib ularni ajratib berish uchun doimiy chekuvchilarga berilgan.
Olingan natijaga ko`ra, faqat 2% chekuvchilargina sigaret qaysi firmaga
tegishli ekanligini ajratib bera oladilar.
3
2
Голубков Е.П. Основы маркетинга; М.: Финпресс ,2003.-С. 461-462.
3
Панкратов. Рекламная деятельность: Учебние/ Ф. Г.Панкратов . - М.: Маркетинг, 1998. -145-с.
Tovarlarni reklama qilish uchun o`rtacha sarflanadigan harajatlar.
4
№
Tovarlarning turlari
Xarajatlarning
realizatsiya
hajmiga nisbati
Keng iste`mol tovarlari
1 Sut mahsulotlari
1,9
2 Gusht mahsulotlari
0,6
3 Shakar
0,3
4 Non mahsulotlari
2,8
5 Qandolat mahsulotlari
3,5
6 Un qilingan don mahsulotlari
4,8
7 Pivo
6,9
8 Salqin ichimliklar
7,6
9 Vino
4,4
10 Spirtli ichimliklar
2,4
11 Tamaki mahsulotlari
5,0
12 Medikamentlar
10,3
13 Kir yuvish vositalari
8,0
14 Attorlik mollari
14,7
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
15 Soatlar
5,7
16 Maishiy xizmat tovarlari
3,3
17 Kitoblar
2,8
18 Avtomobillar
1,7
19 Mebel’
1,5
20 Poyafzal
1,3
21 Ayollar kiyimlari
1,3
22 Mototsikllar va velosipedlar
1,1
23 Bosh kiyimlari
1,1
24 Erkaklar kiyimlari
0,9
Bezak buyumlari
25 Gilamlar
2,1
26 Shetin
0,9
27 Zargarlik buyumlari
2,2
Qolganlari esa shu paytgacha, faqat sigaretning nufuziga uchib
chekib kelganligi ma`lum bo`lgan. Bu tajriba emotsional jihatdan
reklama axborotining insonlar ongiga kuchli ta`sir qilishini ko`rsatadi.
Shunday ekan, tovarlar reklamasi o`z nufuzini yaratib, uni saqlab
4
Голубков Е.П. Основы маркетинга. -М.: изд. «Финпресс», 2003. 461-462 с.
qoladigan qilib, puxta ishlanishi kerakligi ma`lum bo`ladi. AQSh da
"imidj" yaratish nafaqat reklama bilan bog’liq faoliyat yurituvchi
tadbirkorlar, balki butun Amerika tashviqotchilarining eng asosiy
vazifalariga aylanib qolgan. AQSh biznesi "imidj" (nufuz)ga butunlay
bog’lanib qolgan. Dunyodagi yirik avtomobil’ bozori bo`lgan AQShda
avtomobilning texnik holati, uning saloni, rangi xaridorlarni "imidj"dan
kam qiziqtiradi. Iste`molchilarning faqat 3%igina avtomobil’ kapoti
ostini ko`zdan kechiradilar. Ko`pgina dollarda tovar jiddiy
o`zgarmaguncha imidj yashayveradi. "Imidj" tovarning talabi va narxiga
ham katta ta`sir ko`rsatadi. Biz respublikamizda o`tkazgan,
tadqiqotlarimizda ayollar nima uchun sovunga yuz uchun mo`ljallangan
kremga nisbatan bir necha barobar kam haq to`lashlarini aniqlashga
xarakat qildik. Sovun o`z nufuziga ko`ra, faqat tozalikni taklif qilsa,
krem "nufuz"i yosh ayolning yoshligini saqlab, uni yanada jozibali
qilishini ta`kidlaydi. Hozirgi kunda «Dove» sovunining aynan sovun
emas deb reklama qilinishiga ham yuqoridagi fikrimiz isbotidir.
Kosmetika mahsulotlari sotuvchilar lab bo`yog’i, kremlar, tirnoqlar
uchun buyoqlar, soch buyoq yoki kipriklar uchun buyoqlarni emas, balki
ayollarni hammasiga kerakli "umid" ni sotadilar. Taniqli aktyorlar yoki
boshqa mashxur kishilarning "o`z shaxsiy tajribalari" bo`yicha beradigan
maslahatlari ham tovarlarga qo`shimcha psixologik qiziqish uyg’otadi
deb hisoblanadi.
Amerikaning «Baskin Robins" kompaniyasi Rossiya bozoriga
"Amerika- da eng mashhur muzqaymoq" shiori bilan kirib kelgan. Lekin
biroz fursat utgach, bu kompaniya umuman boshqa qadoqda, boshtsa
shior bilan muzqaymoqni bir necha xil navlarini ishlab chiqara boshladi.
O`tkazilgan marketing tadqiqotlari natijalari, Rossiya iste`molchilari
Amerika iste`molchilaridan farqli o`laroq, kaloriyali, qaymoqli, o`ta
shirin va quyuq muzqaymoqni afzal ko`rishlari ma`lum bo`lgan. "Baskin
Robins" mevali muzqaymoqlarning bir necha navlarini hamda ularning
afzalliklarini ham ko`rsata boshlagan. Britaniyaning "Yunayted
Distellerz" kompaniyasi Shotlandiyaning viski va jinlarini taklif qilib,
kompaniya o`z iste`molchilarining ichish odatlarini keskin o`zgartirishni
emas, balki ichishda turli-tumanlikni taklif qilgan.
Hozirda har kuni Rossiyada 200 million yashiq aroq va 100-120
ming yashiq shotland viskisi sotilmoqda, ammo 2000 yilda alkogolli
ichimliklarning TV dagi reklamasi ta`qiqlangandan so`ng, har xil ish
yuzasidan to`planadigan yig’inlarda vakillar shotland viskisi qanday
tayyorlanishini gapirib bera boshlaganlar. "Baskin Robbins" va "Koka
kola" kompaniyalarining reklamalari, ularning mahsulotlarini iste`mol
qilgandan so`ng, odamning quvvatini oshishini ta`kidlab o`tiladi va bu
katta samara bermoqda va hozirda "Pepsi" ichimligining o`rnini "Koka
kola" egallab olgan. Bundan kelib chiqib, reklama xalq xo`jaligining
savdo-sotiq sohasida muhim o`ringa ega deya olamiz. Biz chet
davlatlarda reklama xarajatlarining keskin o`sib borayotganiga guvoh
bo`lyapmiz. Masalan, AQShda XX asrning 70 - yillarida reklama
xarajatlari 20 mlrd. dollarni, 80 - yillarda 50 mlrd. dollarni, 90 - yillarda
70 mlrd. dollarni va 2002 yilda 100 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shuning
uchun, ayrim davlatlarda, masalan, Yaponiyada reklama xarajatlarining
eng yuqori nuqtasi belgilangan. U mahsulot narxining 1,1 dan 1,2%
gachasini tashkil qilishi mumkin
5
. Biz ham respublikamizda mahsulotlar
umumiy xarajatlarida tovarlar reklamasi 0,5-1% salmoqqa teng bo`lishini
istardik. Mavjud adabiyotlarda, ayrim mutaxassislar reklama
xarajatlarining ko`p qismini ortiqcha deb hisoblashadi. Ular reklamaning
maqsadsizligini keng miqyosli raqobat kurashida va uning keragidan
ortiqchaligida deb biladilar hamda reklama uchun xarajatlar soliqqa
tortilgan foydadan ajratib hisoblanadi. Kuzatuvlarga ko`ra, tadbirkorlar
reklama uchun mo`ljallangan puldan soliq to`lamaydilar, shuning uchun
ularga reklama arzonroq tushadi. Bu holda, xarajatlarning bir qismini
iste`molchilar to`laydilar.
Ba`zi bir adabiyotlarda, mualliflar reklamani davlat institutlari
bo`lgan maktab, machit, cherkovlar bilan tenglashtiradilar. Biz bu fikrni
noto`g’ri deb hisoblaymiz. AQShda reklama uchun har qanday davlatdagi
ommaviy axborot vositalariga sarflanadigan qog’ozlardan ko`proq
qog’oz sarflanadi. Ommaviy axborot vositalari, radio va televidenieda
reklama ayrim hollarda juda ko`payib ketganligi sababli, AQShda bu
sohada bir qancha cheklashlar qilingan, masalan, Amerika yo`llarida 800
000 reklama alvonlari olib tashlangan, qonuniy bo`lmagan reklamaga
qarshi kurash o`tkazilmokda. Reklamani tekshirish organlari tuzilib,
reklama kodekslari qabul qilingan, ayrim tovarlarning reklamasi man
etilgan. Qaroqchilik yuli bilan chet el radiostantsiyalaridan va boshqa
joylardan reklama g’oyalarini ug’irlash, rivojlangan davlatlar bilan
reklama sohasida xalqaro tashkilotlar tuzish reklama tanqidi, bularning
barchasi zamonaviy reklamaning rivojlanishiga zamin yaratadi. Reklama
o`ziga hos sifatlarga ham ega: uni tayyorlashda ilmiy usullar iqtisodiy-
ijtimoiy, statistik, psixologik usullardan foydalaniladi. Ko`pchilik
mualliflar: "Reklama uchun katta xarajat qilish bemaqsad emas", - deb
hisoblaydilar. Biz ham ushbu fikrga qo`shilamiz. Hatto 30-yillarda
AQShda reklamaga ajratilgan xarajatlar umumiy savdo summasining
30% ni, Germaniyada 50% dan ko`proq va Chexiya va Slovakiyada esa
80%dan kupni tashkil etardi. Hozirgi davrda AQShda marketing
xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizini tashkil etadi, yalpi
daromad bilan marketing xarajatlari orasida elastiklik koeffitsienta 0,5
ga teng
6
.
Hozirgi davrda biz ko`p davlatlarda reklama xarajatlarining tobora
oshib borayotganing guvohi bo`layapmiz. Lekin nazariyotchilar va
amaliyotchilar qanday qilib reklamaning harakatiga asos yaratish va
5
Bruhn M.Marketing. Grunglaein fu stadium und Praxis. 4, uberang auflage- wiesbjgen. 1999.
237-с.
6
http://www.anderson.ucla/research/marshak/
reklama maqsadliligini ta`minlash kerak?", - degan hal qiluvchi savolga
aniq javob bera olmayaptilar. Yaqin vaqtlarga qadar bu savolga
ko`pchilik e`tibor bermasdi. Bunga sabab albatta, bu savol bilan
shug’ullanmaganligidagina emas, balki ommaviy iqtisodiy muammolar
bilan bog’liq holda reklamaning jamiyatdagi o`rni, funktsiyalari, bu
boradagi uslubiy izlanishlar, g’oyalar yordamida reklama faoliyatini
samaraliligiga erishishdadir. Bizning fikrimizcha, bu masalalar echimi
bo`yicha olingan alohida natijalar yordamida, jamiyatda reklamaning
ahamiyati va samaradorligiga erishib bo`lmaydi. Quyida Evropa,
Shimoliy Amerika va Osiyo mamlakatlarida reklamani tarqatuvchi
vositalarning holati keltirilgan .
Evropa, Shimoliy Amerika va Osiyo mamlakatlarida reklamani
tarqatuvchi vositalarning holati
7
Davlatlar
Xu
ku
mat
nas
hriy
oti
Keng
xalq
oomasiga
bag’ishla
ngan
jurnallar
Max
sus
jurn
allar
Tijor
at
kana
llari
Televi
zor
mavju
d
bo`lga
n uy
xo`jali
gi %
Kabel
televiden
iyasiga
ulangan
uy
xo`jaligi
%
Avstriya
20
29
55
2
97
23
Bel’giya
37
51
154
4
96
87
Daniya
12
19
84
4
95
47
Finlyandiya
12
20
44
6
98
37
Frantsiya
26
68
153
5
94
4
Germaniya
33
99
327
5
96
33
Gretsiya
16
54
30
30
93
-
Irlandiya
8
14
36
2
95
38
Italiya
41
90
315
4
99
-
Niderlandi
20
35
141
4
98
86
Norvegiya
16
8
52
3
98
44
Portugaliya
6
17
33
2
95
-
Ispaniya
22
58
147
13
99
5
Shvetsiya
10
16
83
1
97
46
Shveytsariya
20
37
129
4
94
77
Turkiya
10
10
16
7
-
1
Buyuk Britaniya
75
91
1 .214 3
97
1
Bolgariya
2
5
11
95
0.5 kam.
Chexiya
va
Slovakiya
8
25
44
2
96
2
Vengriya
10
7
15
2
98
2
7
Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005. 43-b.
Pol’sha
7
16
14
-
98
27
Ruminiya
4
18
-
52
-
AKSh
85
112
561
1,426 97
60
Kanada
43
41
160
132
69
74
Avstriya
19
44
217
52
99
-
Xitoy
9
9
51
292
57
-
Gonkong
20
37
50
4
98
-
Xindiston
13
50
38
-
66
-
Indoneziya
11
15
14
5
74
77
Yaponiya
54
82
164
115
100
-
Malayziya
6
11
12
3
89
16.5
Yangi Zelandiya
13
27
72
7
94
-
Singapur
11
20
40
5
100
-
Shimoliy Koreya
5
7
6
4
99
1
Tayvan’
8
9
5
3
99
-
AQShda o`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra, har kuni
amerikaliklar o`rtacha 1600 ta reklama xabarlari bilan tanishadi. Olingan
ma`lumotlarga qaraganda, ana shu xabarlarning kichik bir qismi o`ziga
diqqat-e`tibor jalb qilib, 1600 ta e`londan atiga 76 tasigina (ya`ni 5%
igina) kishining ixtiyorini tortishi ma`lum bo`lgan.
Biroq hozirgi kunda narxlarning yuqorligi salbiy ta`sir ko`rsatib,
reklama beruvchilarning soni kamaygan. Bu sohadagi reklama jarayonini
amalga oshiruvchi reklama beruvchilarning soni kamaygan. Ular kabel
televideniyasi va hattoki, do`konlarda tovarlarni olib yurishda
foydalaniladigan aravachalardagi, taksi, avtomobil’ to`xtash joyidagi
tashqi reklamalarga qiziqishi ortgan. Yuqorida keltirilgan jadval
ma`lumotlariga ko`ra AQShda bir necha yillardan buyon televidenie va
jurnallardagi reklama e`lonlari eng samarali hisoblanib, bu reklama
vositalarining narxlari ham talab yuqori bo`lganligi uchun baland
bo`lganligi ma`lum bo`ldi. Quyidagi jadvalda Evropa, Shimoliy Amerika
va Osiyo davlatlarida reklama xarajatlari mutanosibligi keltirilgan.
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinadiki, barcha davlatlarda ommaviy axborot
vositalari orqali reklama qilish muqobil hisoblanib, ular uchun katta
miqyosda reklama xarajatlari qilinadi. Agar ularning tarkibini ko`radigan
bo`lsak, asosan bosma nashr va televidenie orqali tarqatiladigan reklama
uchun xarajatlar katta salmoqqa ega. Shuningdek, radio va kinofil’mlar
o`rtasidagi reklama e`lonlari hamda tashqi reklama uchun xarajatlar
unchalik katta salmoqqa ega emas. Televidenie orqali reklama qilish ham
turli davlatlarda turlicha. Masalan. televidenie orqali reklama qilish
Gonkong, Portugaliya, Xitoy, Yaponiya davlatlarida yaxshi rivojlangan.
Buning asosiy sababi jadondagi davlatlarda reklama xarajatlari
iste`molchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jadval
ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, Xindiston, Gonkong, Xitoy, Yangi
Zelandiya, Gretsiya, Norvegiya va Portugaliyada ommaviy axborot
vositalari orqali reklama qilish uchun katta miqdorda mablag’
sarflanmoqda.
Evropa, Shimoliy Amerika va Osiyo davlatlarida reklama xarajatlari
mutanosibligi
8
Davlatlar
OAV orqali
reklama qilish
ning umumiy
harajatlar
summasi.
(AQSh mln.
doll.)
Bosm
a
nashr.
( % )
Tele
vi-
deni
e
(%)
Radi
o
( % )
Kino
fil’mla
r(%)
Tashqi
rek
lama/
Transp
ortda gi
reklam
a( % )
Avstriya
1,012
56
26
12
-
6
Bel’giya
1,018
52
32
2
12
13
Daniya
1,081
83
12
2
1
2
Finlyandiya
7,993
45
32
8
1
14
Frantsiya
1,482
79
14
4
0.5 kam 3
Germaniya
11,246
75
15
5
1
4
Gretsiya
526
44
42
7
0.5 kam 7
Irlandiya
311
55
27
11
-
7
Italiya
5,710
43
51
2
-
4
Niderlandiya
2,712
83
12
2
0.5 kam 3
Norvegiya
786
93
3
1
1
2
Portugaliya
415
37
44
8
-
11
Ispaniya
7,652
53
31
10
1
5
Shvetsiya
1,837
93
2
M.e
1
4
Shveytsariya
2,421
78
7
2
1
12
Buyuk Britaniya
14,069
65
29
2
0.5 kam 4
AKSh
80,389
53
35
11
-
Kanada
4,781
54
22
12
-
12
Avstraliya
3,848
48
35
9
2
6
Xitoy
297
54
40
6
0.5 kam -
Gonkong
861
42
50
4
1
3
Xindiston
896
67
20
3
0.5 kam 10
Indoneziya
287
60
9
19
1
11
Yaponiya
34,747
35
32
5
-
13
Malayziya
317
49
41
2
0.5 kam 8
Yangi Zelyandiya
575
49
36
15
-
-
Singapur
313
65
30
2
0.5 kam 3
8
Azlarova A. Tovarlar reklamasini tashkil qilish va samaradorligi (O‘zbekiston korxonalari misolida) mavzusidagi
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi.-Toshkent. 2005.46-b.
Shimoliy Koreya
2.826
48
30
5
-
17
Tayvan’
1.294
55
35
7
0.5 kam 3
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, hozirgi O`zbekiston sharoitida
tovarlar reklamasi uchun unchalik katta miqdorda xarajatlar
sarflanmaydi. Chunki bugungi kunda respublikamizda faoliyat olib
borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy
to`lovlar ham katta salmoqni egallab kelmoqda. Shunday bo`lsada, jahon
davlatlariga nisbatan qaraganda Uzbekistonda mahalliy tovarlar
reklamasini ko`paytirish maqsadida, ular uchun reklama qilish narxlari
xorijiy va qo`shma korxonalar tovarlari reklamasiga nisbatan 3-4 barobar
arzonlashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |