3. 3“Kapitalbank” atb (Namangan fialilini)ni zamonaviy marketing strategiyalar asosida rivojlantirish



Yüklə 113,32 Kb.
səhifə5/7
tarix10.06.2023
ölçüsü113,32 Kb.
#128008
1   2   3   4   5   6   7
3 bob 3 rejasi

Xodimlar boshqaruvi. strategiyasi
Bank jamoasi uning asosiy aktivi va raqobat afzalligi edi va shundayligicha qoladi. Bankning xodimlarga oid siyosati, har bir xodimning salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Rejalashtirilgan jarayonlar va ish tashkil etishdagi o’zgarishlar, bank har bir xodimi oldiga qo’yadigan talablariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi va bo’linmalarning yuqori malakali xodimlarga va xodimlarning mutaxassisligini chuqurlashtirish ehtiyojini ko’payishiga olib keladi.
Asosiy vazifa, mansab ko’tarilishi, ko’nikma rivojlantirish va o’z-o’zini takomillashtirishni o’z ichiga oluvchi inson resurslarini zamonaviy boshqarish tizimini yaratish. Buning uchun bank o’z nufuzi va kasbiy jihatdan o’sishni, xodimlar imkoniyatlarini boshqarish va ularning ish joyini rejaga asosan o’zgartirish va xodim istiqbolini shaffof va samarali rejalashtirish tizimini yaratadi.
Bank o’zi uchun kadrlar tanlash va tayyorlash tizimi bo’yicha quyidagi asosiy yondashuvlarni belgilaydi:
-to’g`ridan-to’g`ri ishga qabul qilishni qo’llash va autsorsing vositalaridan malakali xodimlar jalb etish uchun foydalanish;
-doimiy va umumiy kasbiy maxsus ta'lim berishni ta’minlab beruvchi boshqaruv xodimlarini va asosiy xodimlarni tayyorlash tizimini qurish;
-tez ta’lim olish tamoyillariga asoslangan, ko’p sonli turli malakali mutaxassislarni maksimal darajada qisqa muddatda, joriy tijorat - jarayonlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.
Bankni zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish va kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish zarur. O’quv dasturiga nafaqat texnik, balki xulq atvor ko’nikmalarini (masalan, savdo va xizmat ko’rsatish) rivojlanishini ta’minlovchi kurslar kiradi. Ommaviy ta’lim tizimidan tashqari ta’lim tizimi va turli darajadagi rahbarlarning kasbiy mahoratining o’sishi ham sezilarli darajada rivojlanadi.
Rag`batlantirish tizimi bank oldida turgan masalalarni yechishda muhim vosita hisoblanadi. Uning o’zgarishlari haq to’lash tizimining oshkoraligi va xolisligini oshirish, rag`batlantirish har bir xodimning ish unumdorligiga bog`liqligini oshirish, bankning barcha tizimi bo’ylab moddiy rag`bat tamoyillarini bir xillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
Bankdagi tijorat-jarayonlarni maqbullashtirishning natijasi, ishchi kuchini ozod qilish uchun imkoniyat yaratadigan, boshqaruv tizimining samaradorligining sezilarli o’sishi bo’lishi kerak. Ushbu imkoniyatlar, xodimlar sonini oshirmasdan bank operatsiyalarini katta hajmini ta’minlash, hamda ishning sifatga oid xususiyatlarini yaxshilash, jumladan xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va savdo hajmini ko’paytirish uchun yo’lga qo’yiladi.

Yüklə 113,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin