3. 3“Kapitalbank” atb (Namangan fialilini)ni zamonaviy marketing strategiyalar asosida rivojlantirish



Yüklə 113,32 Kb.
səhifə6/7
tarix10.06.2023
ölçüsü113,32 Kb.
#128008
1   2   3   4   5   6   7
3 bob 3 rejasi

Aktivlar va passivlarni boshqarish siyosati strategiyasi
Aholi omonatlari, uzoq muddatli kreditlash amaliyotlarini rivojlantirish uchun baza shakllantiradigan, bankning asosiy zahira bazasini manbai bo’lib qoladi.Jalb qilingan mablag`lar jalb qilingan manbalar bo’yicha muvofiqlashtiriladi.
Korporativ blokning aholining hissasini jalb qilishdan qaramliligini kamaytirish maqsadida bank o’z oldiga, asta-sekin yuridik shaxslarning mablag`lari ulushini ko’paytirib borish vazifasini qo’ygan. Bank, balansning passiv qismida xususiy va yuridik shaxslarning mablag`lari ulushining teng nisbatiga intiladi.
Kredit amaliyotlari bankning foizli daromadlarining asosiy manbai bo’lib qoladi. Bank, kredit portfelining tez o’sishi singari, kredit tavakkalchiligining darajasi oshib ketishi ham mumkinligi bilan bog’liq ssudalar bo’yicha yo’qotishlarga zahira shakllantirishga xarajatlarni oshirishni ehtimolga olinadi.
Ichki ehtiyojlar uchun o’z manbalarini bank joriy moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib va har bir yil hisobotida faoliyat samaradorligining nazorat ko’rsatkichlari bajarilgan taqdirdagina sarf qilishni amalga oshiradi. Bank operatsiyalar xarajatlarining solishtirma og`irligini va hajmini, sof operatsiyalarga oid daromadga nisbatan ko’rsatkichning pasayishiga xarajatlarni ta'minlash maqsadida hajmini va ulushini nazorat qilinadi.
Tavakkalchilikning boshqaruv tizimi va ichki nazorat strategiyasi
Tavakkalchilikni boshqarish strategiyasi, bank tijoratining barqarorligini saqlab qolish, uning aktivlarini himoya qilish, barcha tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash va ehtimoldagi yo’qotishlar darajasini kamaytirishga qaratilgan. Bankning adekvat tijorat-vazifalari, tavakkalchilikning quyidagi faoliyati davomida qabul qilinadigan miqyosi va o’lchovlariga mutanosib holda, tavakkalchilik menejmenti tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bankning doimiy kuzatuv doirasi ostida bo’lishi kerak.
Bank tavakkalchiligini boshqarishda bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tavsiyalari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me'yoriy talablariga asoslanadi. Bank o’z faoliyatida tavakkal qilish, jarayonlarni tahlil qilishga asoslangan-yo’naltirilgan yondashuvni qo’llashni davom ettiradi. Asosiy e’tibor, xavfni o’z vaqtida aniqlash, ularning tenglashishi, ta’sir doirasi va amalga oshirish ehtimolligiga qaratiladi.
Bank tavakallchiligini boshqarish tizimini takomillashtirishni davom etadi, bunda asosiy e’tibor operatsiyalar va kredit tavakkalchiligini boshqarishni rivojlantirishga qaratiladi. Tavakkalchilikni boshqarish tizimini takomillashtirish, tijoratni rivojlantirish sohasida strategiyani amalga oshirish uchun muhim vazifa hisoblanadi.
Kutilgan zararni son jihatdan baholanishida, mijoz uchun kredit manbalarining narxini o’z ichiga oluvchi,“tavakkalning narxi” past bo’lishi lozim. Kredit tavakkalchiligining asosiy masalasi ehtimoldagi muammoli qarzdorlikni imkon qadar erta aniqlash va uni qayta tuzish va undirishning eng samarali bosqichlarida o’z ishining ustasi sifatida ish olib boorish kerak.
Tavakkalchilikka oid operatsiyalar sohasidagi asosiy vazifa uzilishlar bilan bir vaqtning o’zida nazoratning ortiqcha tarkibiy qismlarini bartaraf etish hisoblanadi. Bu ishning asosida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan operatsiyalarga oid tavakkalchilikni inventrlash yotadi, ularning iqtisodiy oqibatlarini baholash, oldini olish va nazorat tizimining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish, shuningdek barcha “chiqizli” bo’linmalarining operatsiyalarga oid tavakkalchiligini boshqarish uchun ma’suliyatini oshirish yotadi.

Yüklə 113,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin