3. 3“Kapitalbank” atb (Namangan fialilini)ni zamonaviy marketing strategiyalar asosida rivojlantirish



Yüklə 113,32 Kb.
səhifə3/7
tarix10.06.2023
ölçüsü113,32 Kb.
#128008
1   2   3   4   5   6   7
3 bob 3 rejasi

Xalqaro hamkorlik. strategiyasi
Xalqaro hamkorlik taraqqiyot banki xorijiy moliya institutlarining kredit yo’nalishlari orqali tashkil etish va bank mijozlari moliyalashtirish resurs bazasini mustahkamlash, biznes o’sish manbalarini diversifikatsiya qilish zarurati bilan bog`liqdir.
Xalqaro bozorlarga chiqish mijozlarning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va chet elda bank brendini targ`ib qilish, shuningdek, yangi ko’nikmalar va texnologiyalarga kirish uchun bank oldida imkoniyat ochiladi, xalqaro hamkorlikda faol ishtirokchi sifatida bank nufuzini mustahkamlaydi.
O’rta muddatli istiqbolda xalqaro hamkorlikni kengaytirishning asosiy yo’nalishlari MDH davlatlari (Rossiya), Yevropa (Italiya, Fransiya), Janubi-Sharqiy Osiyo (Xitoy) va Amerika Qo’shma Shtatlari bo’ladi. Bank korporativ mijozlarning ushbu mamlakatlarda kompaniya va korxonalar bilan tadbirkorlik munosabatlarini rivojlantirishga o’sib borayotgan qiziqishi, bankning berilgan bozorlariga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bank ushbu mamlakatlarning moliyaviy institutlari bilan hamkorlik o’rnatish uchun, hamkorlar topish va shu’ba tizimi yaratish maqsadida faol ish olib borilishi lozim.
Axborot texnologiyalari. strategiyasi
Avtomatlashtirishning sifat jihatdan yangi bosqichi, telekommunikatsiya infratuzilmasi va texnika vositalari majmuasini takomillashtirish - bank oldida turgan masalalarni hal etish uchun zarur omil, axborot texnologiyalarining rivojlanishi sanaladi.
Bank axborot texnologiyalari maqomini o’zgartirish va ularni bankning noyob raqobat afzalligini shakllantirish barqaror manbaiga aylantirishni rejalashtiriladi.
Bank dasturiy ta'minotini hamda saqlash tizimlari va ma'lumotlarni qayta ishlash, bir xil shaklga keltirish tamoyillari va shuningdek, barcha tizimlar va ilovalar ishonchliligi, barqarorlik va xavfsizlik tamoyillariga asoslangan axborot texnologiyalarini modernizatsiyalashni amalga oshiriladi.
Bank barcha tizimlari va dasturlari ishonchli, chidamli va uzluksiz ishlashini ta'minlash sharti bilan yagona axborot makonini yaratish uchun axborotni saqlash tizimini bosqichma-bosqich birlashtirishga intilishi lozim.

Yüklə 113,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin