Korporativ tijorat.strategiyasi Bank yuridik shaxslar bilan ish bozorida o’zining raqobat o’rnini sezilarli mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bankning bozordagi nazarda tutilgan o’rnini mustahkamlashi asosida mijoz bazasini qamrovini kengaytirish kabi, mavjud mijozlar bilan mijoz munosabatlari jadalligini oshirish ham yotadi.
Korporativ tijoratda bank, birinchi navbatda, kichik biznes korxonalariga xizmat ko’rsatishga asoslanadi. Bankning faol operatsiyalarini asosiy qismini o’z ichiga oluvchi, kichik biznesni kreditlash, korporativ segmentda strategik yo’nalish hisoblanadi. Bunda bank kreditlashning son ko’rsatkichlarini o’sishi kabi, mavjud xizmatlarni takomillashtirish va mijozlar ehtiyojlarining o’zgarishiga javoban, yangi yechimlar ishlab chiqishdan ham manfaatdor bo`ladi.
Korporativ biznes strategiyasida bank quyidagi asosiy sohalarga alohida e'tibor beradi:
1.Korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etishning eng yaxshi tizimini yaratish. Mijoz ehtiyojlariga imkon qadar e’tibor berish hisobiga, bank kompleks xizmat ko’rsatishni va taqdim etilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlaydi, mijoz bilan operatsiyalarni rejalashtirish sifatini oshirish va ularning iqtisodiy natijaviyligi hisobiga, mijoz bilan ishlash samaradorligini oshiradi.
2.Bank xizmatlari qatorini rivojlantirish mijozlarga barcha bank xizmatlarini sotish imkonini berishga qaratiladi. Mavjud xizmatlar, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida o’zgartiriladi, muayyan kredit tavakkalchiligini hisobga olgan holda, kredit mahsulotlari bo’yicha narxlarni shakllanishini tadbiq etish lozim.
Yangi mahsulotlar, ularning bozor salohiyati va bank texnologik imkoniyatlari asosida ishga tushiriladi.
3.Bank xizmat ko’rsatish jarayonlarini maqbullashtirish, ularni soddalashtirish, standartlashtirish va avtomatlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Bu, kredit mahsulotlarini bir qator tahliliy baholash tizimini rasmiylashtirishda, ish ketishini osonlashtirish, kredit bo’yicha qaror qabul qilish samaradorligini oshirish, kredit tavakkalchiligi tahlil sifatini yaxshilashga imkon beradi.