3. akademik litseylarda geometriya mashg’ulotini kuzatish va tahlil qilish



Yüklə 112,5 Kb.
səhifə1/2
tarix26.09.2023
ölçüsü112,5 Kb.
#148932
  1   2
3-laboratoriya


3. AKADEMIK LITSEYLARDA GEOMETRIYA MASHG’ULOTINI KUZATISH VA TAHLIL QILISH.

Mashg‘ulotnibg qisqacha maqsadi: Uzluksiz tа’lim tizimi mаtеmаtikа o‘qituvchisigа qo‘yilgаn tаlаblаr Umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаri, аkаdеmik litsеy vа kаsb – hunаr kоllеjlаridа mаtеmаtikа tа’limini tаkоmillаshtirish muаm-mоlаri, ulardagi innоvаtsiyalаr hamda mаtеmаtikа tа’limining innоvаtsiоn axborot muhiti bilan tanishtirish.



1. O’qitishdagi ilmiy izlanish metodlari haqida ma’lumotga ega bo’lish.
2. AKT laridan foydalangan holda o’quvchilarda mavzu yuzasidan ko’nikmalar xosil qilish.


Asosiy mazmuni

Matematik ob’ektdagi narsalarning xossalari va ularning o‘zaro munosabatlarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi.


IV-V sinf o’quvchilariga bir necha figuralarni ko’rsatib, bu figuralar ichidan o‘q simmetriyasiga ega bo’lgan geometric figuralarni ajrating deb buyursak, o‘quvchilar barcha figuralarni ko‘rib chiqib quyidagi hulosaga kelishlari mumkin. Figuralar simmetrik bo’lishi uchun ularni biror o’q bo’yicha buklaganda ustma-ust tushsa bunday figuralar simmetrik bo’lar ekan. O‘quvchilarni shahar bo’yicha ekskursiyaga olib chiqib shaharda ham simmetrik binolar bo’lishini ko’rishi mumkinligini ko’rsatamiz.
Tajriba deganda biz xodisa va ob’ektni o’rganish metodini tushunamizki uning jarayonida biz tabiiy sharoitga aralashib, sun’iy sharoitni vujudga keltiramiz. Har qanday tajriba, kuzatish bilan bog’liqdir. O’rganilayotgan metodlar fizika, ximiya kabi fanlarda markaziy o’rin tutadi. Matematikada kuzatish va tajriba matematik izlanishlarda ilg’or metodlardan xisoblanmasada, matematik ob’ektlarni xossalarini o’rganishda katta xissaga ega.
Geometriya fanini o’qitishda albatta figuralar chizmalariga duch kelamiz. Geometrik figuralar mukammal chizishda bizga Geogebra dasturi qo’l keladi. Figuralar chizmasini chizishda https://www.geogebra.org/classic#geometry web sahifasi orqali foydalanishimiz mumkin.
1. https://www.geogebra.org/classic#geometry sahifasiga kiramiz va quyidagi ko’rinishdagi sahifaga ega bo’lamiz:



9-rasm.

2. Kerakli shakllarni yasash uchun geometriya bo’limiga o’tamiz va o’zimizga kerakli figuralarni yasaymiz.



10-rasm.
Laboratoriya topshiriqlarini bajarish yo’riqnomasi:

1. Har bir talaba o’ziga berilgan mavzuni to’liq o’rganib chiqish.
2. Laboratoriya topshiriqlarini bajarishda 45 daqiqaga mo’ljallangan dars ishlanmasini tayyorlash.
3. Mavzu yuzasidan ko’rgazmali materiyallar tayorlash (Geogebra dasturida o’ziga berilgan topshiriq bo’yicha).



Yüklə 112,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin