3-Amaliy ish Yo’ldasheva E’zoza



Yüklə 22,06 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü22,06 Kb.
#46586
3 Amaliy mah


3-Amaliy ish

Yo’ldasheva E’zoza

8 MAVZU: Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish. Wordda grafik ob’ektlarni hosil qilish va tahrirlash

1. Koordinatalar chizg’ichi ishlatish.

-Gorizontal koordinatalar chizg’ichi hujjat darchasi ustida joylashgan bo’ladi. Uning yordamida abzas chegaralari, jadval ustunlari kengliklari va tabulatsiya kattaliklarini o’rnatish mumkin. Koordinatalar chizg’ichi Dastlabki ko’rish yoki varaq o’lchamlarini ko’rish holati o’rnatilganda varaqning chap chegarasi yonida vertikal koordinatalar chizg’ichi avtomatik ravishda ko’rinadi. Bu chizg’ich varaqning yuqori va pastki chegaralarini va jadvaldagi satr balandliklarini o’rnatish uchun ishlatiladi

2. “Абзац” chegaralarini belgilash.

-Buning uchun sichqonchadan ham klaviaturadan ham foydalanish mumkin. Abzas chegaralarini bildiruvchi markerlar gorizontal chizg’ichda uchburchak shaklida joylashgan bo’ladi. Chizg’ichning chap tarafidagi yuqorida joylashgan marker abzasning birinchi satri qayerdan boshlanishi kerakligini bildiradi. Chizg’ichning past tarafiga joylashtirilgan o’ng va chap markerlar esa mos ravishda matnni qog’ozdagi chegaralarini belgilaydi. Ularning holatlarini sichqoncha yordamida ushlab olib surish bilan o’zgartirish mumkin.

3. Gorizontal koordinatalar chizg’ichining funksiya va piktogrammalari bilan ishlash.

-Varaqning yozuv boshlanadigan chap chegarasidan boshlab tabulatorlar odatda har 0,5 duymga joylashtirilgan bo’ladi. [Tab] klavishasi bosilsa, hujjat matniga chop etilmaydigan tabulyatsiya belgisi qo’yiladi va ko’rsatkich navbatdagi tabulyatsiya xonasiga ko’chib o’tadi. Tabulyatorlar holatini o’zgartirish, shu chizg’ich bosh qismida joylashgan klavisha orqali amalga oshirilishi mumkin.

4.Ekranni bo’luvchi bilan ishlash.

-Ekranni bo’luvchi piktogramma, vertikal aylantirish chizig’i yuqori qismidagi uchburchak belgili piktogrammaning ustida, to’rtburchak shaklida berilgan bo’ladi. Ekranni bo’luvchi Darchani ikkita barobar panelga ajratish uchun sichqoncha bilan shu piktogrammaga ikki marta bosiladi. Har xil o’lchamdagi darchalar hosil qilish uchun esa shu piktogrammani sichqoncha yordamida kerakli yerga sudrab o’tkazish kerak. Asl holiga keltirish uchun esa shu ishlar aksinchasiga bajariladi xolos.

5. Ajratishlar ustuni bilan ishlash.

-Ajratishlar ustuni deb, hujjat darchasining chap chegarasidan boshlab to Абзацning chap chegarasiga qadar bo’lgan maydonchaga aytiladi. Ajratishlar ustuni Ajratishlar ustuni satr, Абзац yoki butun hujjatni ajratish uchun ishlatiladi. Jadval1. Ajratishlar ustuni funksiyalari Ajratiladigan obyekt bajarish usuli Bir satr sichqoncha bilan belgilash Bir nechta satr sichqoncha klavishasi bosilgan holda yuqoriga yoki pastga harakatlantirish Bir Абзац sichqoncha bilan bajarish Bir nechta Абзац sichqoncha bilan bajarish amalga oshirilgach sichqoncha klavishasi bosilgan holda yuqoriga yoki pastga harakatlantirish Butun hujjat Ctrl klavishasi bosilgan holda sichqoncha bilan belgilash

6. Ish sohasi bilan ishlash.

-Ish sohasi Word darchasining katta qismini egallaydi. Bu sohada matnlarni kiritish va formatlash, bezaklarni (illyustratsiya) joylashtirish va jadvallar tashkil qilish mumkin. Ish sohasi Ish sohasida hujjat tasviri ko’rinadi, bularga misol uchun: matn, grafika, jadvallar, ro’yxatlar, annotatsiyalar va raqamlar, shuningdek chop etishga tayyor hujjatlarni keltirish mumkin. Ish sohasi ichida ko’rsatkich sichqoncha yoki klavishalar orqali harakatlantirilishi mumkin.

7. Kiritish ko’rsatkichini sichqoncha orqali harakatlantirish.

-Buning uchun kerakli yerga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib chap klavishasi bosiladi. Hujjatni varaqlash kerak bo’lsa, aylantirish chizig’idan foydalaniladi.

8. Kiritish ko’rsatkichini klaviatura orqali harakatlantirish.

-Kiritish ko’rsatkichini harakatlantirish uchun quyidagi klavishalar kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin.

9. Holatlar satri bilan ishlash.

-Bu satr Word darchasining ostki qismiga joylashgan. Matnni kiritish davomida bu satrda ko’rsatkich holati, tavsiyanoma va buyruqlar haqidagi ma’lumotlar berib boriladi. Qisqartmalar Ma’nosi Str 2 Kiritish ko’rsatkichi joylashgan varaq tartibi Razd 1 Kiritish ko’rsatkichi joylashgan bo’lim tartibi 2G’18 Kiritish ko’rsatkichi joylashgan varaq tartibi va hujjatdagi varaqlar soni Na 24-8sm Varaq yuqori chegarasidan kiritish ko’rsatkichigacha bo’lgan masofa St 3 Kiritish ko’rsatkichi joylashgan satr Kol 5 Kiritish ko’rsatkichi va chap chegara orasidagi belgilar soni Ushbu satrning o’ng tomonida klaviatura holati yoki WinWord 7.0 dasturining ish holati haqidagi ma’lumotlar ham joylashgan bo’ladi. qisqartmalar Ma’nosi ZAP Makrobuyruqni yozish bajarilayapti ISPR Muharrir yordamida tahrirlash holati VDL (F8 klavishasi yordamida) belgilashni kengaytirish ZAM (Ins) almashtirish holati Orfografiyani tekshirish Word 7.0 da matnni kiritish davomida orfografiyani tekshirish funksiyasi kiritilgan bo’lib, u xato so’zlar ostiga to’lqinsimon qizil rangdagi chiziq tortib qo’yadi. Holatlar satridagi kitob tasviriga sichqoncha yordamida ikki bor shiqillatsak, dinamik tavsiyanoma ochilib, u yerda xato terilgan jumlani mumkin bo’lgan almashtirish ko’rinishini tanlashimiz yoki shu jumlani lug’atga kiritib qo’yishimiz mumkin bo’ladi. Dinamik tavsiyanomani ochish uchun ostiga chizilgan jumla ustiga sichqonchani keltirib o’ng klavishasi bosilsa ham bo’ladi. Holatlar satrida foydalanuvchi uchun ma’lumot ham keltiriladi. Agar foydalanuvchi tavsiyanoma satridan element tanlasa, u holda holatlar satrida shu tavsiyanoma yoki buyruq haqida qisqacha ma’lumotnoma beriladi. Holatlar satri amallarning qisqacha ta’rifini ham berishi mumkin. Masalan, hujjatning saqlanish vaqtida ushbu buyruqni bajarilishi, hujjatning nomi va hajmi haqidagi ma’lumot paydo bo’ladi.



10. Word 7.0 ishini tugatish.

-Buning bir necha usuli mavjud: -Tavsiyanomaning «файл» bo’limidagi «выход» ni tanlash; -AltQF4 ni bosish; -Tizim klavishasiga ikki marta sichqoncha bilan shiqillatish. Agar bir yoki bir nechta hujjatga o’zgartirish kiritilgan bo’lsa, u holda dastur yopilishi oldidan shu ma’lumotlarni saqlab qo’yishni tasdiqlovchi so’rov darchasi paydo bo’ladi. Unga «Da», «Нет» yoki «Отмена» javoblaridan biri tanlanishi talab etiladi. Fayl tavsiyanomasi WORD ning fayl tavsiyanomasi hujjatlar bilan ishlovchi quyidagi buyruqlarni o’z ichiga oladi: Создать buyrug’i - yangi hujjatlar yoki shablonlarni yaratish uchun xizmat qiladi. Yangi hujjatlar hosil qilish standart shakldagi Обычный shablonlarga asoslangan bo’ladi va bular «Shablonlar» darchasidagi Normal.dot faylida saqlanadi. Boshqa shablonni tanlash esa Создание darchasida amalga oshiriladi. Bu amaliyot fayl tavsiyanomasida Создат buyrug’i yordamida olib boriladi. Standart muloqot darchalari yangi hujjat tuzishda bir qancha shablon turlarini, funksional belgilar qo’yilmasini, ya’ni umumiylikni, xatlar, fakslar, hisobotlar, publikatsiyalarni, boshqa hujjatlarni va WEB-sahifalarini o’zida mujassam etadi. Публикация- shablonlarni, broshuralarni, bulletenlarni, dissertatsiyalarni boshqarish tizimlarini hamda qo’llanma va matnlarni o’z ichiga oladi. Письма и факсы- tarkibiga shaxsiy va milliy xatlar, bulardan tashqari, fakslar ham kiradi. Отчеты- hisobotlarni tuzish uchun ishlatiladigan shablonlar saqlanadi. Другие - uchrashuvlar jadvali, majlislar ro’yxati va hokazolar joylashgan. Открыть buyrug’i - tayyor hujjatlarni ochish uchun ishlatiladi va u bajarilganda quyidagi muloqot darchasi hosil bo’ladi.
Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin