3-amaliy mashg‘ulot (2 soat) statistikada jamlash va guruhlash


Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari



Yüklə 63,7 Kb.
səhifə2/4
tarix27.09.2023
ölçüsü63,7 Kb.
#149664
1   2   3   4
3-mavzu

3.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari


Boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to’plam birliklarini eng muhim belgilari bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi.


Guruhlash metodi statistikada ko’p yillardan (XVIII asr) beri qo’llanib kelinmoqda. Bu metodni qo’llashdan maqsad, to’plam birliklarini qanday bir bo’laklarga bo’lish emas, balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish, undagi mavjud tendentsiya va qonuniyatni baholash, miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlarga, sifat o’zgarishlardan miqdor o’zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir.
Guruhlash metodi oldida o’rganilayotgan to’plam birliklarini tiplarga ajratish, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni va to’plam tuzilishini o’rganish vazifalari ham turadi. Bu vazifalar guruhlashning uch (tipologik, analitik, tuzilmaviy) turidan foydalanish orqali hal qilinadi.
Aholini jinsi bo’yicha guruhlarga ajratish, sinflarga bo’lish, mulkni davlat va shaxsiy mulkka bo’lish va boshqalar tipologik guruhlashga misol bo’la oladi. Bu misollardan ko’rinib turibdiki, o’rganilayotgan to’plamning turli xildagi birliklari tipologik guruhlash yordamida sifat jihatdan bir xil guruhlarga, ya’ni tiplarga ajratiladi.
Analitik guruhlashdan maqsad hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishdir. Masalan, chakana savdo do’konlarida muomala xarajatlari hajmi rentabellik darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun do’konlarni muomala xarajati hajmi bo’yicha guruhlarga ajratib har bir guruh uchun rentabellik darajasini hisoblaymiz. Agarda muomala xarajatlari oshib borishi bilan rentabellik darajasi oshib borsa, ular o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud, aksincha bo’lsa, teskari bog’lanish mavjud bo’ladi.
Amaliyotda shunday qiyin va murakkab hodisalar uchraydiki, ularni chuqur o’rganish uchun ikki va undan ortiq belgilar bo’yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Statistikada bunday guruhlash kombinatsion guruhlash metodi deb yuritiladi.
Guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisini aniqlab olish muhimdir.
Iqtisodiy fanlardagi nazariy holatlar va aniq tekshirishning vazifalariga tayangan holda, guruhlashni amalga oshirishda mavjud belgilardan eng hal qiluvchisi tanlanadi. Hal qiluvchi belgi bo’lib, o’rganilayotgan ob’ektni har tomonlama va aniq xarakterlovchi, uning o’ziga xos holat va xususiyatlarini tanlashda yordam beruvchi belgilarga aytiladi. Masalan, savdo korxonalari turli belgilar, savdo zalining maydoni, xodimlar soni va hokazolar bilan tasniflanishi mumkin. Lekin savdo korxonalari faoliyati (ish hajmi)ni baholashda tovar oboroti hajmi hal qiluvchi belgi hisoblanadi, chunki savdoning asosiy maqsadi tovar sotishdan iboratdir.

Yüklə 63,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin