3.3. Guruhlashi turlari
Shunday qilib, guruhlash belgisini tanlashda, statistika quyidagi shartlarga e’tibor berishni taklif etadi: guruhlar negiziga doimo hodisani to’la-to’kis tavsiflab beruvchi muhim belgilarni asos qilib olish zarur; guruhlash belgisini tanlashda uning aniq vaqt va joy sharoitini, o’sha davrning mohiyatini ifodalovchi, zamonaviy masalalarni yorita oladigan belgilarga e’tibor berish zarur; hodisalarni guruhlashda belgilar soni etarli bo’lgani ma’qul.
Guruhlash belgisi ifodalanishiga qarab atributiv va miqdoriy belgilarga, ta’siriga qarab omil va natijaviy belgilarga, ko’zlangan maqsad va vazifalarga qarab muhim va muhim bo’lmagan belgilarga bo’linadi.
Guruhlash belgisi to’g’ri tanlangandan so’ng, eng muhim masalalardan biri, to’plam birliklarini guruhlarga ajratishdir. Bu erda guruhlar soni va oralig’i (intervali)ni aniqlash muammosi paydo bo’ladi. Bu muammo miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlashga tegishlidir, chunki tipologik guruhlashda, odatda, guruhlar soni tekshirishning vazifasi bilan aniqlanadi. Masalan, aholini jinsi bo’yicha guruhlash vazifasi qo’yilsa, bu erda guruhlar soni aniq-ikkita. Banklarni kapital miqdori bo’yicha guruhlarga ajratishdan maqsad, ulani katta, o’rtacha va kichik ekanligini aniqlash bo’lsa, guruhlar soni bu erda ham aniq -uchta.
Xo’sh guruhlar soni qanday aniqlanadi? Tayyor retsept yo’q. Odatda, hodisaning taqsimlanish xarakterini aniqlash uchun guruhlar soni ko’proq olinadi. Bu erda o’rganilayotgan belgining tebranishi (o’zgarishi) e’tiborga olinadi, ya’ni tebranish qancha katta bo’lsa, odatda, guruhlar soni ko’proq bo’ladi. Yana bir narsa. O’rganilayotgan to’plamdagi birliklar soni ham muhimdir. Agarda, ularni soni juda ko’p bo’lmasa, guruhlar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiq emas, chunki guruhlarda to’plam birliklari soni kam bo’ladi va ularni ifodasi etarli tipik bo’lmasligi mumkin. Lekin bu qoidani mahkam ushlab olish ham noto’g’ridir. Bizga ma’lumki, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida, yangi, ilg’or, zamonaviy hodisalar kamroq bo’ladi (chunki ular hali ommaviy emas, to’g’risini aytish kerak ularga xalq qo’rqibroq yondashadi). Guruhlash metodining vazifasi bu faktlarni ular qanchalik kam sonli bo’lishiga qaramasdan aniqlash va chuqur o’rganishdir.
Guruhlar soni aniqlangandan keyingi muhim masala, guruhlar oralig’ini (intervali)ni aniqlashdir. Oraliq (interval)deb, guruhdagi eng maksimal va minimal variantlarning farqi tushuniladi.
O’rganilayotgan belgi birliklarining taqsimlanish xarakteriga qarab guruh oralig’i teng va teng bo’lmagan holda hamda ochiq va yopiq, maxsus ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Agar belgining variatsiyasi juda tor chegarada namoyon bo’lib, taqsimlanish bir muncha tekis bo’lsa, oraliqlar teng qilib belgilanadi. Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo’lgan oraliq tushuniladi. U quyidagicha hisoblanadi:
i X max X min
n
ёки
i X max X min
1 3,322 lg N
bu erda: i-oraliq kattaligi; Xmax-belgining eng katta qiymati; Xmin-belgining eng kichik qiymati; N-to’plamdagi birliklar soni; n-guruhlar soni. Agarda guruhlar soni aniq bo’lmasa, ularning optimal sonini Sterdjess formulasi bilan aniqlaymiz:
n=1+3,322 lg•N
Faraz qilaylik, savdo korxonalarining oylik tovar oboroti 50 mln. so’mdan 80 mln. so’mgacha bo’lsa, ularni 6 ga teng intervalli guruhga ajratsak, u holda interval miqdori quyidagicha bo’ladi:
i 80 50 30 5млн.сум
6 6
Guruhlash belgisining eng kichik qiymatiga 5mln. so’mni qo’shsak, birinchi guruhning chegarasi kelib chiqadi: 50+5=55mln. so’m. Demak, birinchi guruhga 50- 55mln. so’mgacha tovar oborotiga ega bo’lgan korxonalar kiradi. Qolgan guruhlar 55-60; 60-65; 65-70; 70-75; 75-80mln. so’m.
Teng bo’lmagan oraliq deganda guruhdan guruhga o’zgarib boruvchi interval tushuniladi. Bunday oraliqlar, odatda, to’plam birliklari juda katta tarqoqlikka ega bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Masalan, do’konlar kichik, o’rta va yirik do’konlardan tashkil topgan bo’lsa, ularni tovar oboroti bo’yicha bir xil intervallarda guruhlarga ajratsak ayrim guruhlarga bitta ham do’kon tushmasligi mumkin.
Guruhlar chegarasini aniqlashda ayrim qoidalarga rioya qilishga to’g’ri keladi. Birinchidan, “gacha” deganda yoki “unda yuqori” so’zlari yozilganda qanday yo’l tutish kerak. Masalan, do’kon xodimlarining mehnat unumdorligi bo’yicha 5 ta guruh tuzilgan: 90ming so’mgacha; 90-120; 120-150; 150-180; 180 dan yuqori. Bunday misollarni bir necha xilini keltirish mumkin. Bu erda tekshiruvchining o’ziga va aniqrog’i uning yozuviga bog’liq. Ikkita tamoyil (qo’shilgan va qo’shilmagan holda) mavjud. Agarda “qo’shilgan holda” tamoyilini qo’llasak 90 ming so’m unumdorlikka ega bo’lgan savdo xodimi birinchi guruhga, “qo’shilmagan holda” tamoyili qo’llansa- ikkinchi guruhga qo’shiladi. Endi yozuvga e’tibor bering, oxirgi guruhda “180 dan yuqori” deb yozilgan. Demak, 180 ming so’mlik unumdorlikka ega bo’lgan xodim oxiridan oldingi guruhga kiradi. Agarda “180 va yuqori” so’zi yozilgan bo’lsa edi, bu xodimni oxirgi guruhga kiritgan bo’lar edik.
Oraliqlarni o’rtachasini aniqlash ham muhim ishlardan biri. Bu ish quyidagicha bajariladi. Intervalni quyi va yuqori chegarasi qo’shilib ikkiga bo’linadi. Ikkinchi guruh uchun u (90+120):2=105 ming so’mga. Uchinchi guruh uchun (120+150):2= 135 ming so’m. Bu natijani ikkinchi guruh intervali o’rtachasi 105 ming so’mga interval farqini qo’shish orqali ham olish mumkin (105+30=135) Ochiq intervalli guruhlarda birinchi va oxirgi guruhlarning o’rtacha darajasini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Teng oraliqli guruhlarda, birinchi guruh o’rtachasini aniqlash uchun ikkinchi guruh o’rtachasidan oraliq hajmi ajratiladi (105-30=75), oxirgi - o’zidan oldingi guruh o’rtachasiga oraliq hajmi qo’shiladi (165+30=195). Teng bo’lmagan oraliqlarda birinchi guruh oralig’i ikkinchi guruh oralig’iga teng, oxirgi guruh oralig’i o’zidan oldingi guruh oralig’iga teng deb qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |