Modelni yaratish
Akademik A. N. Tixonov fikri bo’yicha matematik modellashtirish dunyoni bilish va o’rganishda kuchli qurollardan (vositalardan) biridir. Uning ta’rifi bo’yicha matematik model tashqi dunyoning xodisalar turkumini matematik belgilar yordamida taxminiy tavsifi. Xodisani tavsiflash uchun uning muhim xususiyatlarini, qonuniyliklarini, ichki aloqalarini, ayrim xossalarning ahamiyatini aniqlash zarur. Eng muhim faktorlari aniqlanganda, ahamiyatlari kamroq bo’lganlarini hisobdan chiqarish mumkin. Umuman, modelni tanlash fandan ko’ra, ko’proq san’at ishi deb hisoblanadi, yahshi tuzilgan modellarni o’rganish esa – modellashtirishda tajriba orttirishning eng yahshi usuli. Modelni yaratishda quyidagi savollarni aniqlash maqsadga muvofiq:
1. Masalani yechish uchun qaysi matematik struktura ko’proq mos keladi?
2. O’xshash masalaning yechimi bormi?
3. Masalaning barcha muhim ma’lumotlari matematik ob’yektlar orqali tavsiflanadimi?
4. Izlanayotgan natija biron bir matematik o’lchamga mos keladimi?
5. Modelning ob’yektlari orasidagi bog’lanishlar aniqlanganmi?
6. Tuzilgan model bilan ishlash qulaymi?
Dostları ilə paylaş: |