3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Elka kamari va qo’l erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 162,03 Kb.
səhifə2/8
tarix19.03.2022
ölçüsü162,03 Kb.
#53974
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Amaliy mashg\'ulot

YELKA KAMARI SUYAKLARI
Yelka kamari ikkala tomonda bittadan o‘mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan.

O‘mrov (clavicula, 26-rasm), qo‘lni tanaga birlashtirib turadigan birdan-bir suyak bo‘lib, shakli lotincha “S” harfiga o‘xshab bukilgan, uzun. To‘sh suyagiga birlashgan uchiga exremitas sternalis va uning bo‘g‘im yuzasiga facies articularis sternalis, kurak suyagining yelka o‘sig‘iga birlashadigan uchiga extremitas acromialis deyiladi, unda yelka o‘sig‘iga bo‘g‘im hosil qilib birlashadigan kichkina bo‘g‘im yuzasi – facies artricularis acromialis ko‘rinadi. O‘mrov suyagi yelka bo‘g‘imining tanadan uzoqroqda bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada qo‘lning har turli murakkab harakatlarni osongina bajarishiga qulaylik tug‘dirib beradi. Ba’zida qo‘l tanaga zich yopishadi, deyarli harakatsiz osilib turadi. O‘mrov suyagining o‘rta qismida tanasi (corpus claviculae) deyiladi. Tana pastida konussimon do‘mboqcha – tuberculum conoideum va trapetsiyasimon chiziq – linea trapezoidea joylashgan.



26-rasm. O‘mrov suyagi (clavicula). Tepa yuzasi.1 – extremitas acromialis; 2 – extremitas sternalis; 3 – facies articularis sternalis.
O‘mrov suyagining suyaklanishi embrion 6 haftaligida boshlanib, bola 16–18 yoshga borganda qo‘shimcha suyaklanish nuqtasi (to‘sh suyagiga qaragan uchi)da paydo bo‘ladi. O‘mrov suyagining suyaklanish davri 20–25 yoshlarga borib tugaydi.


Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin