3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Elka kamari va qo’l erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 162,03 Kb.
səhifə3/8
tarix19.03.2022
ölçüsü162,03 Kb.
#53974
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Amaliy mashg\'ulot

Kurak (scapula, 27-rasm) suyagi yassi, uchburchak shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasining orqa tomonidan II–VII qovurg‘alar tashqi sohasida turadi. Kurakning uchta chekkasi tafovut qilinadi: umurtqa pog‘onasiga qaragan medial chekkasi (margo medialis), qo‘ltiqqa qaragan lateral chekkasi (margo lateralis) va yuqori kalta chekkasi (margo superior). Yuqori chekkasida kurak o‘ymasi (incisura



27-rasm. Kurak suyagi (scapula). Orqa yuzasi.1 – angulus inferior; 2 – margo lateralis; 3 – fossa infraspinata; 4 – angulus lateralis; 5 – acromion; 6 – processus coracoideus; 7 – incisura scapulae; 8 – margo superior; 9 – spina scapulae; 10 – fossa supraspinata; 11 – angulus superior; 12 – margo medialis
scapulae) ko‘rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o‘zaro uchta burchak hosil qilib qo‘shiladi: shulardan biri pastga qaragan burchak (angulus inferior), ikkinchisi yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisi lateral burchak (angulus lateralis).

Lateral burchak yo‘g‘onroq bo‘lib, undagi chuqurroq bo‘g‘im yuzasi (cavitas glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadi. Bo‘g‘im yuzasining tepasidagi do‘mboq – tuberculum supraglenoidale, pastidagi do‘mboq – tuberculum infraglenoidale ko‘rinib turadi. Bo‘g‘im yuzasi orqa tomonga ingichka bo‘yin (collum scapulae) orqali tanaga o‘tadi.

Kurak suyagining bo‘g‘im yuzasi ustida tumshuqsimon o‘siq (processus coracoideus) bo‘rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg‘alarga qaragan yuzasi (facies costalis) botiqroq bo‘lib, kurak osti chuquri (fossa subscapularis)ni hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir necha g‘adir-budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi baland qirra (spina scapulae) bilan ikkita teng bo‘lmagan qismga bo‘lingan bo‘ladi.

Qirraning tepasidagi qirra usti chuqurchasi fossa supraspinata, pastki chuqurcha fossa infraspinata deyiladi. Bu chuqurchalarga shu nomdagi muskullar yopishib turadi. Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o‘sig‘i – akromion (acromion) bo‘lib tugaydi. Ana shu o‘siq uchidagi bo‘g‘im yuzasi faeies articularis acromialis orqali o‘mrov bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.



Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin