3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Elka kamari va qo’l erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 162,03 Kb.
səhifə5/8
tarix19.03.2022
ölçüsü162,03 Kb.
#53974
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Amaliy mashg\'ulot

Bilak suyaklari – antebrachium naysimon ikkita uzun suyakdan iborat: medial tomonda tirsak suyagi, lateral tomonda esa bilak suyagi.

Tirsak suyagi (ulna, 29-rasm) ning yuqori yo‘g‘on uchida yelka suyagining g‘altagi bilan qo‘shiladigan kattagina g‘altaksimon bo‘g‘im o‘ymasi (incisura trochlearis) bor. Bo‘g‘im o‘ymasi old tomonda toj o‘sig‘i (processus coronoideus) va orqa tomonda tirsak o‘sig‘i (olecranon) bilan chegaralanib turadi.

Toj o‘sig‘ining lateral tomonida bilak suyagining boshchasi bilan bo‘g‘im hosil qilish uchun botiq o`yma (incisura radialis) joylashgan. Toj o‘sig‘ining pastida (oldingi tomonda) yelka muskuli yopishishidan paydo bo‘lgan g‘adir-budur joy tirsak g‘adir-buduri (tuberositas ulnae) deb ataladi. Tirsak suyagining tanasida oldingi, orqa va medial yuzalar bo‘lib, ular oldingi, orqa va oraliq qirralar bilan ajralgan. Tirsak suyagining pastki uchi yumaloq tirsak boshi (caput ulnae) bilan tugaydi, uning medial chekkasida esa bigizsimon o‘siq (processus styloideus) chiqib turadi. Uning yonida bilak suyagining botiq bo‘g‘im yuzasi bilan birlashadigan doira bo‘g‘im yuzasi (circumferentia articularis ulnae) bor.




29-rasm. Tirsak suyagi (ulna). Old yuzasi.

1 – olecranon; 2 – tuberositas ulnae; 3 – margo anterior; 4 – facies anterior; 5 – processus styloideus; 6 – caput ulnae; 7 – margo interosseus; 8 – incisura radialis; 9 – processus coronoideus; 10 – incisura trochlearis.


Bilak suyagi (radius, 30-rasm) ning proksimal uchi, aksincha, dumaloq boshcha (caput radii) bo‘lib, tepa tomonida botiq bo‘g‘im yuzasi (fovea articularis) bo`lib, yelka suyagining boshchasi ana shu chuqurchada joylashadi. Bilak suyagining gir aylana bo‘g‘im yuzasi (circumferentia articularis) tirsak suyagining bo‘g‘im yuzasi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Bilak suyagining boshi boshqa qolgan bo‘laklaridan ingichka bo‘yin (collum radii) bilan ajralib turadi. Bo‘yinning pastida g‘adir-budur (tuberositas radii) joylashgan. Bilak suyagining pastki uchi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, tashqi tomonida bigizsimon o‘siq (processus styloideus) ko‘rinib turadi. Ichki tomonidagi botiq bo‘g‘im o‘ymasi (incisura ulnaris) esa tirsak suyagining doira bo‘g‘im yuzasi bilan qo‘shiladi. Bilak suyagining tanasida oldingi, orqa va lateral yuzalari bo‘lib, ular alohida qirralar orqali bir-biridan ajralib turadi. Bilak suyagi pastki uchining pastki tomoni uchburchak shaklidagi botiq bo‘g‘im yuzasi (facies articularis carpea) vositasida kaftusti suyaklari bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.




Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin