Yubka etagi, shim pochasini titilishdan asrash va qirqimlarni bezash uchun ishlatiladi.
Bo’lakning o’ng tomoniga bezak gazlamaning ko’ndalang yoki bo’ylama ipi bo’yicha qiya yo’nalishda bichilgan gazlama bo’lagi o’ngini ichkariga qilib qo’yiladi. Asosiy bo’lak bilan gazlama bo’lagi qirqimlari bir-biriga tekislanadi va ichkaridan baxyaqator yuritiladi, so’ng chok qirqimlarini gazlama bo’lagi bilan aylantirib o’rab chok eniga teng mag’iz hosil qilinadi. Mag’iz gazlama bo’lagini tikish chokiga yoki undan ichkaridan tikib puxtalanadi. (2 chok).
Ichki chok kengligi 0.3-0.5 sm. Ustki chok kengligi 0,1-0.2 sm. Qiya bichilgan mag’iz kengligi 2,0-2,5
Ayollar yengil kiyimlarining yeng o’mizlarini, bo’yin o’mizlarini ishlash uchun qo’llaniladi.
Mag’iz asosiy bo’lak teskarisiga, o’ngini ichkarisiga qilib qo’yiladi. Qirqimlari tekislanib (1 chok) tikiladi. Tikilgan bo’lak o’ngiga ag’dariladi va chok berkitiladi. Bo’lakning qirqimini ichkariga bukib (bukilgan cheti shu bo’lakni tikish baxyasini berkitishi lozim), bo’lakning bukilgan ustidan mashinada (2 chok) bostirib tikiladi. Ichki chok kengligi 0,3-0,5 sm bukilgan ziydan chok kengligi 0,1-0,2 sm
3.3 Jiyakli
Qirqimlarni ishlashda va kiyimni bezash uchun ishlatiladi.
Jiyakli uzunasiga shunday qo’yiladiki, uning pastki cheti ustki chetiga nisbatan chiqib turadi va shu holatda dazmollab yotqiziladi. So’ngra mag’iz qo’yilishi kerak bo’lgan bo’lak qirqimi tayyorlangan jiyak ichiga kiritiladi va tesma ustki ziyi bo’yicha baxyaqator yuritiladi, bunda tesmaning ikkinchi ziyi baxyaqator tagida qolishi shart. Chok kengligi 0.1 sm