Ayollar yubkalarida, ko’ylaklarida, bezak vazifasida, kiyimlarda yengil harakatlanish uchun ishlatiladi.
Bir yoqlama taxlamalar barcha bukilgan ziylari kiyim o’ngida bir tomonga, teskarisida esa boshqa tomonga yo’nalgan bo’ladi. Har bir taxlama teskari tomondan uchta chiziq-o’rta chiziq 1 (ichki bukish chizig’i), yon chiziq 2 (tashqi bukish chizig’i), tikish oxirini belgilaydigan chiziq bilan belgilanadi. Taxlamalar kengligi fasonga bog’liq. Bitta taxlama bo’lsa. Uning chuqurligi 4-8 sm, bir nechta bo’lsa, chuqurligi 2-3 sm bo’lishi mumkin. Bo’lak belgilangan o’rta chiziq 1 bo’yicha o’ngini ichkariga qilib qayiriladi va yon chiziq bo’yicha qo’lda ko’klab olinadi. So’ngra mashinada 2 va 3 chiziq bo’ylab biriktirib tikiladi. Baxyaqator o’ng tomondan ko’ndalang yo’nalishda to’g’ri yoki oval chiziq tarzida tugatiladi.. Chok kengligi fasonga bog’liq. Baxyaqator yuritilgan joydagi ko’klash iplari so’kib tashlanadi. Fasonga muvofiq taxlama bir tomonga bukilib, qotirib dazmollanadi.
1.2 Bir-biriga qaragan taxlama
Ayollar yubkalarida, ko’ylaklarida, bezak vazifasida, kiyimlarda yengil harakatlanish uchun ishlatiladi.
a)
b)
Bir-biriga qaragan taxlama ham bir yoqlama taxlama singari 3 ta chiziq bilan o’rta chiziq-1, yon chiziq-2, tikish oxiri-3. (chizma-a) Taxlamaga qo’shimcha qoldiriladi. Qo’shimchaning eni bir taxlama chuqurligini 4 ga ko’paytirilganiga teng. Agar bir taxlama chuqurligi 3 sm bo’lsa, taxlama uchun 12 sm qo’shimcha olinadi. Bir-biriga qaragan taxlamani hosil qilish uchun bo’lak belgilangan o’rta chiziq-1 bo’yicha o’ngini ichkariga qilib qayriladi. Yon chiziq-2 bo’yicha oxirgi tikish chizig’i-3 gacha tikiladi. Taxlama ikki tomonga yorib, (belgilangan o’rta chiziq tikish chokida aniq yotishi kerak) dazmollanadi. Taxlama kiyish vaqtida buklanib qolmasligi uchun o’ng tomondan puxtalash tavsiya etiladi. (chizma b) Taxlama chuqurligi fasonga bog’liq.
Nazorat savollari:
I. Quyidagi mashina chok turlari uchun texnologik xarita tuzing va choklarni tiking:
1. 5-10 mm li bostirma chok tikish
2. Yopiq qirqimli bukma chok tikish
3. Maxsus mashinada yo’rmash chokini tikish