Bo’lak ramkasi buklab dazmollanadi (teskari tomoni ichiga qilib) va kiyimga tikiladi, so’ngra chok yonidan buklab dazmollanadi. Ramka kengligi
0,4-0,7 sm
Cho’ntak ishlashda murakkab ramkali ag’darma chok ishlatiladi.
Asosiy matodan mag’izli o’ngini bo’lakning o’ngiga qo’yib ag’darma chokda tikiladi. (1 chok). So’ng chok yorib dazmollanadi, mag’iz o’ngiga ag’dariladi, shunda ramka hosil bo’ladi. U mag’iz tikilgan chokka tikiladi. (2 chok)1-chok kengligi 0,4-0,7 sm.
2-chok kengligi 0,4-0,7 sm
1.3 Kant.
Yoqa, bort, cho’ntak tikishda va unga ishlov berishda ishlatiladi.
Bo’lak o’ngini o’ngiga qaratib ag’darma chok bilan tikiladi. Chok to’g’rilanib, kant chiqarib yolg’on kesiq bilan yoki bezak chok tikiladi. Kant kengligi 0,1-0,3 sm
Kiyim etagini ishlashda, yengil kiyim obtachka qirqimlarini tikishda ishlatiladi.
Qirqim teskari tomonga buklanib bostirib tikiladi. Bo’lak qirqimi teskarisiga 0.5-0.7 sm bukiladi. Chok kengligi 0,1-0,3 sm
2.2. Yopiq qirqimli
Yubka astarida, ko’ylak etaklarida va boshqa chetlanishlarda ishlatiladi.
Bo’lak qirqimi teskarisiga bukiladi. So’ngra fasonda ko’rsatilgan kenglikda yana bukiladi va bukilgan ziydan baxyaqator yuritiladi.Birinchi bukilish kengligi 0,7 sm.
Chok kengligi 0,1-0,2 sm