3 - AMALIY MASHG‘ULOT
TUPROQNING BEGONA O‘TLAR URUG‘I BILAN IFLOSLANGANLIGINI HISOBGA
OLISH.
1. ISHNING MAQSADI: Talabalar begona o‘tlarning urug‘lari bilan tanishib chiqadilar,
tuproqlarning begona o‘tlar urug‘lari bilan ifloslanganlik darajalari hisobga olinadi, ko‘p yillik
begona o‘tlarning ildizpoyasi va ildizini aniqlanadi.
2. KERAKLI JIHOZLAR: Kalentev burg‘usi yoki boshqa konstruksiyadagi burg‘ular, belkurak,
namuna solish uchun paketlar, etiketkalar, 0,25 mm teshikli ikkita elak, 0,5 l hajmli stakan, shpatel,
filtr qog‘oz, og‘ir eritma, urug‘lar kolleksiyasi yoki rasmlari,
shisha tayoqcha, lupa.
3. ISHNI NAZARIY AHAMIYAT:
Ekinlar orasidagi begona o‘tlarni hisobga olishdan tashqari, tuproqning ular urug‘i bilan
ifloslanganligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuproq namunalari
tekshiriladi.
Tuprog‘ni ifloslantiruvchi begona o‘tlarning tur tarkibini va miqdorini bilish dalalarning tozaligi
uchun kurash tadbirlarini tanlashni engillashtiradi. Amaliy maqsadlar uchun ifloslanganlikni
ekinni yig‘ishtirib olish vaqtida hisobga olish ma’qul. Bu – begona o‘tlarning to‘kilgan urug‘i
sonini hisobga olish va shu kuzning o‘zida tuproqni begona o‘tlardan
tozalashning zarur
tadbirlarini belgilashga imkon beradi.
SHumg‘iya va zarpechak urug‘i topilgan uchastkalarga tekinxo‘r begona o‘tlardan
zararlanmaydigan ekinlar ekish zarur.
Begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganlikni aniqlash
uchun analiz qilinadigan tuproq namunasi SHevelev va
Kalentev burg‘usi bilan olinadi. asosan Kalentev burg‘usi
ishlatiladi Bu burg‘u 0-20 sm chuqurlikdan namuna
olishga imkon beradi. Tekshiriladigan tuproq namunasi 4
sm oralatib olinadi (0-4, 4-8, 8-12, 12-16, 16-20 sm).
lekin tekshirish ishlari qiyin bo‘lgani uchun tuproqning
0-10, 10-20 sm qatlamidan namuna olinadi.
Mazkur burg‘udan ko‘pincha haydalma qatlam
chuqurligi 20-22 sm bo‘lgan
lalmikor dehqonchilik
sharoitida foydalanish mumkin. Haydash chuqurligi 25-
30 sm bo‘lgan sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bu
maqsad uchun chuqurroq kovlaydigan, bo‘laklarga
bo‘lingan oddiy tuproq burg‘usidan foydalanish
mumkin. Tuproq namunasi har bir maydonning
diagonali bo‘ylab 5 ta, yaxshisi 10 ta nuqtadan teng oraliqda olinadi.
Agar burg‘u bo‘lmasa, tuproq namunasi qatlamlar bo‘ylab, haydalma qatlam chuqurligida tuproq
qirqimidan olinadi. Bunda namuna olinayotgan maydon o‘lchanadi. Daladan olingan namuna
ochiq havoda quritiladi. So‘ngra u 0,25 mm teshikli elaklarda yuviladi. Elakda ushlanib qolgan
urug‘lar va tuproqning yirik zarrachalari ruh xloridning 70 % li to‘yingan og‘ir
eritmasiga,
potashning 55 % li eritmasiga yoki osh tuzi eritmasiga solinadi. Bunda urug‘lar yuqoriga
ko‘tarilib, tuproq agregatlari uning tagiga cho‘kadi. Ajratib olingan urug‘lar quritiladi, taxtacha
ustiga yoyib, tur tarkibiga qarab ajratiladi; so‘ngra turi bo‘yicha soni hisoblab chiqiladi hamda
begona o‘tlar kolleksiyasi bilan solishtirib aniqlanadi.
Begona o‘tlarning urug‘i xilma-xil bo‘lib, mazkur usulni 0,25 mm dan mayda urug‘larga: masalan,
kungaboqar shumg‘iyasi (Orobanche cumana) urug‘ini aniqlashda qo‘llab bo‘lmaydi. SHuning
12.1-расм. Бегона ўтлар уруғларининг
коллекцияси.
uchun dalalar 0,25 mm dan mayda urug‘lar bilan ifloslanganligini aniqlash uchun maxsus analiz
qilinadi.
Begona o‘tlarning urug‘i xilma-xil bo‘lib, mazkur usulni 0,25 mm dan mayda urug‘larga: masalan,
kungaboqar shumg‘iyasi (Orobanche cumana) urug‘ini aniqlashda qo‘llab bo‘lmaydi. Snuning
uchun dalalar 0,25 mm dan mayda urug‘lar bilan ifloslanganligini aniqlash uchun maxsus analiz
qilinadi.
Buning uchun tuproq namunasi birdaniga og‘ir eritmaga solinadi
va qolgan ishlar yuqoridagi
singari bajariladi.
Tuproq namunalar chuqurligiga ko‘ra analiz qilingandan, begona o‘tlarning tur tarkibi
aniqlangandan, har bir tur urug‘ining soni hisoblab chiqilgandan keyin namunadagi urug‘ning
umumiy soni va og‘irligi 1 m2 ga nisbatan hisoblab chiqiladi.
1 m2 dagi begona o‘tlar urug‘ining soni quyidagicha hisoblanadi. Quyidagi formula bilan burg‘u
ichki aylanasining maydoni aniqlanadi:
𝑾 =
р ∗ 𝒅
𝟐
𝟒
Bu erda: W – burg‘u ichki aylanasining maydoni, sm2 ;
d – burg‘uning ichki diametri, sm;
- aylananing diametriga nisbati;
4 – doimiy son.
YOki tuproq qirqimi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
𝑾 = 𝒂 ∗ 𝒃
Bu erda:
W - qirqim maydoni, sm 2;
a - qirqim kengligi, sm
b - qirqim uzunligi, sm.
Agar burg‘u 30 sm chuqurlikka kiritilgan bo‘lsa, u holda 0-30 sm chuqurlikdagi va 1 m2
maydondagi urug‘lar sonini hisoblash uchun o‘tkazish koeffitsienti K topiladi. U burg‘u maydoni
yoki undagi urug‘lar zapasi aniqlanib bo‘lgan tuproq qirqimi (W) ga nisbatan olingan 1 m2
maydonga (S 10000 sm 2) teng. Bunda o‘tkazish koeffitsienti:
𝑲 =
𝑪
𝑾
бўлади
O‘tkazish koeffitsientini tuproq namunasidagi begona o‘tlarning umumiy soniga ko‘paytirib
haydalma qatlamda 1 m2 maydonga to‘g‘ri keladigan urug‘lar soni topiladi. Buni gektar hisobiga
aylantirish uchun ko‘rsatilgan kattalik 10000 ga ko‘paytiriladi.
Tuproqning begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganligi 12.1 – jadvalga muvofiq yoziladi.
Ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizpoyasi va ildizini aniqlash.
Begona o‘tlarning unib chiqqan urug‘lari foizini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ana shu
maqsadda urug‘lar turiga qarab sanab chiqilgandan keyin, ularning
bir qismi aralashtirib
yubormasdan, unib chiqishi uchun qumga yoki filtr qog‘ozga joylanadi. 10-15 kundan keyin
qattiq, unmagan urug‘lar qobig‘ini buzish va unib chiqishini tezlashtirish uchun qizdiriladi. Uch
xaftadan keyin yakun yasaladi – ungan urug‘lar soni aniqlanadi. Bular namunadagi begona o‘tlar
urug‘ining umumiy soniga nisbatan foiz bilan ifodalanadi.
Ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizpoyasi va ildizi borligi ham namuna maydonchalarida
aniqlanadi. Kovlab olingan ildizpoya va ildizlar tuproqdan tozalanib, og‘irligi va uzunligi
aniqlanadi. Dalaning ifloslanganligi 1 m2 dagi ko‘zcha yoki kurtaklarning og‘irligi, uzunligi va
soni bilan ifodalanadi. Ko‘p yillik begona o‘tlarning urug‘i,
ildizpoyasi va ildizi bilan
ifloslanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar gektarga aylantirib hisoblanadi. Maydonning va turli