3 amaliy mashg‘ulot tuproqning begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganligini hisobga olish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#80418
  1   2
3-амалий машгулот



3 - AMALIY MASHG‘ULOT 
TUPROQNING BEGONA O‘TLAR URUG‘I BILAN IFLOSLANGANLIGINI HISOBGA 
OLISH
1. ISHNING MAQSADI: Talabalar begona o‘tlarning urug‘lari bilan tanishib chiqadilar, 
tuproqlarning begona o‘tlar urug‘lari bilan ifloslanganlik darajalari hisobga olinadi, ko‘p yillik 
begona o‘tlarning ildizpoyasi va ildizini aniqlanadi. 
2. KERAKLI JIHOZLAR: Kalentev burg‘usi yoki boshqa konstruksiyadagi burg‘ular, belkurak, 
namuna solish uchun paketlar, etiketkalar, 0,25 mm teshikli ikkita elak, 0,5 l hajmli stakan, shpatel, 
filtr qog‘oz, og‘ir eritma, urug‘lar kolleksiyasi yoki rasmlari, shisha tayoqcha, lupa. 
3. ISHNI NAZARIY AHAMIYAT:
Ekinlar orasidagi begona o‘tlarni hisobga olishdan tashqari, tuproqning ular urug‘i bilan 
ifloslanganligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuproq namunalari 
tekshiriladi. 
Tuprog‘ni ifloslantiruvchi begona o‘tlarning tur tarkibini va miqdorini bilish dalalarning tozaligi 
uchun kurash tadbirlarini tanlashni engillashtiradi. Amaliy maqsadlar uchun ifloslanganlikni 
ekinni yig‘ishtirib olish vaqtida hisobga olish ma’qul. Bu – begona o‘tlarning to‘kilgan urug‘i 
sonini hisobga olish va shu kuzning o‘zida tuproqni begona o‘tlardan tozalashning zarur 
tadbirlarini belgilashga imkon beradi. 
SHumg‘iya va zarpechak urug‘i topilgan uchastkalarga tekinxo‘r begona o‘tlardan 
zararlanmaydigan ekinlar ekish zarur. 
Begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganlikni aniqlash 
uchun analiz qilinadigan tuproq namunasi SHevelev va 
Kalentev burg‘usi bilan olinadi. asosan Kalentev burg‘usi 
ishlatiladi Bu burg‘u 0-20 sm chuqurlikdan namuna 
olishga imkon beradi. Tekshiriladigan tuproq namunasi 4 
sm oralatib olinadi (0-4, 4-8, 8-12, 12-16, 16-20 sm). 
lekin tekshirish ishlari qiyin bo‘lgani uchun tuproqning 
0-10, 10-20 sm qatlamidan namuna olinadi. 
Mazkur burg‘udan ko‘pincha haydalma qatlam 
chuqurligi 20-22 sm bo‘lgan lalmikor dehqonchilik 
sharoitida foydalanish mumkin. Haydash chuqurligi 25-
30 sm bo‘lgan sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bu 
maqsad uchun chuqurroq kovlaydigan, bo‘laklarga 
bo‘lingan oddiy tuproq burg‘usidan foydalanish 
mumkin. Tuproq namunasi har bir maydonning 
diagonali bo‘ylab 5 ta, yaxshisi 10 ta nuqtadan teng oraliqda olinadi. 
Agar burg‘u bo‘lmasa, tuproq namunasi qatlamlar bo‘ylab, haydalma qatlam chuqurligida tuproq 
qirqimidan olinadi. Bunda namuna olinayotgan maydon o‘lchanadi. Daladan olingan namuna 
ochiq havoda quritiladi. So‘ngra u 0,25 mm teshikli elaklarda yuviladi. Elakda ushlanib qolgan 
urug‘lar va tuproqning yirik zarrachalari ruh xloridning 70 % li to‘yingan og‘ir eritmasiga
potashning 55 % li eritmasiga yoki osh tuzi eritmasiga solinadi. Bunda urug‘lar yuqoriga 
ko‘tarilib, tuproq agregatlari uning tagiga cho‘kadi. Ajratib olingan urug‘lar quritiladi, taxtacha 
ustiga yoyib, tur tarkibiga qarab ajratiladi; so‘ngra turi bo‘yicha soni hisoblab chiqiladi hamda 
begona o‘tlar kolleksiyasi bilan solishtirib aniqlanadi.
Begona o‘tlarning urug‘i xilma-xil bo‘lib, mazkur usulni 0,25 mm dan mayda urug‘larga: masalan, 
kungaboqar shumg‘iyasi (Orobanche cumana) urug‘ini aniqlashda qo‘llab bo‘lmaydi. SHuning 
12.1-расм. Бегона ўтлар уруғларининг 
коллекцияси. 


uchun dalalar 0,25 mm dan mayda urug‘lar bilan ifloslanganligini aniqlash uchun maxsus analiz 
qilinadi. 
Begona o‘tlarning urug‘i xilma-xil bo‘lib, mazkur usulni 0,25 mm dan mayda urug‘larga: masalan, 
kungaboqar shumg‘iyasi (Orobanche cumana) urug‘ini aniqlashda qo‘llab bo‘lmaydi. Snuning 
uchun dalalar 0,25 mm dan mayda urug‘lar bilan ifloslanganligini aniqlash uchun maxsus analiz 
qilinadi.
Buning uchun tuproq namunasi birdaniga og‘ir eritmaga solinadi va qolgan ishlar yuqoridagi 
singari bajariladi. 
Tuproq namunalar chuqurligiga ko‘ra analiz qilingandan, begona o‘tlarning tur tarkibi 
aniqlangandan, har bir tur urug‘ining soni hisoblab chiqilgandan keyin namunadagi urug‘ning 
umumiy soni va og‘irligi 1 m2 ga nisbatan hisoblab chiqiladi. 
1 m2 dagi begona o‘tlar urug‘ining soni quyidagicha hisoblanadi. Quyidagi formula bilan burg‘u 
ichki aylanasining maydoni aniqlanadi: 
𝑾 =
р ∗ 𝒅
𝟐
𝟒
Bu erda: W – burg‘u ichki aylanasining maydoni, sm2 ;
d – burg‘uning ichki diametri, sm; 
 - aylananing diametriga nisbati;
4 – doimiy son. 
YOki tuproq qirqimi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
𝑾 = 𝒂 ∗ 𝒃 
Bu erda: W - qirqim maydoni, sm 2;
a - qirqim kengligi, sm
b - qirqim uzunligi, sm.
Agar burg‘u 30 sm chuqurlikka kiritilgan bo‘lsa, u holda 0-30 sm chuqurlikdagi va 1 m2
maydondagi urug‘lar sonini hisoblash uchun o‘tkazish koeffitsienti K topiladi. U burg‘u maydoni 
yoki undagi urug‘lar zapasi aniqlanib bo‘lgan tuproq qirqimi (W) ga nisbatan olingan 1 m2 
maydonga (S  10000 sm 2) teng. Bunda o‘tkazish koeffitsienti: 
𝑲 =
𝑪
𝑾
бўлади 
O‘tkazish koeffitsientini tuproq namunasidagi begona o‘tlarning umumiy soniga ko‘paytirib 
haydalma qatlamda 1 m2 maydonga to‘g‘ri keladigan urug‘lar soni topiladi. Buni gektar hisobiga 
aylantirish uchun ko‘rsatilgan kattalik 10000 ga ko‘paytiriladi. 
Tuproqning begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganligi 12.1 – jadvalga muvofiq yoziladi. 
Ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizpoyasi va ildizini aniqlash. 
Begona o‘tlarning unib chiqqan urug‘lari foizini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ana shu 
maqsadda urug‘lar turiga qarab sanab chiqilgandan keyin, ularning bir qismi aralashtirib 
yubormasdan, unib chiqishi uchun qumga yoki filtr qog‘ozga joylanadi. 10-15 kundan keyin 
qattiq, unmagan urug‘lar qobig‘ini buzish va unib chiqishini tezlashtirish uchun qizdiriladi. Uch 
xaftadan keyin yakun yasaladi – ungan urug‘lar soni aniqlanadi. Bular namunadagi begona o‘tlar 
urug‘ining umumiy soniga nisbatan foiz bilan ifodalanadi. 
Ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizpoyasi va ildizi borligi ham namuna maydonchalarida 
aniqlanadi. Kovlab olingan ildizpoya va ildizlar tuproqdan tozalanib, og‘irligi va uzunligi 
aniqlanadi. Dalaning ifloslanganligi 1 m2 dagi ko‘zcha yoki kurtaklarning og‘irligi, uzunligi va 
soni bilan ifodalanadi. Ko‘p yillik begona o‘tlarning urug‘i, ildizpoyasi va ildizi bilan 
ifloslanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar gektarga aylantirib hisoblanadi. Maydonning va turli 


dalalar tuprog‘ining ifloslanganligiga doir ma’lumotlar solishtiriladi va shu asosda begona o‘tlarga 
qarshi kurash choralari tizimi ishlab chiqiladi. 
Bundan tashqari donning begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganlik darajasi va tarkibi aniqlanadi. 
Buning uchun dondan o‘rtacha namuna olinadi va ularda begona o‘tlar urug‘i bor-yo‘qligi 
sinchiklab analiz qilinadi. So‘ngra madaniy o‘simliklar urug‘iga nisbatan begona o‘tlar foizi 
aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar urug‘larni sinchiklab tozalash chora-tadbirlarini ko‘rish uchun 
zarur. 
Asosan bir hil agrotexnikaviy kurash choralar qo‘llaniladigan begona o‘tlar to‘rt guruhga 
bo‘linadi: 1) ildizpoyalilar-ko‘p yilliklar (g‘umay, ajriq, solamalaykum va boshqalar); 2) 
ildizbachkililar (kakra, qizilmiya, qo‘ypechak, bo‘ztikan va boshqalar); 3) kam yilliklar, jumladan, 
ikki yilliklar (qashqarbeda, erman); bir yilliklar-bahori begona o‘tlar (gultojixo‘roz, olabuta, 
qo‘ytikan, qorako‘zalar), kuzgi begona o‘tlar (yaltirbosh), qishlovchi begona o‘tlar (achambiti, 
yarukta va boshqalar); 4) tekinxo‘r begona o‘tlar (shumg‘iya, zarpechak). 
12.2-rasm. Begona o‘tlar urug‘i va ularning moslamalari: 
1-paxtatikan; 2-bo‘ztikan; 3-qaldirmoq; 4-qoqio‘t; 5-sariqbosh; 6-takasoqol; 7-erigeron; 8-
yovvoyi beda; 9-yopishqoqo‘t; 10-qumrio‘t; 11-ittikan; 12-raspistrum; 13-qo‘ytikan; 14-qariqiz. 
12.1-jadval
Tuproqning begona o‘tlar urug‘lari bilan ifloslanganligini aniqlash. 


Na
muna olingan va
qt
Na
muna olingan joy
Tupr
oqning nom

B
urg‘
ular
ning 
yoki 
tuproq 
qirqim
i m
aydoni W
O‘
tkaz
ish ko
eff
it
sienti, K
Tur
tar
kibi
CHuqurlikdagi 
(sm) 
begona 
o‘tlar 
urug‘larining 
soni 
(dona) 
Namunadag

barcha 
urug‘lar 
Qayta 
hisoblangandagi 
barcha urug‘lar 
(dona) 
0
-5
5
-10
10
-15
15
-20
20
-25
25
-30
dona
gr
1 m2
ge
ktar
da

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin