3. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya


Tahdidlarga qarshi kurashish metodlar



Yüklə 317,53 Kb.
səhifə26/27
tarix14.12.2022
ölçüsü317,53 Kb.
#74648
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Individual loyiha

Tahdidlarga qarshi kurashish metodlar:

  • Jurnal malumotlarini oshkor qilish

  • Butun yoki qisman tizim arxitektura malumotlarini va DT ornatishdagi detallarni oshkor qilish.

  • Zayifliklarga qarshi monitoring qo’llash.

Ishtrok etuvchi servis modellar:

IaaS;PaaS;SaaS

3. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya

Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo’lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishdagi jarayonlarni bajarishda ko’plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida–aloxida xavfsizlik talablari ishlab chiqarilgan. Shu boisdan bo’lg’usi kadrlarni tayyorlashda hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini ma’ruza matnida bayon etish lozim. Hayot faoliyat xavfsizligi fanini o’rganishda texnik, fizik-kimyoviy, tibbiy, biologik, qishloq xo’jaligi, xuquqiy va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslanish zarur. Xalq xo’jaligining texnik jixatdan takomillashtirish, mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlar bilan ta’minlash, yangi turdagi energiyalardan foydalanish, qishloq xo’jaligini kimyoviy mineral o’g’itlar bilan ta’minlash va boshqa mehnat tizimida ham sifat ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini ta’minlash kerak.
3.1. Mehnat muhofazasining huquqiy masalalari

Mehnat muhofazasining huquqiy masalalari davlatimizning asosiy Qonuni – O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bilan tartibga solinadi. Konstitusiya fuqarolar huquq va majburiyatlarini, mehnat va dam olish huquqlarini, keksalikda moddiy ta’minotga va mehnatga layoqatsizlik holatida nafaqa to’lovlari hamda davlat ijtimoiy sug’urta mablag’lari…”[10] evaziga to’lovlar huquqlarini belgilaydi.
Ijtimoiy sugurta mablaglari respublikamiz kasaba uyushmalari va ijtimoiy ta’minot vazirliklari ixtiyoridadir.
Qonunchilik asoslarida mehnat muhofazasi to’g’risidagi asosiy nizom ham bor. Unga muvofiq ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasbiy kasalliklarni oldini olish, ogohlantirish korxona ma’muriyatining majburiyati sanaladi. Ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy xastaliklari haqida ogohlantirish, ishlab chiqarish va maishiy xonalar, ish o’rinlarini jihozlash, texnologik jarayonlarni tashkil qilish, MX qoidalari va sanitariya qonunlariga muvofiq ishlayotganlarni himoya qilish kabi tadbirlarni o’z ichiga oluvchi mehnatning xavfsiz va bezarar sharoitlarni ta’minlashga asoslangan.
Korxona, sex, hudud agar mehnat muhofazasi talablariga javob bermasa, ishga tushirilishi mumkin emas.
Agar ishlatilayotganda mehnatning bezarar sharoitlari ta’minlangan bo’lmasa, mexanizmlar, asboblar va mashinalar turkum ishlab chiqarishga kiritilmaydi.
Korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni ishlashning xavfsiz uslublariga o’rgatilishi, mehnat sharoitida zarar uchun korxonalarda ishlayotganlarni zarur narsalar, maxsus kiyim-boshlar, maxsus poyafzallar va boshqalar bilan ta’minlashi shart.
Misol uchun, akkumulyatorchilar; kostyumlar, rezina yarim bo’tiklar, fartuklar, ko’zoynaklar, qo’lqoplar bilan taminlanadilar.
Zararli ishlab chiqarishda band insonlar salomatligi va mehnatga
qobiliyatlarini saqlash uchun qisqartirilgan ish haftasi, qo’shimcha ta’til belgilanib, belgilangan me’yorlar bo’yicha doimiy davolash-profilaktika, sut, oziq-ovqat beriladi.
Agar ishlar yilning sovuq paytida ochiq havoda bajarilsa, u holda ishchilar va xizmatchilarga ish vaqtida isinish uchun, dam olish uchun tanaffuslar beriladi.
Ayrim toifadagi xodimlar (ro’yxat bo’yicha) har yili tibbiy ko’rikdan o’tadilar.
Ayniqsa, ayollar va o’smirlar mehnati alohida muhofazaga muhtoj. Aloqa tarmog’ida barcha ishlayotganlarning 80 foizga yaqini ayollardan iborat.
Ishlab chiqarishda qo’yidagi ish turlari bajarilayotganda ayollar mehnati ta’qiqlanadi:

  1. Qo’rg’oshin akkumulyatorlar tayyorlash va payvandlash;

  2. Polietilen va polivinilxlorid qobiqlardagi kabellarni svarkasida (kovsharlashda);

  3. Pnevmoasboblar yordamida teshiklar qilish;

  4. G’o’la, daraxtlarni sug’urish;

  5. Quduqlar kovlash;

  6. Liniya va antenna tayanchlarida ishlash.

Hmilador ayollar va go’dak farzandlarini tarbiyalayotgan ayollar davlatimizning yuksak g’amxo’rligi ostida. Ularni tungi vaqtlarda, ishdan tashqari ishlarga jalb qilish, bayram va dam olish kunlarida band etish, shuningdek, ularni roziligisiz xizmat safarlariga jo’natish ma’n etiladi.
Voyaga yetmaganlarga ham davlatimiz g’amxo’rlik ko’rsatib keladi, ya’ni 18 yoshga yetmaganlarga. Yigit va qizlar 16 yoshdan, istisno tarzda korxona kasaba fo’mitasi roziligi bilan 15 yoshdan ishga qabul qilinadi.
Voyaga yetmaganlarning barchasi albatta ishga qabul qilinishdan avval dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tadilar, so’ngra 18 yoshdan boshlab har yili tibbiy ko’rikdan o’tashlari shart.
O’smirlarni og’ir, yer osti ishlarida hamda zararli va xavfili ishlarda, balandlikka ko’tarilish (liniya va antenna tayanchlarida) kabi ishlarda ishlatish ta’qiqlanadi.
Og’ir yuklarni ko’tarishdagi me’yor chegaralar:
16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun – 16 kilogramm
16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan qizlar uchun – 10 kilogramm 15 yoshlilarning og’ir yuklar ko’tarishiga yo’l qo’yilmaydi.
18 yoshgacha bo’lganlarni tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, bayram va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish ma’n etiladi. O’smirlar uchun ish haftasi qisqartiriladi.
15 – 16 yosh – 24 soat (haftasiga) 16 – 18 yosh – 36 soat.
Ish haki, to’liq ish kuni uchun to’lanadi. Ta’til olish uchun imtiyozlar yozda yoki ularning ixtiyoriga ko’ra yilning boshqa davrida 1 kalendar oy davomiyligida beriladi.
Yoshlarning ishga joylashishi bilan, hokimiyatlardagi mehnat – ishga joylash bo’yicha komissiyasi bilan voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaci shug’ullanadi.
O’smir jo’natilgan korxona ma’muriyati uni ishga joylashtirishi shart, chunki, korxonada voyaga yetmaganlarni ishlab chiqarish ta’limi va ishlashi uchun ma’lum o’rin soni ajratiladi.
O’smirlarni ishdan bo’shatish hokimiyat huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya roziligisiz amalga oshirilmaydi.
Oliy o’quv yurtlari, hamda o’rta maxsus o’quv yurtlarining sirtqi bo’limlarida ta’limlarini ish bilan birgalikda olib borayotgan ishchilar va xizmatchilar ham imtiyozlarga egadirlar.
Har yili ularga laboratoriya imtihon sessiyalari uchun to’lanadigan ta’tillar beriladi. Oliy o’quv yurti yoki texnikum manziliga borish – kelish yo’l kira haqining 50 foizini ma’muriyat to’laydi. Haftada 1 ozod kun (ish kuni) 50 foiz to’lanadi.
3.2. Elektromagnit nurlanishlarning inson organizmiga ta’siri

Elektromagnit nurlanishlar turli chastotalarda, aloqa tarmog’ida keng qo’llaniladi. Radiotexnik qurilmalarda antennaga generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori chastotali transformatorlar, fider yo’nalishlar, materiallarni termik ishlov terish uchun qurilmalarda – elektromagnitlar, kondensatorlar elektromagnit nurlanish manbai sanaladi…”[11] ko’rsatilgan qurilmalar ishida ularni o’rab turgan makonida elektromagnit maydonlar bunyod bo’ladi. Elektromagnit maydonlarning foydali harakati bilan bir qatorda inson tanasiga kirib, unga noqulay, salbiy ta’sir qo’rsatishi va kasbiy kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Ular asab, endokrinologik va yurak-qon tomirlari tizimi kasallanishini chaqirishi mumkin, insonda qon bosimi pasayadi, pulsi sekinlashadi, reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi o’zgaradi. Elektromagnit maydonlar ta’siri organizmga issiqlik ta’sirida o’z aksini berishi mumkin. Inson tanasi tomonidan ichga yutilgan elektromagnit maydonlar quvvati tanani va ayrim organlarni qizishini yuzaga keltirib, issiqlikka aylanib, kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tananing 10 S dan ziyod isib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Ayniqsa, miya, ko’z, ichak, buyrak va urug’donlar elektromagnit maydonlar ta’siriga yo’naladi. Elektromagnit maydonlarining ta’siri subyektiv bunyod bo’lishi juda toliqish, bosh og’riq, jizzakilikda, seruyqulik, nafas siqishi, ko’rish qobiliyatining yomonlashuvi, tana haroratining ko’tarilishida o’z ifodasini topadi.
Elektromagnit maydonlar ta’sirida zararlanish darajasi nurlanish sur’ati, harakat chastotasi davriga bog’liq. Elektromagnit maydonlar sur’ati, harakat chastota va davri qanchalik ko’p bo’lsa, inson organizmiga ta’siri shunchalik kuchli bo’ladi.
Elektromagnit maydonlarning insonga zararli ta’sirlarini ogoxlantirish maqsadida ish joylarida elektromagnit maydonlar energiya oqimi mustahkamliligi
(EOM) va keskinlashuvning imkon qadar ahamiyati belgilaniladi. Yuqori chastotalar va ultra yuqori chastotalar to’lqinlari, diapazonlari, diapazonlari uchun elektrik (Ye) va elektromagnit maydonlari barpo qiluvchi magnit keskiplik me’yorlashtiriladi. O’ta yuqori chastotalar to’lqinlari, diapazonlari uchun W organizmga energetik yukning kerakli ahamiyati va T nurlanish zonasida bo’lish vaqtidan kelib chiqib, belgilanadigan elektromagnit maydonlarning quvvat oqimi imkon qadar kerakli mustahkamlilikni me’yorlaydi.
Energiya oqimi mustahkamligi
EOM =W/T
Xodimning ish joylarida va bo’lishi ehtimoli bor joylarda elektromagnit maydonlar quvvat oqimining imkon qadar kerakli bo’lgan mustahkamliligi 300 MGs chastota diapazonida – 300 GGs bo’ladi.
Imkon qadar kerakli bo’lgan mustahkamlilik < = 10 Vt/m2 yoki 103 mkVt/cm2, ish joylarida, binolarida rentgen nurlanishi yoki havo haroratining balandligida > 280C – 1 Vt/m2 yoki 100 mkVt/cm2 .
Nurlanish jadalligi ustidan nazorati yiliga kamida 1 marta o’tkazilishi kerak, shuningdek, yangi yoki eski generator qurilmalar ishga tushirilishi yoki ta’mirlanishi va mehnat sharoitlari o’zgarishida o’tkaziladi. O’lchov poldan 0,5 – 1 – 1,7 m masofada 3 nuqtadagi maksimal – quvvatda o’tkaziladi.
Elektromagnit maydonlarni tashkil qiluvchi elektromagnit o’lchovlar uchun
1 – IEMP asbobidan, quvvat oqimi mustahkamliligini o’lchash uchun esa, 1-PO, 3PO, 9 – PO, 13 – PO asboblaridan foydalaniladi. Shu asboblar yordamida elektromagnit maydonlar jadalligi imkon qadar kerak bo’lgan me’yorlardan oshadigan hududni aniqlash va tegishli himoya choralarini ko’rish mumkin.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va vositalariga quyidagilar taalluqli:

  1. Himoyalashning tashkiliy choralari.

  2. Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish.

  3. Nurlanish manbaining ekranlashuvi.

  4. Nurlanish manbaidan ishchi o’rinlarini ekranlashtirish va yoki holi qilish.

  5. Signalizasiya vositalarini qo’llash.

  6. Individual himoya vositalarini qo’llash.

Ishning muayyan sharoitlariga bog’liq tarzda shu vositalardan 1 yoki ularning ixtiyoriy kombinasiyasi qullanilishi mumkin.

  1. Tashkiliy choralar – uskunalarning rasional joylashuvi, qurilmalar va xizmat ko’rsatilayotgan personal ishi muayyan rejimini belgilashdir.

Yuqori chastotalar va o’ta yuqori chastotalar qurilmalari ishiga tibbiy ko’rikdan o’tgan 18 yoshdan kichik bo’lmagan, texnika xavfsizligi bo’yicha o’qib, imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko’rsatayotgan personal tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo’lsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni va qo’shimcha ta’til belgilanadi.

  1. Kelishgan yuklar, quvvat yutuvchilar qo’llovida, manbay nurlanishi jadalligini kamaytirilishga erishiladi.

O’ta yuqori chastotalar generatorlarini regulirovka qilish va sinashda, peredatchiklarning chastota va amplituda tavsifnomalarini olishda oxirgi atalgan antennaga emas, balki elektromagnit to’lqinlar o’chadigan nagruzkaga ulanadi.
Shu tariqa ularning antenna orqali atrof-muhitga nurlanishi mustasnodir.
Hozirgi paytda qo’llaniladigan kuch (antenna ekvivalenti) yuqori chastotalar quvvatni 40-60 Db ga kuchsizlantirish imkonini beradi.
Qabul qilish, indikator, antenna-fider traktlari, avtomatika va radiostansiya boshqaruv tizimlari ishini tekshirishda signallarning kam quvvatli imitatorlaridan foydalanish mumkin. Bu holatda uzatuvchi qurilmadan tashqari stansiyalarning butun tizimi ishlaydi. Bu esa ishlayotganlarning nurlanish extimolini istisno etadi.

  1. Nurlanish manbai maxsus ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya xossalari turli materiallar bilan elektr magnit nurlanishlarning aks etishi va yutilishiga asoslanadi.
3.3. Ekologik inqirozni bartaraf qilish

Hozirda mavjud ekologik muammolarni hal qilishda ikki xil yo’l bilan yondashilinadi. Texnologik yondoshish va ekosentrik yondashishdir. Texnologik yondoshish ekologik muammolarni hal qilishning texnologik choralari asosiy, deb hisoblaniladi va tabiatning imkoniyatlari, qonuniyatlari yetarlicha e’tiborga olinmaydi…”[12]Tabiiy boyliklardan foydalanishda texnologik qudrat hal qiluvchi rol o’ynaydi. Texnik imkoniyatlar yordamida biosfera barqarorligini tiklash.
ekologik muammolarini hal qilish mumkinligi ta’kidlaniladi.
Ekologik yondoshishda tabiatdagi qonuniyatlarni hisobga olish, mavjud tabiiy ekotizimlarni asl holida saqlab qolish ustivor vazifa hisoblaniladi.
Ekologik inqiroz deganda atrof-muhitga inson ta’sirining me’yoridan ortishi natijasida munosabatlarini keskinlashuvi holati tushuniladi. Ekologik inqirozni bartaraf qilish uchun insonlarning ahloqiy poklanish, yangilanish hayotiy zaruriyatdir. Buning uchun har bir inson tafakkurini, ongini ekologiyalashtirish, mavjud ta’lim tizimini qayta tiklash, yangi madaniyatni shakllantirish talab qilinadi.
XX1 asrga kelib, ekologik ta’limdan barqaror rivojlanish uchun ta’limga o’tish hayotiy zarur masala bo’lib qoldi. Insonlarning ayrim ehtiyojlaridan voz kecha bilish, tabiatga jonkuyar bo’lish biosfera barqarorligini saqlab qolishning asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblaniladi.
Ta’lim, madaniyatni rivojlantirish, milliy, umuminsoniy qadriyatlarni tiklash mavjud muammolarini hal etishda yetakchi rol o’ynaydi.
Insonlarni biosferaga salbiy ta’sirlarini kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, barqaror rivojlanishni ta’minlash hayotiy zaruriyatdir. Bu dolzarb masalani hal qilishda aholining ekologik savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Ekologik ta’lim va tarbiyani tegishli darajada yo’lga qo’yilgan va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun yetarlicha mablag’ sarflanadigan mamlakatlarda inqiroz vaziyatlari tugatila boshlangan va barqaror rivojlanish yo’liga o’tilgan.
Ekologik muammolar O’zbekistonda ham dolzarb bo’lib,
Respublikamizdagi ekologik vazifalar o’ziga hos milliy hususiyatlarga ega, ularga quyidagilarni – aholinig 20 % ortig’ining kasallanishi ekologik vaziyatning yomonligiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu bilan urbanizasiya, Orol dengizining qurib qolishdan asrash muammolari bilan bog’liq loyhalashdan iborat.
Yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’liq xavf to’xtovsiz ortib bormoqda. Yerning nihoyat darajada sho’rlanishi biz uchun ulkan ekologik muammodir. Yerni ommaviy suratda o’zlashtirilishi, hatto sho’rlangan va melorasiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlarni ishga solish ham ana shunday noxush oqibatlarga olib keldi.
Paxta maydonlarining ko’paytirilishi paxta monopoliyasi yerlarning kuchsizlantirishga, tuproqning unumdorligini pasayishiga, hamda tuproqning buzilishiga va nurashiga olib keldi.
Noorganik moddalarni, gerbisidlarni va pestitsidlarning qo’llanishi me’yoridan o’nlab barobar ortib ketishi, tuproqni daryo, ko’l, yer osti suvlarni ifloslanatiradi. Yangi yerlarni o’zlashtirishda yangi texnologiyalardan foydalanmaslik, paxtalarni nazoratsiz sug’orish ishlari, tuproq namligini oshirishga sabab bo’la boshladi va oqibatda tuproqni qayta sho’rlanishiga sabab bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha…”[13] “ekologiya hozirgi zamonnning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfatlariga mos bo’lib, sivilizasiyaning hozirgi kuni va kelajagini ko’p jihatidan ana shu muammolarni hal etishga bog’liqdir”.
Demak, tabiatni muhofaza qilish ekologik talablarga doimo muammolarni oldini olish, ekologik talablarga doimo rioya qilish, mustaqil davlatimizning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy masalasi bo’libgina qolmay, balki ekologik siyosatining asosiga aylanishi lozim. Chunki ushbu muammolar mustaqil
davlatimiz ravnaqi bilan bevosita bog’liqdir.
I.A Karimovning BMT Bosh Assambleyasining “Ming yillik sammiti”sida so’zlagan nutqida Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekistondagi ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratdi.
1997 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda xuquqiy madaniyatni rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirish chora –tadbirlari to’g’risida”gi 1998 yil 29 may qarorlari ham bozor iqtisodiyati sharoitida ekologik xuquqiy ta’lim va tarbiyaga alohida e’tibor berishni, aholini, ayniqsa yoshlarimizning ekologik madaniyatini, ma’naviyatini zamon talabi, dunyo andazalari darajasiga yetkazishni taqazo qiladi.
Ekologiya yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik mavjudodlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatni bildiradi.
Ona tabiat muhofazasini bir me’yorda boshqarishni tashkil etish, rivojlantirishda insonning ekologik ongi o’sib borishi katta ahamiyatga ega.
Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish va amalga oshirishda turli chora tadbirlarni qo’llash bilan birga ona tabiatni, jamiyatning barcha a’zolariini eng yosh fuqarolaridan keksa kishilarigacha asrab – avaylashga, ularga nisbatan ongli munosabatda bo’lishga, tabiat manbalarini tejab tergashga, me’yorida foydalanish, salbiy, fojiaviy hollarining oldini olish, saqlab qolish uchun chora-tadbirlar izlash, xullas atrof-muhitni doimo pok saqlashga muntazam da’vat etish benihoya ulug’vor vazifadir.
Haqiqatdan ham, ekologiya - bu poklik, ozodalik toza zamin, ob- havo, suv, qolaversa, ona tabiatning eng ongli a’zosi – insonning ijobiy tabiati, fe’l- atvori demaqdir.
Har qanday jamiyatda ham insonni ekologik jihatidan tarbiyalash umumiy ta’lim-tarbiyaning mas’uliyatini oshirish va yanada mustaxkamlashga yordam beradi. Aholi ongiga ”tabiat-bu men va sen. Biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi mavjudotlari yashaydigan yagona zamin” degan asosiy nazariy va amaliy bilimlarni singdirish lozimdir. Zero, hayot kishilardan atrof-muhitni nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak avlod uchun ham asrash talab qilmoqda.
Jahonning barcha mamalakatlarida ekologik muammolarni o’rganish borasidagi ilmiy izlanishlar xalq sog’lig’ini saqlash uchun qilingan hayrli ishlardan hisoblanadi.
Insonlarning ta’siri biosferaning sig’imidan oshib ketmasligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga erishish, barqaror rivojlanishni ta’minlash hayotiy zarurdir. Bu dolzarb maslalarni hal qilishda aholining ekologik savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Ekologik ta’lim va tarbiya tegishli darajada yo’lga qo’yilgan va atrof-muhitga muhofaza qilish uchun yetarli mablag’ sarflanadigan mamlakatlarda inqiroz vaziyatlari tugatiladi va barqaror rivojlanish yo’liga o’tiladi.
Xulosa

Ushbu bituruv malakaviy ishining asosiy maqsadi bulutli texnologiyalarda amalga oshiriladigan taxdidlar va ularga qarshi kurashish metodlarining qiyosiy taxlili xisoblanib, bunda biz taxdidlarni yetti xil turi, xar bir taxdid tavfsifi va ularga qarshi kerashish metodlari, shu tahdidlarda ishtrok etuvchi servis modellari va ularni amaldagi misollar orqali tahlil qilindi. Bulutli texnologiyalardagi modellar va ularning axborot xavfsizligini ta’minlash darajalari keltirildi.
Bundan tashqari tizim axborot xavfsizligini taminlashning huquqiy, tashkily, texnik va iqtisodiy metodlari ko’rib chiqildi.

Yüklə 317,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin