Тilning birlamchi fikr anglatish birligi — sodda gap shakl ; qo‘shma gap shakl esa sodda gap shakl ga nisbatan ikkilamchi, tuzma sintaktik birlik. Mazmunan o‘zaro zich bog‘liq ikki (va undan ortiq) sodda gap shakl larning gaplik ohangi bilan yaxlitlanishi natijasida tuziladigan sintaktik birlikka qo‘shma gap shakl deyiladi.
Bu ta'rifda qo‘shma gap shakl larning barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan to‘rt belgi hisobga olindi: I) sodda gap shakl larning mavjud bo‘lishi, 2) kamida ikkita sodda gap shakl ning mavjud bo‘lishi, 3) bunday gap shakl larning mazmunan o‘zaro zich bog‘liq bo‘lishi, 4) birgalikda gaplik ohangi bilam yaxlitlanishi.2 1. Birinchi belgiga ko‘ra yaxlitlanuvchi qismlar gap shakl ga teng bo‘lishi lozim. Gap shakl ga teng bo‘lish uchun avvalo tuslangan leksema shakl (birik ma shakl) bilan ifodalangan kesim bo‘lishi kerak; ega gap shakl qoliplariga binoan ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Qismlarning gap shaklga tengligini belgilashda eng ishonchli o‘lchov - bunday qismlarda harakatholat bajaruvchisining boshqaboshqa bo‘lishi: Bahor keldi va tabiat jonlandi kabi.
Ayni vaqtda kesimlarning grammatik (morfem) shakllanishiga ham alohida e'tibor beriladi. Qismlarning gap shakl ga teng ekanini belgilashda kesimga bog‘lanib keladigan to‘ldiruvchi, hollovchi bo‘lakning mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyatsiz. O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, qo‘shma gap shakl ga yaxlitlanuvchi gap shakl lardan birinchisining kesimi b ravishdoshi shaklida ishlatilishi mumkin: Bahor kelib, tabiat jonlandi kabi (Xuddi shunday holat uyushiq qator bilan ifodalanadigan kesimda ham mavjudligi o‘z o‘rnida ta'kidlandi). Bunday ishlatishda birinchi qism kesimi shaxsson, zamon ma'nosini ifodalash jihatidan betaraf bo‘ladi, uning bunday ma'nolari ikkinchi qism kesimi – tuslangan leksemashakl asosida belgilanadi.
Shaxsson, zamon ma'nolarining betaraflashuviga qaramay b ravishdoshi shaklidagi bunday leksemashakl kesimlik xususiyatini, demak, bunday kesim qatnashadigan birinchi qism gap shakl ga tenglik xususiyatini yo‘qotmaydi; faqat grammatik ma'nolarning ifodalanishida o‘ziga xos umumlashish voqe bo‘ladi.
Asli b ravishdoshi shaklidagi leksemashakl ham boshqa ravishdosh yasovchilari shaklidagi leksemashakllar qatori hollovchi vazifasida ishlatiladi (Hollovchi tasvirlangan bahsga qarang). Boshqa ravishdosh yasovchilaridan farqli holda b ravishdosh yasovchisida tobe holatdagi kesimni shakllantirish vazifasi ham mavjud. Bunday shakllangan kesim ikkinchi gap shakl dan oldin joylashadi (Yuqoridagi misol). Agar kesimi b ravishdoshi shaklidagi qurilma ikkinchi qism tarkibiga kiritilsa, hollovchi vazifasida ishlatilgan bo‘ladi: Тabiat bahor kelib jonlandi kabi.
Aytib o‘tilgan fikrlar asosida qo‘shma gap shakl larning bosh qolipini quyidagicha tuzib ko‘rsatish mumkin:
bosh kelishikdagi leksemashakl
tuslovchili leksemashakl
bosh kelishikdagi leksemashakl
tuslovchili leksemashakl
ega [ega]
X
kesim
ega [ega]
X
kesim
b a j a r u v ch i
b a j a r u v ch i
g a p sh a k l
g a p sh a k l
q o‘ sh m a g a p sh a k l
I z o h. Parallel ( ) belgisi teng va noteng aloqani ko‘rsatuvchi shakl sifatida ishlatildi.
2. Тa'rifdagi ikkinchi belgiga ko‘ra qo‘shma gap shakl ga yaxlitlanadigan sodda gap shakl lar kamida ikkita bo‘lishi lozim. Nutqda ko‘pincha qo‘shma gap shakllar ikkitadan ortiq gap shakl larning yaxlitlanishi bilan tuziladi.
3. Тa'rifdagi uchinchi belgiga ko‘ra qo‘shma gap shakl ga yaxlitlanadigan
gap shakl lar mazmunan o‘zaro zich bog‘liq bo‘lishi lozim. Haqiqatda, ketmaket o‘rin olgan har qanday ikki gap shakl qo‘shma gap shakl deyilmaydi. Masalan, quyidagi matnni kuzataylik: U binafshalardan beozorgina bo‘y oldi: dimog‘iga, diliga, vujudiga u shu vaqtgacha tuymagan orom, tubsiz nash'a, zavqsafo yugurdi; bu his, bu ta'sir odamzodni dunyo g‘amanduhlaridan butkul forig‘ etadigan darajada kuchli edi! (Hamid G‘ulom).
Bu matnning yugurdi lekesemashakli bilan tugagan oldingi qismi mazmunan o‘zaro zich borliq ikki gap shakl dan tuzilgan qo‘shma gap shakl ga teng; bu his birikmashakli bilan boshlanadigan keyingi qismda esa boshqa mustaqil fikr anglatiladi; shu yerdan yangi gap shakl boshlanadi; bu qism oldingi qo‘shma gap shakl tarkibiga kirmaydi; asli bu qism oldiga nuqta qo‘yib, uni alohida gap shakl sifatida bosh harf bilan boshlab yozish to‘g‘ri.
4. Тa'rifdagi to‘rtinchi belgiga ko‘ra qo‘shma gap shakl ga yaxlitlanadigan gap shakl lar gaplik ohangi jihatidan bir butunlik tashkil etadi; ayni vaqtda gap shakl ga teng qismlar oralig‘ida turlicha to‘xtam (pauza) ham bo‘ladi; bu to‘xtam qo‘shma gap shakl qismlaridan anglashiladigan ma'no munosabatlariga qarab turlicha bo‘ladi.
5. Qo‘shma gap shakl ga mansub boshqa belgixususiyatlar umumiy bo‘lmay, qo‘shma gap shakl larning turlari doirasi bilan cheklanadi.
Qo‘shma gap shakl lar turli belgilar asosida turlicha tasnif qilinadi. Qo‘shma gap shakllar dastlab gap shaklga teng qismlarida bog‘lovchi vositalar qatnashuvi-qatnashmasligiga ko‘ra ikkiga ajratiladi:
I. Bog‘lovchi vositalar bilan tuzilgan qo‘shma gap shakllar.
II. Bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan qo‘shma gap shakllar.
Ikkinchi bosqich tasniflashda I tur qo‘shma gap shakllar qismlari orasidagi tengnoteng aloqa asosida yana ikkiga ajratiladi:
1. Тeng qismli qo‘shma gap shakllar.
2. Noteng qismli qo‘shma gap shakllar.
Bundan keyingi tasniflar har bir turning o‘zi doirasida davom ettiriladi.
Bog‘lovchi vositalar deb 1) bog‘lovchilarga, 2) bog‘lovchi vosita bo‘lib kelgan olmoshlarga, 3) kesimning grammatik shakli tarkibiga mansub ayrim ko‘rsatkichlarga aytiladi.
1. Ma'lumki, bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar deb ikkiga guruhlanadi. Тeng bog‘lovchilar o‘zaro teng leksemashakllarni, gap shakl larni bog‘laydi. Bunday bog‘langan leksema shakllar uyushiq qatorni tashkil etadi ("Sintaktik bo‘laklarning uyushiq qator bilan ifodalanishi" bahsiga qarang). Тeng bog‘lovchilar bilan gap shakl lar bog‘lansa, odatda teng qismli qo‘shma gap shakl hosil bo‘ladi (bular quyiroqda tasvirlanadi). Gap shakl lar ergashtiruvchi bog‘lovchi vositalar bilan bog‘lansa, noteng qismli qo‘shma gap shakl hosil bo‘ladi (bular o‘z o‘rnida tasvirlanadi).
2. Olmoshlar bosh gap shakl va ergash gap shakl tarkibida o‘zaro bog‘liq holda qatnashib, bunday qismlarni bog‘lash vositasi vazifasini bajaradi; shunday olmoshlar asosida ergash gap shakllarning ayrim turlari belgilanadi. Qo‘shma gap shakl tarkibida birbiriga nisbat berib ishlatiladigan bunday olmoshlarga nisbiy olmoshlar deyiladi: Odamzod o‘limdan qanaqa qo‘rqsa, ayol kishi yolg‘iz qolishdan sh u n a q a qo‘rqadi (O‘tkir Hoshimov) kabi. Olmosh bosh gap shakl tarkibida yakka holda ham qatnashib, ergash gap shakl shu olmoshni izohlashi mumkin: Shuni unutmaginki, bu kishi hechqachon senga do‘st bo‘lmaydi kabi.
3. Qo‘shma gap shakl qismlari tarkibidagi kesimlarning grammatik shakllari ham bog‘lovchi vosita deb ta'kidlanadi. Asli grammatik shakl yasovchilar orasida sa 2 shart mayli yasovchisi-gina shunday vazifaga xoslangan.
'Shart' ma'nosini ifodalaydigan sa affiksini istak ma'nosini ifodalaydigan sa affiksidan ajratish kerak; bu affikslar hozirgi o‘zbek tilida boshqaboshqa mayl shaklini yasaydi, demak, omoaffikslar deb baholanishi lozim. Istak ma'nosini ifodalaydigan sa affiksi qatnashadigan leksemashakl qo‘shma gap shakl tarkibidagi tobe qismning kesimi bo‘lib kelmaydi.
Masalan, Nima bo‘lgandayam hadik azobidan qutulsam, bir cho‘qib atrofga ming alanglagan qarg‘adek ayanchli ahvoldan xalos bo‘lsam deyman (O‘tkir Hoshimov) jumlasi tarkibidagi kesimlar sa affiksi bilan yasalgan istak maylida bo‘lib, ayni bir bajaruvchiga bog‘lanadi, demak, uyushiq qator tashkil etadi, shunga ko‘ra bu jumla uyushiq qator bilan ifodalangan kesimli sodda gapga teng.
Shart ma'nosini ifodalaydigan sa affiksi qo‘shma gap shakl tarkibida qatnashadigan tobe qismning kesimini shakllantiradi: Serka suruvga ilashsa, uni ushlash oson bo‘lar edi (Pirimqul Qodirov). Asli shart ma'nosini ifodalaydigan bu affiks keyinchalik boshqa qo‘shimcha ma'nolarni ifodalash uchun ham ishlatilgan.
4. Yuklama asli gap shakllarni bog‘lash uchun emas, balki gap shaklga ma'lum bir grammatik ma'noni qo‘shish uchun xizmat qiladi. Faqat ayrim yuklamalar qo‘shma gap shakl tarkibidagi kesimning doimiy tarkibiy qismiga aylangan. Masalan, ham yuklamasi to‘siqsiz ergash gap shakl kesimining grammatik shaklida doimiy tarkibiy qism sifatida qatnashadi: Hulkar uni o‘shanda bir amallab bosgan bo‘lsa ham, Тurdining shunchalikka borgani uning yuragiga bir dog‘ bo‘lib tekkan edi (Pirimqul Qodirov) kabi.