3 I bob. Gap haqida umumiy maʼlumot


Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi



Yüklə 102,25 Kb.
səhifə6/8
tarix11.07.2023
ölçüsü102,25 Kb.
#136376
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shma gapni bog\'lovchi vositalar..docx11

2.2.Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
O’zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi vositalarsiz, faqat mazmun va oharigi jihatdan bog‘langan oddiy qo‘shma gap bog‘lovchisiz qo‘shma gap deyiladi. Masalan: Bulbul, keltir bahor xabarin, boyqushga 4qo‘ygi5n yomon so‘z barin Daryo bo‘lib oqdim, qush bo‘lib uchdim. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qismlarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra:
1. Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
2. Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga bo‘linadi.
1.Bog‘langan qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisizqo‘shma gap ikki xil munosabatni ifodalaydi: a) payt, hog‘ishtiruv: Mard bir o‘lar, nomard yuz o‘lar. (Maqol.)To‘g‘ri til tosh yorar, egri til bosh yorar. (Maqol.) b) zidlov munosabatini: Tig‘ yarasi bitar, til yarasi bitmaydi..(MaqoL)
2. Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisizqo‘shma gap: Hamal kirdi—amal kirdi. (payt). savr kirdi—davrkirdi (payt), it huradi—karvon o‘tadi (to‘siqsiz), qor yog‘di—nuryog‘di (o‘xshatish), Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh -tarozi (sabab.)
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapga sinonim bo‘lmagan bog‘-lovchisiz qo‘shma gap: Tong yaqinlashib qoldi: onda -sonda xo‘rozlarning qichqirig‘i eshitila boshladi. (S. Z.) Xushxabar olib keldim: garmizon yengildi, shahar o‘zimiznikilar qo‘liga o‘tdi.(Sh.) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari kesimlarning qanday ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: l.Bir xil qismlardan tuzilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
Masalan: Quyosh daraxt orqasiga cho‘kdi, dala qoraydi.(P. T.) Daryo ketar tosh qolar, o‘sma ketar qosh qolar. (Maqol.)
2. Turli xildagi qismlardan tuzilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap:Bilib turibsiz, men hech narsa deganim yo‘q. Havasim kuchli.o‘ylarim, xayollarim dunyo-dunyo. (O.) Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi mazmun jihatdan bir-binga yaqin bo‘lgan, bir paytda yoki ketma-ket bo‘lgan voqea hodisalami ifodalagan sodda gaplar orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan: Sizning iste’dodingizni bilaman, sizga hurmatim hamisha baland. (O.) Bog‘dagi meva daraxtlari gullagan. havodan bol isi anqiydi. (M. Osim.) Tong otdi, quyosh charaqlab chiqdi. Kecham tong otdi, kuldi bahorim. (Qo‘shiq.) Kuy avjida uzilmasin tor, She’r avjida sinmasin qalam.
2.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunjihatidan qisman mustaqil bo‘lsa, yoki vergul ishlatilgan bo‘lsa,qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap bir-biridan nuqtali vergul bilanajratiladi. Masalan: Pag‘a -pag‘a mayin qor osmondan yog‘ilib turadi; shamolning sekin, bo‘g‘iq guvillashi eshitiladi. Shinel jiqqa ho‘l, Bektemirning yuzidan tomchilab quyilar edi.
3.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchi gapning biror bo‘lagini izohlasa, uning mazmunini to‘ldirsa, sodda gaplar orasiga ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Gulnor butun yuragi bilan Yo‘lchiga maftun: uning ko‘ksini baxtsiz sevgi hasrati va ayriliqlim-lim to‘ldirgan. Siz menga ayting: yuqori hosil olish uchunkurashni nimadan boshlamoqchisiz.
4.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarningmazmuni bir-biriga zid bo‘lsa tire qo‘yiladi: Ko‘z qo‘rqoq—qo‘lbotir (Maqol.)
5.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi birinchi gapning mazmuni ikkinchi gapning mazmuniga o‘xshatilsa: Vaqting ketdi—baxting ketdi. (Maqol.)
6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi birinchi gap ikkinchigapdan anglashilgan ish-harakatning payti yoki shartni bildirsa, ular orasiga tire qo‘yiladi: Yurt tinch—sen tinch. (Maqol.) Bog’lovchisiz qo’shma gapni sintaktik tahlil qilish tartibi va namunalari
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turi.
2. Qo‘shma gap tuzilishiga ko‘ra turi.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap turini ko‘rsatish.
4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarining semantik munosabati.
5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgini izohlash. Masalan: Osmon yiroq, yer qattiq. (Maqol.) Bu gap maqsadiga ko‘ra darak gap, tuzilishi va grammatik asosining miqdoriga ko‘ra qo‘shma gap, qismlarining bog‘lanish va semantik munosabatiga ko‘ra bog‘lovchisiz qo‘shma gap ,ohang yordamida ikki sodda gap o‘zaro bog‘langan, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni topib ularni sintaktik tahlil qilmg.
1. Quyosh qochib ketdi, olam qoraydi.
2. Havo juda issiq, uzoq dalalarda, ko‘kda jimlik hukm surardi.
3. Jismimiz yo‘qolur—o‘chmas nomimiz
4. Men ko‘rdim, sen ko‘rmading. Ovchining so‘zi she’r otar, yigitning zo‘ri yer ochar.(Maqol.)
6. Hamal kirdi—ekinlarga amal kirdi.(Maqol.) Seni ish yengmasin, sen ishni yeng. (Maqol.)
7. Hali quyosh botmagan. uning kechki qizg‘ish nurlan barglari sarg‘aydan o‘riklarini, terak uchlarini lovillatib yondirayotgandek.
8.Xalqqa ayting men aslo o‘lganim yo‘q, Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q. (H.O.)
9.Meni kutgil va men qaytaraman faqat kutgil meni juda intizor
Daryolardan kuylab o‘tardim, Qo‘shiqlarga quloq tutarman.
11 .Tabiat o‘zgarar ming yillardan so‘ng Balki biz bilmagan giyohlar o‘sar. 12. Men kulaman—hayot kuladi, Men kulaman—kulib qarar yil.

Xulosa.
Xulosa qilib aytsak, gapdagi zidlov bog`lovchilari bog`langan qo‘shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog`lovchilari qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
Kesimlaming birdan ortiqligidan tashqari,har bir qo‘shma gapda ifodalanayotgan Birdan ortiq fikr,axborotning o‘zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqozo etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalaming qo‘shma gapligini ta’ minlaydi.Kommunikativ nugtayi nazardan sodda gap bir fikmi,axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda birdan ortiq o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Shuningdek,bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo‘shma gapda qaysidir darajada bo‘rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi.
Men shu ondayog‘ jo‘nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, gaplaring biri ikkinchisini tagozo etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi, Demak, qo‘shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo‘ljallangan nisbiy mustagil soda gapning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatdan yaxlitlangan butunligidir. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil ajralib turadi.
Avvalo, bu – grammatik va intonatsion nomustaqillik. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga ergash gapli qo‘shma gap tusini bergan jihat mazmuniy va grammatik tagozo etish va birdan ortiq axborot mavjudligi.
Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab magomida. Shuning uchun bog‘lovchisi qo‘shma gap a’zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan .Demak, ma’lum bo‘ladiki, go‘shma gap tarkibidagi sodda gapning o‘zaro zichlashuvi mazmun,grammatik shakl va intonatsiya nuqtayi nazaridan boladi.


Yüklə 102,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin