3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə36/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Saidova Parvina

O‘tkazilishdan maqsad

Vaqti

1

“Farzandingiz ma’naviy qiyofasi” so‘rovnomasi

Ota-ona farzandining ma’naviy yetuklik qiyofasini bilishini aniqlashtirish




3.1. 3-jadval
Tajriba sinov ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan metodikalar (o‘quvchilar uchun)



Metodikaning nomi

O‘tkazilishdan maqsad

Vaqti

1

“Siz ma’naviyatlimisiz?” debati

O‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlirini mavjudligini aniqlash




2

“Ma’naviy tarbiya indikatorlarini bilasizmi?” metodikasi

1-4-sinf o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)larini tanlashga o‘rgatish




3

“Ma’naviy tarbiya – ma’naviy yetuklik” kichik esse strategiyasi

O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil etish




4

“Ajdodlarga munosib avlod” muloqot treningi

Ma’naviy xulq atvorni shakllantirishga xizmat qiluvchi ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish






3.2-§. Tajriba-sinov ishlari natijalari.
1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining boy, ilmiy merosdan foydalanish orqali yanada rivojlantirish lozimligini, boshlang’ich ta’limning ahamiyati yuqori ekanligini ochib berishga harakat qildik. Shuningdek, bu borada ota-onalar va ta’lim musassasasining hamkorlik ishlarining zaruriyati ham mavjudligini ko‘rsatib o‘tmoqchi edik.
Shu maqsadda 2020-2022 yillar davomida tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi. Magistrlik dissertatsiyani tayyorlash jarayonida Surxondaryo viliyatining Termiz shahri va Uzun tumanlaridagi 4 ta umumta’lim maktabi 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarinining shakllanganlik darajasi qiyosiy o‘rganildi. Bulan Termiz shahridagi 13, 16 - sonli Uzun tumanidagi 9, 5-sonli umumta’lim maktablaridagi boshlang’ich sinf o‘quvchilari qatnashdi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi masalalarni hal qilish ko‘zda tutilgan edi. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarinining shakllanganlik darajasini kuzatish va o‘rganish orqali bunda ota-onalar ishtiroki darajasini baholash va shu asosda tadqiqotimiz dasturini ishlab chiqish, umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilarining o‘qituvchilar, ota-onalar bilan ishlashning yangicha mexanizimini ishlab chiqish bo‘yicha ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modelini yaratdik.
Mazkur modelda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyaga munosabatini, ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi, o‘qituvchilar va ota-onalarning kompleks hamkorlik ishlari, umumta’lim maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi bo‘yicha aniqlashi lozim bo‘lgan asosiy kategoriyalar aks ettirilgan.
Tajriba-sinov ishlari to‘rt bosqichda amalga oshirilgan bo‘lib, birinchi bosqich – ta’kidlovchi tajriba ishlarimiz 2021 yil fevral-mart oylarida o‘tkazilib, unda umumta’lim maktablardagi boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi tahlil etildi. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishda suhbat, anketa, kuzatish, o‘quv hujjatlarini o‘rganish metodlaridan foydalandik. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari yakunida olingan natijalar umumlashtirildi, matematik-statistik tahlil yordamida ilmiy xulosalar chiqarildi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin