MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………................3
I BOB. O‘QUVCHILARDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI.……………14 1.1. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy tarbiya haqidagi ta’limotlari….....….....
1.2. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning mazmuni……….…………………………………………..……………..………….
1.3. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning amaldagi holati……………………………………………………………………….
I bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………………. II BOB. 1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY SHAKL, USUL VA VOSITALARI……………………………………………….………..………. 2.1. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarni shakllantirishning shakl, usul va vositalari……………….…………..…………………………………
2.2. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarni shakllantirishning didaktik ta’minoti…………………………………………………………………….
2.3. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli……………… …………………………………………………………..…..
II bob yuzasidan xulosalar……………………………………………..………… III BOB. MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARINI ANIQLASHGA DOIR TAJRIBA-SINOV ISHLARI ……….. 3.1. Tajriba-sinov ishlari dasturi va mazmuni.............................................................
3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari............................................................................
III bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………… IV. UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR…………………….……………… V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………...….
VI. ILOVALAR……………………………………………………………...…
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.Jahon ta’lim tizimida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmi, o‘quvchilarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o‘qitish modellari texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan interfaol dasturlar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “XXI asrning Oliy ta’limi” Butunjahon deklaratsiyasi, UNESCOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, modulli ta’limni tashkil etishga, o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan. Jahon ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda talaba-yoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda.
Dunyoda o‘quvchi-yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois yoshlarda ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishning strategic maqsadlarini belgilash va ularga erishish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, qadriyatlar asosida barkamol shaxs ma’naviyati va dunyoqarashini shakllantish, axborot-kommunikatsiyalari vositasida o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari rivojlanganligini tashxis etishning interaktiv tizimini ishlab chiqish dolzarb vazifaga aylandi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH, Fransiya kabi bir necha mamlakatlarda barkamol shaxsga xos fazilatlar majmuining ishlab chiqilganligini alohida e’tirof etish lozim.
Respublikamizda ko‘pgina olimlar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o‘rganilgan hamda ushbu tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tavsiya etilgan. Bu tadqiqotlarning ba’zilari keng qamrovli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o‘quv kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”2gi, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”3gi farmonlari, 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-Qarorida “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi, 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”4gi, 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”5gi qarorlari, 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son qarori bilan “Ta’lim to‘g’risida”6gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”7gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-80-son 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g’risida”8gi Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Bugungi kunda ma’naviyat masalasi dolzarb muammolardan biri sifatida talqin qilinib, yoshlarning ma’nan yetuk, barkamol shaxs sifatida kamol topishida ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksiz tarzda o‘qitish talab etilmoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ma’naviyatga shunday ta’rif berganlar: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish ustunlaridan biri – kuchli ma’naviyatdir. Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat idora va Ma’naviyat markazi yoki tegishkli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”9.
O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”10 tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi”11 degan g’oyalari asosida keng ko‘lamli islohotlarni ishlar amalga oshirilishi haqida ta’kidlab o‘tdilar. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim. Yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish yo‘lga qo‘yish, ular jismoniy va ma’naviy sog’lom, vatanparvar, insonlar bo‘lib ulg’ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarning safarbar etilishi, o‘quvchi-yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda. Muammoning dolzarbligi mamlakatimizda kamol topayotgan yoshlarning ma’naviy olamini yanada yuksaltirish va ularda fazilatli kompetensiyalarni shakllantirishni inobatga olgan holda “1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillari” tadqiqot mavzusi dolzarligi sifatida belgilandi.