3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Saidova Parvina

Tadqiqot ishining maqsadi: 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillarini aniqlashtirish asosida ushbu jarayonni takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot ishining vazifalari:
- Mavzuga oid pedagogik o‘quv, o‘quv uslubiy, ilmiy – metodik, ilmiy – tadqiqot mavzusi asosida o‘rganish, tahliliy ma’lumotlarni olish.
- Boshlang’ich sinf o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish masalasini o‘rganish.
- 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini belgilovchi mezonlarni aniqlash va uni rivojlanish omillarini belgilash.
- 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini rivojlantirish omillarini aniqlashtirish asosida tajriba-sinov ishlari natijasida aniqlash hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining predmeti: 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning shakl, metod va vositalari.
Tadqiqot ishining obyekti: 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini rivojlantirish jarayoni. Bunda tadqiqot obyekti sifatida Termiz shahar 16, 13 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Uzun tumanidagi 5, 9 - umumiy o‘rta ta’lim maktabda 1-4-sinf o‘quvchilari (240 nafar)ni tashkil qiladi.
Tadqiqot ishida qo‘llanilgan metodikaning tasnifi: suhbat, bahs - munozara, so‘rovnoma, anketa, ibrat - namuna, sotsiologik tadqiqot, pedagogik eksperiment, matematik statistik usullar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modelining yaratilganligi, 1-4-sinf o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning samarali usullaridan eksperimental tadbig’iga erishilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: tadqiqot ishining asosiy masalalari deb 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish, ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, o‘qituvchilarning ham deontologik vazifalarni rivojlantirish.
Ushbu dissertatsiya ishidan kutilayotgan natijalar boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy axloqiy fazilatlarini shakllantirish: Vatanga sadoqat, odoblilik, kamtarlik, yuksak axloqiy fazilatlar, bag’rikenglik, kattalarga hurmat, mas’uliyat bilan yondashish, o‘z vazifalarini sidqidildan bajarish salohiyatlarini rivojlantirish masalalari bajaradi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Sharq mutafakkirlarining ma’naviy tarbiya haqidagi ta’limotlari asosida ma’anviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha tasniflangani, asarlaridagi ma’naviy tarbiyaga oid qarashlarning ona vujudi, oila, ustoz-shogird va jamoa yo‘nalishlari bo‘yicha tasnifidan foydalanish imkoniyatlari hamda mazmunidan ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish asosida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ma’naviy tarbiya indikatorlarini mutafakkirlarning qarashlaridan foydalanish imkoniyatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanishga oid takliflar, ma’naviy tarbiya tizimini boshlang’ich ta’limda bevosita davom ettirib borishda shakllantirish mumkinligi bilan belgilanadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin