1.1.1-jadval
Hadisi shariflarda keltirilgan insoniy fazilat (kompetensiya)lar
HADISI SHARIFLARDAGI INSONIY FAZILAT (KOMPETENSIYA)LAR
|
1
|
o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish
|
10
|
Vatanga muhabbat
|
2
|
saxiylik
|
11
|
halollik
|
3
|
ochiq ko‘ngillilik
|
12
|
do‘stlik
|
4
|
ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo‘lish
|
13
|
mehnat va kasb-hunarni ulug'lash
|
5
|
ularga g'amxo‘rlik qilish
|
14
|
oliyjanoblik
|
6
|
rahm-shafqatlilik
|
15
|
kamtarlik
|
7
|
yaxshilik sari intihshi kerakligi
|
16
|
insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi
|
8
|
vijdonlilik
|
17
|
rostgo‘ylik
|
9
|
poklik,
|
18
|
|
Birinchi va ikkinchi Renessans vakillari deya e’tirof etiladigan, Sharq uyg’onish davrining yetuk namoyandalari hisoblangan qomusiy mutafakkirlarimiz o‘zlarining boy ilmiy merosida ta’lim-tarbiya berishning yo‘l-yo‘riqlari, ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Ularning ta’limotlarida ma’naviy tarbiya mezonlari, belgilari xususida fikr yurutilgan. Ushbu ma’lumotlarni umumlashtirgan holatda quyidagi jadval orqali ma’naviy tarbiya mezonlarini ko‘rsatilgan (1.1.2-jadval):
1.1.2-jadval
Mutaffakkirlar e’tirof etgan ma’naviy tarbiya indikatorlari
MUTAFFAKKIRLAR E’TIROF ETGAN MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARI
|
Abu Nasr Farobiy
|
ma’rifatlilik, kamtarlik
|
donolik, bilimdonlik
|
mulohazali bo‘lish
|
vijdonlilik, tarbiyalilik
|
ma’naviy yuksaklikka intilish
|
ko‘pchilik manfaatini yuqoriqo‘yish
|
haqiqat, adolatlilik
|
Abu Ali ibn Sino
|
hurmat va ehtirom, qat’iyatlilik
|
sofdillik, saxiylik, adolat
|
axloqiy kamolot, ma’rifat
|
qanoat, chidamlilik, jasurlik
|
mo‘tadillik, uyatchanlik, intilish
|
donolik, kamtarlik, iyraklik
|
ehtiyotkorlik, sevgi-muhabbat
|
Abu Rayhon Beruniy
|
axloqiylik, poklik, kamtarlik
|
to‘g’rilik , adolat
|
go‘zallik va nafosat
|
oliyjanoblik, saxovat
|
do‘stlik, hamkorlik
|
ilm-ma’rifatlilik
|
mehnat va hunar egallash
|
Kaykovus
|
suxandonlik
|
do‘stlik
|
andishalilik
|
javonmardlik
|
kamtarlik
|
diqqat bilan tinglash
|
xushmuomalalilik
|
Muhammad Qoshg’ariy
|
xushmuomalalik
|
odoblilik
|
bilimlilik
|
hunar o‘rganish
|
bilimlilik
|
kamtarlik
|
mehmondos’tlik
|
Jaloliddin Davoniy
|
ziyraklik
|
fahmlilik
|
shijoat
|
donolik
|
iffat, adolat
|
diqqatlilik
|
zehn ravshanligi
|
Alisher Navoiy
|
muhabbat
|
vafodorlik
|
go‘zallikka intilish
|
axloqiy jasorat
|
oliyjanoblik
|
axloqiylik
|
komillikka intilish
|
Abdulla Avloniy
|
Vatanni sevmoq, haqshunoslik,
|
matonat, diyonat, oliyhimmatlik
|
intizom, itoat, adolat, afv
|
iffat, hayo, munislik, sadoqat
|
riyozat, qanoat-sabr
|
vijdon, haqqoniyat
|
idrok, zako, ibrat, xayrixohlik
|
Xoja Samandar Termiziy
|
Vatanni sevmoq, uning muhofazasi uchun jon fido qilmoq
|
jasorat, sabr-toqat, adolat, Yumshoq tabiatlilik,
|
dono odamlar suhbati bilan aqlni boyitish
|
podshoh marhamatidan mag’rur bo‘lmaslik
|
o‘ylab gapirish, dushman so‘ziga ishonmaslik
|
mardlik, ma’naviy poklik, halollik
|
irodasi mustahkamlik, do‘stlik, yaxshi do‘stlar uchun jon fido etish
|
Jaloliddin Rumiy
|
iymon-e’tiqod, iroda, sabr-matonat, or-nomuslilik
|
bag’rikenglik, oliyjanoblik, adolatlilik, saxovatlilik
|
qalb pokligi, aql bilan ish tutish, mehr-vafo
|
go‘zal axloq, o‘z-o‘zini anglash, o‘zaro hurmat
|
vijdon uyg’oqligi, irodaning mustahkamligi
|
Intizomlilik, sadoqatlilik, odoblilik, nazokat,
|
Samimiylik, hurmat ko‘rsatish, rostgo‘ylik,
|
Abdurahmon Jomiy
|
javonmardlik, poklik,
|
tirishqoqlik
|
sadoqatlilik, vafodorlik
|
itoatkorlik
|
mehribonlilik
|
do‘stlik
|
omonatdorlilik mehnatsevarlik
|
2-jadval. Mutaffakkirlar e’tirof etgan ma’naviy tarbiya indikatorlari.
Bunda mutafakkir olimlarning pedagogik qarashlarida ma’naviy tarbiya mezonlarini ko‘rishimiz mumkin. Ular ko‘rsatib o‘tgan bir necha ma’naviy-axloqiy fazilat(kompetensiya)lar bir-biriga o‘xshaydi. Ba’zilarida yangi fazilatlarni ham uchratish mumkin. Bundan ko‘rinib turubdiki, ma’naviy tarbiya mezonlari bir necha asrlar oldin ham insonlar tomonidan shu fazilatlar shakllanganligi bilan o‘lchanadi. Bu esa bugungi kunga kelib ham o‘z qiymatiga egaligini namoyon etadi. Insonlar tomonidan e’tirof etiladigan axloq kategoriyalari har bir jamiyat a’zosining ma’naviy yetukligi uchun qilinadigan sa’y-harakatlar ko‘lami bilan baholanadi. Hozirgi kunga qadar olib boriladigan islohotlar zamirida ham aynan komil shaxsni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu mezonlarni shakllantirish omillari orqali biz jamiyatimizga “husni xulq” – “ma’naviy yetuk” inson qiyofasini tarkib toptirib boramiz.
Forobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o‘z o‘rni borligini alohida ta’kidlaydi. Forobiyning fikricha, inson kamolotga yolg'iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi. Uning fikricha, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhum. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga o‘qituvchi lozim. Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - muayyan hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan axloq normalari va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amahy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lish, o‘rganishdir.
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Abu Nasr Forobiy axloq tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, dini, e’tiqodi, irqi, tilidan qat’i nazar, barcha insonlarni hamjihatlik va hamkorlikka chaqiradi. Dunyoda yagona va bir butun inson jamoasini shakllantirishni, uning va barcha fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishini orzu qiladi. Bu g‘oya keyinchalik jahondagi ko‘plab mutafakkirlar, jumladan, nemis faylasufi I.Kant tomonidan ham ilgari surilgan. Bu g‘oyalar bugungi kunda ham naqadar muhim ahamiyatga ega. Forobiyning fikricha, yuksak axloqiy fazilatlarga rioya qilgan holda rivojlanayotgan har qanday davlat o‘z fuqarolarini, shak-shubhasiz, baxtu saodat yo‘liga olib chiquvchi kuchdir. Inson bilimli va namunali axloq egasi bo‘lgandagina ijobiy xislatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |